O'zb  
 
08.01.2015

GERMANIYALIK XALQARO KUZATUVCHILAR

O‘zbekistonda bolib otgan parlament saylovlari haqida

Mamlakatimizda 2014 yil 21 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bolib otgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashgan germaniyalik jurnalist va ekspertlar vataniga qaytishganidan song mazkur muhim siyosiy tadbir yakunlari yuzasidan oz baholari va fikr-mulohazalarini «Jahon» axborot agentligining Berlindagi muxbiri bilan ortoqlashdilar.

Edgar Kloze, professor, Brandenburg texnologiya hamda innovatsiyalarni rivojlantirish va qollab-quvvatlash instituti boshqaruvining raisi:

— Men Ozbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi bilan yaxshi tanishman. Songgi yillar mobaynida saylov qonunchiligiga kiritilgan qoshimcha va ozgarishlar uning demokratik tamoyillar asosida yanada takomillashishiga xizmat qildi. Shubha yoqki, bularning barchasi respublikada parlament saylovlari shaffof, adolatli va demokratik asosda otishiga komaklashdi.

Men mamlakatingiz hayotining turli jabhalarida roy berayotgan keng kolamli islohotlar jarayonlarini katta qiziqish bilan kuzatib kelaman. Shuni qayd etishni istardimki, Ozbekistonda iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim va texnologiyalar izchil rivojlanib borayotir. Bu esa ozbek modelining barqarorligidan dalolat beradi.

Ozbekistonda tinch va osoyishta hayot hukm surayotgani ham ulkan muvaffaqiyat hisoblanadi. Chunki faqat tinch va barqaror mamlakatdagina demokratik jarayonlar davom etishi, jamiyat har tomonlama rivoj topishi mumkin. Parlament saylovlaridagi ishtirokimiz chogida biz ularning natijalarini oz kozimiz bilan korishga muvaffaq boldik.

Peter Franke, Wostok jurnalining bosh muharriri:

Ozbekistondagi parlament saylovlarida men xalqaro kuzatuvchi sifatida Urganchdagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonini kuzatdim. Shuni takidlash joizki, saylovchilar erkin harakat qilishdi, kuzatuvchilarga esa saylovlarning borishini tolaqonli monitoring qilishlari uchun barcha sharoit yaratib berildi. Shu orinda fuqarolar yuqori darajada faollik korsatishganini, ular respublikada kechayotgan voqea va ozgarishlarga befarq emasliklarini namoyon etishganini ham qayd etishni istar edim.

Ushbu fursatdan foydalanib, ozbek xalqini saylovlarning muvaffaqiyatli otgani bilan tabriklashim barobarida, mamlakatingizga bundan-da ziyod farovonlik va taraqqiyot tilayman.

Gerald Uybersher, Reise Travel elektron nashrining bosh muharriri:

Men mamlakatingizda yakunlangan yilning 21 dekabrida bolib otgan saylovlarda Germaniyadan xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish sharafiga muyassar bolganim uchun Ozbekiston Markaziy saylov komissiyasidan minnatdorman.

Respublikangizning Buxoro va Toshkent shaharlaridagi 7 ta saylov uchastkasida boldim. Takidlashim kerakki, parlament saylovlari juda yaxshi tashkil etildi, hech qanday qonunbuzarlik yoki nomuvofiqliklar kuzatilmadi.

Men Ozbekistondan mamlakatingizda roy berayotgan ozgarishlar jarayonlari haqidagi keng qamrovli malumotlar, katta taassurotlar bilan oz yurtimga qaytdim. Safarim yakunlari boyicha Ozbekistonga bagishlangan qator maqolalarni elon qilishni moljallaganman.

Ekxard Priller, Berlin ijtimoiy tadqiqotlar ilmiy markazi ishchi guruhining rahbari, Germaniya fuqarolar faolligi federal tarmogining azosi:

Men Ozbekistondagi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ilk marotaba ishtirok etdim.

Oz missiyamni ado etishga tayyorgarlik korish jarayonida mamlakatingiz saylov qonunchiligini, demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurish borasida olib borilgan islohotlarni diqqat bilan organib chiqdim. Shunisi diqqatga sazovorki, ana shunday islohotlarning natijasida parlamentning, siyosiy partiyalarning vakolatlari kengaygani faollikning ortishiga, partiyalararo raqobatning kuchayishiga xizmat qilmoqda.

Mamlakatingiz parlamentida Ekologik harakatning faoliyat korsatishi atrof-muhit muhofazasi va ekologik holatni soglomlashtirish ishida keng jamoatchilik ishtiroki faolligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari say-harakatlarini birlashtirish va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, ekologik talim va tarbiya tizimini rivojlantirish imkonini beradi.

Jahon AA,

Berlin


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: