O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
06.01.2015

PARLAMENT QONUNCHILIK PALATASIGA SAYLOV YAKUNLANDI

Kecha Markaziy saylov komissiyasi mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov yakunlariga bag‘ishlab brifing otkazdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugbek Abdusalomov atroflicha ma’lumot berdi.

Avvalo, mamlakatimizda saylov amaldagi saylov togrisidagi qonun hujjatlariga, ochiqlik, oshkoralik va muqobillik hamda demokratik tamoyillarga muvofiq holda otkazilgani takidlandi.

5 yanvar kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bolib otgani haqida malumot berildi. Mazkur majlisda «Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisida»gi Qonunning 11 va 48-moddalariga muvofiq, 2015 yil 4 yanvarda 22 ta saylov okrugida bolib otgan takroriy ovoz berish natijalari inobatga olingan holda parlament Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari korib chiqilgan.

Okrug saylov komissiyalarining takroriy ovoz berish natijalari haqidagi bayonnomalari asosida Markaziy saylov komissiyasi Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 22 nafar deputatini royxatga olgan. Shunday qilib, 135 ta saylov okrugining barchasida parlament Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov yakunlandi.

Brifingda saylov jarayonlari, ularning qonuniy tartibda va yuqori saviyada tashkil qilingani, saylovda fuqarolar faol qatnashgani haqida batafsil axborot berildi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi malum qilishicha, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha tadbirlar dasturida kozda tutilgan tashkiliy-huquqiy masalalar izchil amalga oshirilgan. Qonun hujjatlarida belgilangan qoida va talablar barcha uchun bir xil va majburiyligiga saylov kampaniyasi davrida toliq amal qilingan.

Xususan, saylov togrisidagi qonunchilikka muvofiq, siyosiy partiyalarga va deputatlikka nomzodlarga saylovoldi tashviqotini amalga oshirishda, saylovchilar bilan uchrashuvlar otkazishda, saylovoldi dasturlari mazmun-mohiyatini saylovchilarga yetkazish uchun ommaviy axborot vositalarida chiqish qilishga teng huquq va imkoniyatlar yaratildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov boyicha tuzilgan saylov okruglaridan 127 tasida bitta deputatlik mandati uchun 4 nafardan nomzod, 8 tasida 3 nafardan nomzod kurash olib bordi. Umuman, mamlakatimiz boyicha saylovchilar royxatiga 20 million 789 ming 572 nafar saylovchining familiyasi kiritilib, saylovda 18 million 490 ming 245 nafar yoki royxatga kiritilgan saylovchilarning 88,94 foizi qatnashdi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisidagi Qonunga muvofiq 21 dekabr kuni Ozbekiston ekologik harakatining Konferensiyasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 15 nafar deputat saylandi.

partiyalar, nomzodlar ortasidagi keskin raqobat natijasida Qonunchilik palatasiga saylov boyicha 22 saylov okrugida nomzodlarning birortasi ham saylanish uchun zarur ovozlarni toplay olmadi. Shuning uchun 2015 yil 4 yanvar kuni ushbu okruglarda takroriy ovoz berish otkazildi.

Saylov qonunchiligiga asosan takroriy ovoz berish 22 ta saylov okrugining har birida asosiy saylov natijalariga kora, saylovchilarning eng kop ovozini olgan ikki nafar deputatlikka nomzod boyicha otkazildi. Takroriy ovoz berishda royxatga kiritilgan saylovchilarning 76,9 foizi ishtirok etdi. Siyosiy partiyalarning 5700 nafardan ortiq kuzatuvchilari va vakolatli vakillari qatnashdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovning yakuniy natijalariga kora, parlament quyi palatasiga 150 nafar deputat, shu jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Ozbekiston Liberal demokratik partiyasidan 52 nafar, Ozbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan 36 nafar, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan 27 nafar, Ozbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasidan 20 nafar deputat saylandi. 15 nafar deputat Ozbekiston ekologik harakatining vakillaridir. Saylangan deputatlarning 24 nafari yoki 16 foizi xotin-qizlardir.

150 nafar deputatdan 40 nafari yoki 27 foizi ilgari Qonunchilik palatasi deputati bolib faoliyat yuritgan. Bu deputatlar saylovchilar ishonchiga sazovor bolganidan dalolat beradi, shu bilan birga, parlament quyi palatasining professional faoliyatida ularning tajribasi qol keladi. Quyi palataga jamiyatimizning deyarli barcha sohalaridan vakillar saylandi.

Mirzo-Ulugbek Abdusalomov saylov jarayoni ochiqligi va oshkoraligini taminlashda ommaviy axborot vositalari, mahalliy va xorijiy kuzatuvchilarning faoliyati muhim ahamiyat kasb etganini alohida takidlab otdi. Saylov jarayonini 550 dan ortiq milliy, 120 dan ziyod xorijiy ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, 180 dan ortiq internet-nashrlar yoritib bordi.

Mamlakatimizdagi saylovni kuzatishda 5 ta xalqaro tashkilot Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorligi tashkilotidan hamda 52 davlatdan 340 dan ortiq kuzatuvchi, shuningdek, siyosiy partiyalarning 70 mingdan ziyod kuzatuvchi hamda vakolatli vakillari qatnashdi.

Xulosa qilib aytganda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga bolib otgan saylov Ozbekiston demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yolidan dadil borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Tolqin TORAXONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: