O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.01.2015

Ishonch yorliqlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 7-yanvar kuni Oqsaroyda Misr Arab Respublikasi, Vetnam Sotsialistik Respublikasi, Hindiston Respublikasi, Indoneziya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Gada al-Gannam, Fam Van Fao, Vikram Doraisvami, Alit Santikadan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonalarning yangi tayinlangan rahbarlarini samimiy qutlar ekan, ularning sharafli va mas’uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Prezidentimiz Islom Karimov Ozbekiston xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalarda tobora muhim orin tutayotgan Misr, Vetnam, Hindiston va Indoneziya bilan aloqalarni har tomonlama mustahkamlashga alohida ahamiyat berayotganini takidladi.

Misr elchisi bilan suhbatda har ikki mamlakat siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ozaro hamkorlikni rivojlantirishdan birday manfaatdor ekani qayd etildi.

Elchi Gada al-Gannam dunyoda nafaqat boy madaniy va tarixiy merosi bilan mashhur bolgan, ayni paytda zamonaviy sharoitda ishonchli hamkor sifatida tanilgan Ozbekistonda Misr vakili sifatida faoliyat yuritishini ozi uchun yuksak sharaf, deb bilishini takidladi.

Ozbekiston va Vetnam ortasidagi kop yillik aloqalar va ozaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlar izchil mustahkamlanib bormoqda. Keyingi yillarda turli darajadagi muloqotlarning faollashuvi iqtisodiyotning real sektoridagi hamkorlikning istiqbolli yonalishlarini birgalikda belgilash va muttasil rivojlantirish imkonini bermoqda.

Elchi Fam Van Fao mamlakatlarimiz ortasidagi ozaro aloqalarni yanada rivojlantirish, davlatlararo bitim va kelishuvlarni amalga oshirishda ozining kuch va imkoniyatlarini hamda diplomatik tajribasini ishga solishini takidladi.

Ozbek va hind xalqlarining kop asrlik savdo va madaniy aloqalari, dostligi va manaviy yaqinligi turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni izchil rivojlantirishning mustahkam asosini tashkil etadi. Hindiston elchisi bilan muloqot chogida oliy darajadagi tashriflar muntazamlik kasb etgani, shuningdek, ikki mamlakat hukumat tuzilmalari, ishbilarmon doiralar vakillari, madaniyat arboblari ortasidagi aloqalar ozaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish borasida ulkan salohiyat mavjudligiga yorqin misollar ekani takidlandi.

Elchi Vikram Doraisvami Ozbekistondagi faoliyatini mamlakatlarimiz va xalqlarimiz ortasidagi ananaviy dostlik aloqalarini yanada rivojlantirishga hissa qoshish uchun katta imkoniyat, deb bilishini qayd etdi.

Ozbekiston Indoneziyaga Janubi-sharqiy Osiyodagi muhim va istiqbolli sheriklardan biri sifatida qaraydi. Bugungi kunda mamlakatlarimiz ozaro manfaatli savdoni rivojlantirish, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va boshqa sohalardagi aloqalarni chuqurlashtirish borasida ulkan imkoniyatlarga ega.

Elchi Alit Santika Indoneziya Ozbekiston bilan uzoq muddatli va ozaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish tarafdori ekanini takidladi.

Muloqotlar chogida tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar boyicha ham atroflicha fikr almashildi.

OzA

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: