O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.12.2014

XALQIMIZ SAYLOVDA

faol fuqarolik pozitsiyasini, kelajakka ishonchi mustahkam ekanini ko‘rsatdi

Dunyo jamoatchiligi, xalqaro tashkilotlar mutaxassislari va siyosatchilar 21 dekabr kuni Ozbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bolib otgan saylovga katta qiziqish bildirmoqda.

Yurtimizga kelib, saylov jarayonlarini bevosita kuzatgan xalqaro kuzatuvchilar, shuningdek, xorijiy rasmiy doira vakillari tomonidan mamlakatimiz hayotidagi ushbu muhim siyosiy voqea haqida ijobiy fikrlar aytilmoqda. Ozbekistonda parlament, umuman, vakillik hokimiyatining orni va mavqeini mustahkamlash yolida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berilmoqda.

Jahon ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari, internet nashrlar bu jarayonni, mamlakatimizdagi saylov tafsilotlarini keng yoritib bordi. Misol uchun, saylov arafasida va undan keyin — uch kun ichida Xitoydagi dunyoga mashhur birgina «Sinxua» axborot agentligi Ozbekistondagi saylov haqida 15 ga yaqin xabar tarqatdi.

... saylov kampaniyasi bilan bogliq barcha tadbirlar ochiq-oshkora, Ozbekiston Respublikasining qonunchiligiga qat’iy rioya qilingan holda otkazildi. Siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarga ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng va keng imkoniyatlar yaratildi, deyiladi Sinxua agentligining rasmiy saytida berilgan materialda. (2014 yil, 22 dekabr)

Rossiya axborot agentligi (RIA) saylov kuni tarqatgan xabarda MDH Kuzatuvchilar missiyasi rahbari Sergey Lebedevning Toshkentdagi saylov uchastkalaridan birida aytgan fikri keltiriladi. Ushbu xabarda saylovlar yuqori tashkiliy saviyada, saylovchilar faolligi asosida otayotgani qayd etiladi.

Umuman, jahon ommaviy axborot vositalarining tegishli materiallarida Ozbekistonda fuqarolarning saylov huquqidan tolaqonli foydalanishini taminlash, parlament demokratiyasini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish tomon muhim qadamlar tashlanayotgani alohida etiborda boldi. Bu, shubhasiz, dunyo jamoatchiligining Ozbekiston, xalqimiz haqidagi tasavvurini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimiz nafaqat katta tarixi, kongli ochiq, mehmondost xalqi bilan, balki inson huquqlarini kafolatlash, demokratiyani yuksaltirish yolidagi jiddiy va ulkan yutuqlari bilan jahon koz ongida yana bir bor hurmatga sazovor boldi. Bunga asoslar yetarli.

Markaziy saylov komissiyasi saylov kuni soat 13:00 da otkazgan dastlabki brifingda rasmiy royxatga olingan 20 million 800 ming nafarga yaqin saylovchining 56 foizdan koprogi ovoz berishda ishtirok etgani malum qilindi. Demak, osha kuni hammaning asosiy rejasi saylovda qatnashish, ozi maqul korgan nomzodga ovoz berish bolgan. Bu fuqarolarimizning siyosiy-huquqiy faolligi, madaniyati yuksalganidan, fuqarolik masuliyati va pozitsiyasi tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

Saylov kuni ertalabki soat 7 larda ovoz berish uchun saylov uchastkasiga chiqqanimda, toplanib turgan odamlarni korib, hayron boldim, deydi Surxondaryo viloyati Qumqorgon tumanidagi 58-umumtalim maktabi jismoniy tarbiya oqituvchisi Qurbonali Jolliyev. Yaqinlashib, sorab bilsam, mahallamizdagi odamlar ovoz berish uchun navbat kutayotgan ekan. Ozaro gurungda yoshi katta qishloqdoshlar oldingilariga nisbatan bu galgi saylovda ovoz berishga qiziqish ortgani haqida gapirishdi.

Saylovchilarning saylov uchastkalariga kelishi ovoz berish vaqti tugagunga qadar, yani kechki soat 20:00 gacha davom etdi. Markaziy saylov komissiyasi 22:00 da otkazgan brifingda royxatga olingan saylovchilarning 88 foizdan koprogi ovoz berish jarayonida qatnashgani malum qilindi. Mamlakatimizdagi saylovni yoritishda ishtirok etayotgan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan dunyoga Ozbekiston fuqarolari parlament, mahalliy vakillik hokimiyati organlariga saylovda katta faollik korsatgani haqida tezkor xabarlar tarqatila boshlandi. Bu haqdagi xabarlar dunyo jamoatchiligining etibori va etirofini qozondi. Kezi kelganda aytish kerak, 90 foizga yaqin saylovchining ovoz berishda ishtirok etishi dunyo davlatlaridagi saylov amaliyotida kam uchraydigan korsatkich hisoblanadi.

Demokratiya eng avval fuqarolarning, saylovchilarning konglida paydo boladi. Xalqimiz katta masalalar haqida xulosa chiqarish, kopning manfaati bilan bogliq masala boyicha fikri, munosabati, pozitsiyasini bildirishda buning masuliyatini yurakdan his qilib, chuqur sharqona mulohazakorlik bilan yondashib kelgan. Saylov kuni ovoz berish jarayonlarida bu yaqqol namoyon boldi. Buning sababi, asoslari kop, albatta.

Avvalo, mamlakatimizda demokratiyani qaror toptirish, xalq hokimiyatining asoslarini mustahkamlash va maqomini oshirish boyicha bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilayotganini takidlab otish joiz. Xususan, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida bu masalalarga yuksak etibor qaratildi. Unda ilgari surilgan goyalar asosida Prezident, qonun chiqaruvchi organ va ijro hokimiyati vakolatlari ortasida demokratik muvofiqlik taminlandi, manfaatlar muvozanati barqarorlashtirildi. Har bir shaxsning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish boyicha konstitutsiyaviy huquqi milliy davlatchiligimiz modelining asosini tashkil etishi hisobga olinib, saylov qonunchiligiga qator ozgartish va qoshimchalar kiritildi. Natijada saylovchining siyosiy partiyalar Dasturlari, goyaviy maqsadlari bilan, deputatlikka nomzodlarning insoniy fazilatlari va kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishish, maqulini tanlash imkoniyati ham ortdi.

Otgan saylovdan keyingi vaqt mobaynida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ishlash tartibi, masalalarni muhokama qilish jarayonlari rivojlandi, yanada demokratlashdi, ular qabul qiladigan qarorlarning tasir kuchi, huquqiy maqomi oshdi.

Hozir Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonunlar loyihalari va boshqa meyoriy hujjatlar korib chiqilayotganda har bir deputatning, fraksiyalarning fikri, munosabati, taklifi, albatta, hisobga olinmoqda. Ularning qabul qilinishi yoki qilinmasligi sabablari yuzasidan yalpi majlisda asoslantirilgan tushuntirishlar berilmoqda. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tegishli hududni rivojlantirish bilan bogliq eng muhim masalalarni muhokama etib, qarorlar qabul qilyapti, mazkur qarorlar ijroga qaratilyapti, deputatlar dolzarb masalalarni organib, sessiyalar muhokamasiga olib chiqyapti, ularning takliflari qarorlarga asos bolmoqda.

Ana shularning barchasi odamlarning demokratiya va uning hayotimizdagi, kelajagimiz va taqdirimizdagi ahamiyatini teranroq tushunib yetishiga katta ijobiy tasir otkazmoqda, demokratiyaga nisbatan munosabat yuksalishida muhim omil bolib xizmat qilmoqda. Buning hayotdagi isboti saylovda korindi. Saylovchi ovoz beradigan nomzodi ertaga jamiyatdagi muammolarni hal qilishda tashabbus korsata olishiga ishonib, saylov jarayonlarida astoydil qatnashdi, saylov uchastkasiga kelib mustaqil fikrlab, ovoz berdi.

Xulosa qilib aytganda, xalqimiz saylovda faol qatnashish orqali muhim siyosiy huquqini amalga oshirdi, davlat hokimiyati yuqori organlariga oz vakillarini sayladi, shu bilan birga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni har tomonlama qollab-quvvatlayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Tolqin TORAXONOV



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: