O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.12.2014

OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASIGA DEPUTATLAR SAYLOVI BOYICHA AYRIM SAYLOV OKRUGLARIDA TAKRORIY OVOZ BERISHNI OTKAZISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori

2014 yil 21 dekabrda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar bolib otdi.

Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini otkazuvchi okrug saylov komissiyalarining okrug boyicha saylov natijalarini aniqlash haqidagi bayonnomalarini korib chiqib, 22 ta saylov okrugi boyicha deputatlikka nomzodlardan birontasi ham saylanish uchun zarur bolgan ovozlarni toplay olmaganligini aniqladi.

Okrug saylov komissiyalarining tegishli qarorlarini korib chiqib, Ozbekiston Respublikasining «Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisida»gi Qonuni 45-moddasiga, Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi togrisidagi Qonuni 5-moddasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini otkazuvchi 22 ta okrug saylov komissiyalari tomonidan takroriy ovoz berishni otkazish togrisida qaror qabul qilingani ma’lumot uchun qabul qilinsin. 22 ta saylov okrugida takroriy ovoz berish 2015 yil 4 yanvar — yakshanba kuni 1-ilovaga muvofiq otkazilsin.

2. Belgilab qoyilsinki:

Ozbekiston Respublikasining Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisidagi Qonuni 45-moddasi birinchi qismiga muvofiq takroriy ovoz berish saylov okrugi boyicha eng kop ovoz olgan ikki nafar nomzod boyicha otkaziladi; takroriy ovoz berish asosiy saylovni otkazish uchun tashkil etilgan saylov uchastkalarida ilgari tuzilgan saylovchilarning royxatlari asosida hamda Ozbekiston Respublikasining Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisidagi Qonuni talablariga muvofiq otkaziladi.

3. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi boyicha ayrim saylov okruglarida takroriy ovoz berishga tayyorgarlik korish va uni otkazish yuzasidan tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini otkazuvchi tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalari takroriy ovoz berishni Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Ozbekiston Respublikasining Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari togrisidagi, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisidagi qonunlari talablariga qatiy amal qilgan holda otkazishni taminlasinlar.

5. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi boyicha takroriy ovoz berish uchun byulletenlar nashr etish va joylarga yetkazib berish bilan bogliq ishlar Markaziy saylov komissiyasining 2014 yil 15 noyabrdagi Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulleteni va saylov varaqasi namunalarini tasdiqlash togrisidagi 638-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshirilsin.

6. Mazkur qaror ommaviy axborot vositalarida elon qilinsin.

Markaziy saylov komissiyasi Raisi

M. ABDUSALOMOV

Toshkent shahri, 2014 yil 25 dekabr.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: