O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.12.2014

VATAN, XALQ TAQDIRIGA DAXLDORLIK TUYGUSI YAQQOL NAMOYON BOLDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 21 dekabr kuni bolib otgan saylov jarayonlarini xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kelgan uch yuzdan ziyod kuzatuvchi bevosita kuzatib bordi. OzA muxbirlari ularning ayrimlari bilan suhbatda bolib, mamlakatimizning saylov tizimi va ovoz berish jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Mahmadsharif HAQDODOV, Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibining orinbosari:

— Toshkentdagi qator saylov uchastkalarida bolib, Ozbekistonda otkazilgan parlament saylovi jarayonlarini sinchkovlik bilan kuzatdik. Ozbekiston fuqarolarining oz konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish uchun barvaqt saylov uchastkalariga kelgani, jarayonda faol ishtirok etgani, ulardagi bayramona va kotarinki kayfiyat menda, ayniqsa, ozgacha taassurot qoldirdi. Bu xalqingiz qalbida yurtingizda roy berayotgan siyosiy jarayonlarga, mamlakat taqdiri va uning ertangi kuniga daxldorlik hissi mujassam ekanidan dalolat beradi.

Ozbekistonning saylov tizimini va bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirish boyicha ulkan ishlar amalga oshirilgan. Ushbu omil siyosiy partiyalar va deputatlikka nomzodlarning oz saylovoldi tashviqotlarini xalqaro demokratik standartlar asosida otkazishini ta’minladi.

Ozbekistonda otkazilgan saylovlarga xorijiy ommaviy axborot vositalari va xalqaro kuzatuvchilar tomonidan katta qiziqish bildirilgani etiborga molik. Bu Ozbekistonda otgan mazkur siyosiy voqeaning goyat muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi.

Li Jay XOVA, Koreya Respublikasi Milliy saylov komissiyasi departamenti bosh direktori:

Samarqanddagi qator saylov uchastkalarida boldik. Saylovga tayyorgarlik ishlarini diqqat bilan kuzatib, bu jarayon demokratiya tamoyillariga toliq mos kelishiga ishonch hosil qildik. Saylovchilar uchun barcha shart-sharoit yaratildi. Ular erta tongdan kelib, ozlari tanlagan nomzodga ovoz berishdi.

Saylov jarayonini kuzatish bilan birga, qadimiy va maftunkor Samarqandning dunyoga mashhur obidalari hamda xalqingizning madaniy boyliklari bilan tanishish baxtiga musharraf boldim. Madaniyati va tarixini saqlagan xalqning kelajagi porloq boladi.

Dario CHITATI, Oliy geosiyosiy tadqiqotlar va turdosh fanlar institutining

«Evrosiyo» dasturi rahbari (Italiya):

Saylovchilar ovoz berish jarayonida faol ishtirok etdi. Parlament saylovida koplab xalqaro kuzatuvchilarning qatnashgani ham mamlakatda demokratiyani mustahkamlash borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilayotganidan dalolatdir. Ozbekiston Respublikasining saylovga oid qonun va boshqa hujjatlari xalqaro meyorlarga toliq mos keladi, saylovchilarning konstitutsiyaviy huquqlari va jahon hamjamiyati tomonidan etirof etilgan demokratik tamoyillarni ozida keng ifoda etadi.

Ozbekiston Respublikasi qonunchiligiga Bosh vazir lavozimiga nomzodni Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida eng kop deputatlik ornini olgan siyosiy partiya tomonidan taklif etilishi, parlamentning hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish kabi muhim institutlar kiritilgani alohida etiborga molik. Bunday islohotlar Ozbekistondagi demokratik mexanizmlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda, siyosiy partiyalarning ahamiyatini yanada oshirmoqda.

Bernadet MILL, Londonning Uoltxem-Forest munitsipaliteti deputati (Buyuk Britaniya):

Saylovchilarning qariyb 90 foizi saylovda ishtirok etgani Ozbekiston fuqarolarining yuksak faolligidan dalolat beradi.

Mamlakatingiz saylov qonunchiligiga kiritilgan ozgartish va qoshimchalar saylovning yuqori saviyada tashkil etilishi va eng yuqori demokratik talablar asosida otishi uchun sharoit yaratdi. Xiva shahridagi qator saylov uchastkalarida bolib, bunga bevosita guvoh boldik. Har bir uchastkada fuqarolarga erkin ovoz berish uchun qulay sharoit yaratildi. Nogironlar, saylovga kelishi qiyin bolgan kishilar uchun ularning xonadonlarida ovoz berish tashkil etildi. Bu insonparvarlikning yuksak korinishi bolishi bilan birga, saylovga chuqur tayyorgarlik korilganini korsatadi.

Valerius SIMULIK, Litva Seymidagi Ozbekiston bilan parlamentlararo hamkorlik guruhi raisi:

Ozbekiston nafaqat tinch va osuda, balki tolerantlik, ozaro mehr-oqibat ustuvor bolgan davlat. Bu saylov jarayonida ham yaqqol kozga tashlandi. Kopchilik xalqaro kuzatuvchilar etirof etayotganidek, yoshlarning saylovga muhim tadbir sifatida qarab, oz konstitutsiyaviy huquqimni amalga oshiryapman, deb faxr bilan faollik korsatgani mening ham etiborimni tortdi.

Ozbekiston va Litva davlatlari ortasidagi hamkorlik, parlamentlararo aloqalar rivojlanayotgani xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladi. Oylaymanki, kelgusida talim va sanat yonalishlarida, biznes sohasida hamkorligimiz yanada rivojlanadi va buning uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud.

Quandiq TURGANQULOV, Qozogiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi:

Saylov kunlari Buxoroda bolib, saylovoldi kampaniyasini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega boldik. Tayyorgarlik juda yuqori darajada tashkil etilgan. Bir nechta saylov uchastkalariga borib, parlament saylovini kuzatdik. Saylovchilarning ovoz berish jarayonida faol ishtirok etgani quvonarli. Saylovda koplab xalqaro kuzatuvchilarning qatnashgani mamlakatingizda demokratiyani mustahkamlash borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilayotganidan dalolatdir.

Saylovchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoit, saylov uchastkalaridagi tartib va xushmuomalalik juda maqul boldi. Barcha ovoz beruvchilar nomzodlarning dasturi, saylovga oid boshqa malumotlardan yetarlicha xabardorligi saylovga yuksak darajada tayyorgarlik korilganining tasdigidir.

Mamlakatingizda bolib otgan saylovda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida Ozbekiston Ekologik harakati uchun 15 deputatlik orni ajratilgani ekologik muammolarni bartaraf etishda ilgari surilayotgan ulkan tashabbus, deb oylayman. Ular kelgusida sohaga tegishli huquqiy bazani yanada takomillashtirishga, iqtisodiy mexanizmlarni rivojlantirishga munosib ulush qoshadi.

Vidjay JOLLI, Bxaratiya Janata partiyasining tashqi aloqalar bolimi muvofiqlashtiruvchisi (Hindiston):

Ozbekistonga birinchi marotaba kelishim. Xalqlarimiz ochiqkongil va samimiyligi bilan bir-biriga juda yaqinligiga guvoh boldim. Saylov kuni Toshkent shahridagi 76-, 81-, 166-saylov uchastkalarida bolib, yaratilgan qulayliklar bilan tanishdik. Biz ham organishimiz kerak bolgan bir qator jihatlarga guvoh bolganimizni aytishni xohlardim.

Ozbekiston Respublikasining saylovga oid huquqiy-meyoriy hujjatlari bilan tanishib chiqdim. Markaziy saylov komissiyasining vakolati kengaygani soglom raqobat muhitini rivojlantirishga xizmat qilsa, golib partiya Bosh vazir nomzodini korsatishi demokratik tamoyillarga juda mos. Mazkur qonuniy hujjatlar va unga kiritilgan ozgartishlar saylovni yanada ochiq va oshkora otkazishda qol keladi, deb ishonaman. Zero, bu ozgartishlar insonlarning erkin fikr yuritishiga va ularning manfaatlarini taminlashga yonaltirilgani bilan yanada ahamiyatlidir.

Karlis KAMRADZIS, Latviya Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi orinbosari:

Men Samarqand viloyati va poytaxtingizdagi bir necha saylov uchastkalarida saylov jarayonini kuzatish imkoniga ega boldim. Saylov uchastkalari faoliyatidagi professionallikka, zamonaviylik va milliylik xususiyatlarining uygunlashtirilganiga, saylovchilarning Vatan oldida oz fuqarolik burchini tola-tokis ado etishga bolgan faolligiga havasim keldi. Bu Ozbekistonda mustaqillik yillarida demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish, saylov tizimini isloh etish yolida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning oziga xos natijasidir.

Ozbekistonda parlamentga Ekologik harakatdan deputatlar saylash dunyo miqyosidagi oziga xos, noyob tajribalardan biri bolib, otgan davrda bu tashabbus oz natijalarini yaqqol namoyon etayotir. Yani, ekolog deputatlar yangi qabul qilinayotgan qonunlarda ekologik huquq mexanizmlarini takomillashtirish va bu yonalishdagi qonunchilikning ijro samaradorligini mustahkamlash yuzasidan samarali faoliyat olib bormoqda. Bu ishlar tobora global tus olayotgan, inson hayoti va salomatligiga jiddiy tahdid tugdirayotgan ekologik muammolarning yechimini topish, kelajak avlodlarga soglom muhit, musaffo tabiat meros qilib qoldirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilayotir.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: