O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.12.2014

2015 YIL 4 YANVARDA 22 SAYLOV OKRUGIDA

takroriy ovoz berish o‘tkaziladi

25 dekabr kuni Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov natijalariga bagishlab brifing otkazdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi raisi orinbosari Svetlana Ortiqova atroflicha ma’lumot berdi.

Takidlandiki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov milliy saylov qonunchiligiga, ochiqlik, oshkoralik va muqobillik kabi demokratik tamoyillarga mos holda otkazildi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan royxatga olingan 5 ta xalqaro tashkilot — Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorlik tashkiloti missiyalarining saylov yakunlari boyicha xulosalari, shuningdek, xorijlik kuzatuvchilarning ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari ham buni tasdiqlaydi. Ular saylovchilarga konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratilganini alohida etirof etishdi.

Brifingda Markaziy saylov komissiyasiga qonuniy meyorlar buzilgani haqida, saylov yakunlariga tasir etishi mumkin bolgan malumot va murojaatlar tushmagani qayd qilindi.

Markaziy saylov komissiyasi qonunga muvofiq, parlament quyi palatasiga saylov yakunlarini korib chiqqan. Saylov okruglarida, shuningdek, Ozbekiston ekologik harakatining Konferensiyasida saylangan deputatlar rasmiy royxatga olingan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov boyicha tuzilgan 135 ta saylov okrugidan 127 tasida bitta deputatlik mandati uchun 4 nafardan, 8 tasida 3 nafardan nomzod kurash olib bordi.

Mamlakatimiz boyicha 20 million 789 ming 572 nafar saylovchi qayd qilingan bolib, saylovda ularning 18 million 490 ming 245 nafari yoki umumiy saylovchilarning 88,94 foizi qatnashdi.

Malumki, ovoz berish natijalariga kora, 113 ta saylov okrugida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylandi. Ularning 47 nafari Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston Liberal demokratik partiyasidan, 28 nafari Ozbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan, 21 nafari Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan va 17 nafari Ozbekiston Adolat sotsial demokratik partiyasidan saylangan.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisidagi Qonunga muvofiq, Ozbekiston ekologik harakatining Konferensiyasida mazkur harakatdan parlament quyi palatasiga 15 nafar deputat saylandi.

Saylangan deputatlarning 33 nafari huquq, 31 nafari iqtisodiyot, 26 nafari talim, 21 nafari ishlab chiqarish, 7 nafari tibbiyot, 3 nafari jamoat tashkilotlari, qolgan 7 nafari esa boshqa soha vakillari hisoblanadi. Deputatlarning 43 nafari magistr, fan nomzodi va fan doktori kabi ilmiy darajalarga ega. Saylangan 128 nafar deputatning 21 nafari xotin-qizlardir.

Deputatlarning 38 nafari oldingi chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bolgan.

Brifingda takroriy ovoz berish masalasi haqida ham atroflicha axborot berildi.

Malumotga kora, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov boyicha 22 okrugda nomzodlar saylanish uchun zarur ovoz toplay olmagan. Shuning uchun Markaziy saylov komissiyasi mazkur okruglarda 2015 yil 4 yanvar kuni takroriy ovoz berishga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha qaror qabul qilgan. Unga muvofiq, Qoraqalpogiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida hamda Toshkent shahrida bittadan, Namangan, Toshkent viloyatlarida ikkitadan, Fargona viloyatida uchta, Surxondaryo viloyatida beshta saylov okrugida takroriy ovoz berish otkaziladi.

Takroriy ovoz berishda qatnashadigan deputatlikka nomzodlarning 15 nafari Ozbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan, 11 nafari Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan, 9 nafari Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasidan, 9 nafari esa Ozbekiston Adolat sotsial demokratik partiyasidan.

Takroriy ovoz berishda nisbatan koproq ovoz olgan deputatlikka nomzod saylangan, deb hisoblanadi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: