O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
30.12.2014

TAKRORIY OVOZ BERISH SAYLOVNING YANA BIR MUHIM BOSQICHI

Mamlakatimizda 2015 yil 4 yanvar kuni 22 saylov okrugida o‘tkaziladigan takroriy ovoz berish jarayoniga qizgin tayyorgarlik korilmoqda

Ma’lumki, joriy yilning 21 dekabr kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon — Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar bolib otdi.

Saylov qonunchiligi takomillashgani, saylovchilar huquqiy-siyosiy madaniyati yuksalgani, davlat hokimiyati tizimida vakillik organlarining mavqei oshirilgani, hukumatni shakllantirishning yanada demokratik tamoyillari joriy qilingani bu galgi saylovlar yuqori saviyada otishida muhim omil boldi. Har bir deputatlik orni uchun siyosiy partiyalar va ulardan korsatilgan nomzodlar ortasida kurash qizgin kechdi. Buni 22 saylov okrugida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning birontasi yetarli darajada ovoz toplay olmaganidan ham korish mumkin.

Shuning uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mazkur saylov okruglarida takroriy ovoz berish otkazilishi belgilandi.

Takroriy ovoz berish tartib-taomillarining qonun darajasida belgilangani fuqarolarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga oz vakillarini saylash huquqini har tomonlama kafolatlash hamda siyosiy partiyalar ortasidagi raqobatni yanada kuchaytirishni taminlaydi.

Mamlakatimiz qonunchiligida takroriy ovoz berishning huquqiy asoslari oz ifodasini topgan. Xususan, takroriy ovoz berish masalasi «Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisida»gi, Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari togrisidagi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov togrisidagi, Ozbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunlarida, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2014 yil 11 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov otkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish va ularning ishini tashkil qilish tartibi togrisidagi Nizomda mustahkamlab qoyilgan.

Takroriy ovoz berish – bu Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovda ikki yoki undan ortiq nomzod ishtirok etib, ularning hech biri saylovchilarning yarmidan kop ovozini olmagan taqdirda otkaziladigan ovoz berish jarayonidir.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisidagi Qonunning 45-moddasiga muvofiq, saylov okrugi boyicha deputatlikka ikki nafardan ortiq nomzod qoyilgan bolsa-yu, ulardan birontasi ham saylanmasa, okrug saylov komissiyasi eng kop ovoz olgan ikki nafar nomzod boyicha okrugda takroriy ovoz berishni otkazish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda Markaziy saylov komissiyasi hamda okrug saylovchilarini xabardor etadi.

Takroriy ovoz berish amaldagi saylov qonunchiligi talablariga rioya etilgan holda ikki hafta ichida asosiy saylov otkazilgan saylov uchastkalarida va saylovchilarning avval tuzilgan royxatlari boyicha otkaziladi. Unda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan koproq olgan deputatlikka nomzod saylangan, deb hisoblanadi. Saylovchilar royxatiga kiritilgan saylovchilarning ishtirok etish foizi hisobga olinmaydi. Boshqacha aytganda, takroriy ovoz berishda qancha saylovchi ishtirok etsa ham saylov qonuniy otgan hisoblanadi va qatnashganlarning kopchilik ovozini olgan nomzod saylangan hisoblanadi.

Takroriy ovoz berish hamda uning natijalarini hisoblab chiqish tartib-taomillari asosiy ovoz berishdan farqlanmaydi. Ushbu jarayonda ham umumiy, teng, togridan-togri va yashirin saylov huquqi hamda oshkoralikka qatiy rioya qilinishi kafolatlanadi, kuzatuvchilarning saylov uchastkalarida qatnashish huquqi birdek taminlanadi. Saylovchilarga qoyilgan talab bir xil, yani Ozbekiston Respublikasining 18 yoshga tolgan fuqarolari saylash huquqiga ega bolib, har bir fuqaro saylovchi bir ovozga egadir.

Ozbekiston Respublikasi saylov qonunchiligida kafolatlangan takroriy ovoz berish huquqi Fuqarolik va siyosiy huquqlar togrisidagi xalqaro pakt, Erkin va adolatli saylovlar togrisidagi deklaratsiya, YeXHT insoniylik mezonlari boyicha Kopengagen konferensiyasi hujjati va boshqa shu kabi xalqaro hujjatlarda belgilangan, umumetirof etilgan tamoyil va qoidalarga mos keladi.

Muxtasar aytganda, takroriy ovoz berish davlat hokimiyati organlarini shakllantirish va mamlakat hayotiga doir dolzarb masalalarni hal etishda fuqarolarning xohish-irodasi toliq royobga chiqishiga xizmat qiladi.

Ulugbek HUSAINOV,

Jahongir SAFAROV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bosh ilmiy xodimlari, yuridik fanlar nomzodlari.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: