O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.12.2014

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI BHYICHA SAYLOV KAMPANIYASI BOSHLANDI

Kecha Markaziy saylov komissiyasi mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugbek Abdusalomov 26-dekabrda Markaziy saylov komissiyasining yigilishi bolib otgani va mazkur yigilishda qabul qilingan qaror haqida rasmiy axborot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Markaziy saylov komissiyasi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga, «Davlat hokimiyati vakillik organlariga va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi togrisida»gi Konstitutsiyaviy Qonunning 2-moddasiga hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togrisidagi Qonunning 8-moddasiga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini 2015 yil 29 mart, yakshanba kunida otkazish togrisida qaror qabul qilgan.

Shu munosabat bilan brifingda 2014 yilning 26 dekabridan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boyicha saylov kampaniyasi boshlangani elon qilindi.

Markaziy saylov komissiyasining majlisida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha asosiy tadbirlar dasturi ham tasdiqlangan.

Saylovga tayyorgarlik korish va uni otkazish bilan bogliq barcha tadbirlar Markaziy saylov komissiyasi, joylarda tuziladigan saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, saylov togrisidagi qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Brifingda Markaziy saylov komissiyasining qaroriga asosan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish boyicha Respublika matbuot markazi tuzilishi haqida ham xabar qilindi.

Tolqin TORAXONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: