O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.12.2014

XALQARO KUZATUVCHILAR

yurtimizda demokratik islohotlar tobora chuqurlashib borayotganini e’tirof etishdi

Mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlar barcha hududlarda uyushqoqlik va katta ko‘tarinkilik bilan, ochiq va oshkoralik prinsiplariga amal qilingan holda otkazildi. Saylovda Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti, shuningdek, Osiyo, Yevropa, Afrika, Amerika va MDH davlatlaridan kuzatuvchilar ishtirok etdi. Muxbirlarimiz ularning ayrimlari bilan muloqotda boldi.

Fransiyalik xalqaro kuzatuvchi Per Emmanuel Dyupon:

— Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligiga kiritilgan ozgartish va qoshimchalar saylov jarayonini yanada demokratlashtirish, uni umumetirof etilgan demokratik prinsiplarga muvofiq ravishda otkazish boyicha huquqiy kafolatlarni kuchaytirishga xizmat qiladi, deb bemalol aytishim mumkin. Bunga saylovni kuzatib yaqqol amin boldim. Surxondaryo viloyatidagi 70-Termiz saylov okrugi va qator saylov uchastkalarida bolib, saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdim. Ayniqsa, barcha saylov uchastkalari ovoz berishni yuqori darajada otkazish uchun tayyor holga keltirilgani, zarur jihozlar, xususan, aloqa vositalari, komputer va huquqiy adabiyotlar bilan taminlangani menga juda maqul boldi. Fuqarolarning oz saylov huquqlarini amalga oshirishlariga xizmat qiladigan bu kabi imkoniyatlar alohida etirofga loyiq.

Hindistonlik xalqaro kuzatuvchi Pravda Ratxor:

Ozbekistonda demokratik islohotlar izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Masalan, davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar faqat koppartiyaviylik asosida otkazilishi davlat hokimiyatini demokratik talablar orqali shakllantirish boyicha umumetirof etilgan xalqaro prinsiplar va huquqiy normalarga toliq mos keladi.

Ozbekistonda siyosiy partiyalarning kuchli raqobat asosida saylovoldi targibotini yuksak saviyada olib borganini fuqarolar faolligidan ham bilsa boladi. Chunki saylov uchastkalarida yoshu qari birdek ovoz berishga shoshilayotgani xalqingizning ijtimoiy-siyosiy faolligi yuksakligidan, siyosiy jarayonlarga befarq emasligidan darak beradi.

Shu orinda alohida takidlamoqchimanki, Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylovlarga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha asosiy tashkilotchi ekani qonun bilan mustahkamlab qoyilgani menga maqul boldi. Bu saylov jarayoniga hech kimning, avvalambor, markaz va joylardagi davlat hokimiyati organlarining aralashishga haqi yoqligini kafolatlash bilan birga saylovni erkin, ochiq va oshkora otkazishda muhim ahamiyatga ega.

Bizga berilgan huquq va vakolatdan foydalanib, saylov jarayonini kuzatish maqsadida Surxondaryodagi ozimiz istagan uchastkalarga bordik. Hamma joyda saylovlar kongildagidek otayotganiga amin boldim.

Ayni kunlarda Surxondaryo vohasida 2 million 300 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan bolsa, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bolib otgan bu yilgi saylovlarda 1,5 million nafardan ortiq fuqaro ozi ishongan nomzodlarga ovoz berdi.

Priller Ekhard, Germaniyada saylovlarni tashkil etish boyicha mutaxassis, xalqaro kuzatuvchi:

Saylov uchastkalarida bolganimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar plakatlari bir joydan orin olgani, nomzod haqidagi matnlarning bir xil rangda bolgani dastlab meni ajablantirdi. Saylovni otkazishga masullarga bu haqda savol bilan murojaat etdim. Bildimki, mamlakatingizda saylov jarayonlarida barcha siyosiy partiyalarga bir xilda sharoit yaratilar ekan. Saylovchilar soni, birinchi bor ovoz beruvchilar bilan ham qiziqdim. Barcha savollarimga batafsil javob oldim.

Ozbekistonda saylovlarning demokratik tamoyillar va saylov qonunchiligi asosida otkazilayotganiga, saylov jarayonida ozbek xalqiga xos uyushqoqlik, tartib-intizom, madaniyat hamda boshqa milliy fazilatlar aks etib turganiga guvoh boldim.

Xamid Hafiz al-Abdulla, Quvayt universiteti professori, xalqaro kuzatuvchi:

Bir necha saylov uchastkalarida boldim. Ularning barchasida saylovning ochiqlik va oshkoralik, demokratik prinsiplar asosida otishi uchun imkoniyatlar yetarli darajada. Menga, ayniqsa, Onalar va bolalar xonasi, tibbiyot xonasining tashkil etilgani maqul tushdi. Masalan, Samarqand davlat chet tillar instituti binosida joylashgan 60-saylov uchastkasida onalari ovoz berayotgan bolalarning qogirchoq oynab otirganini kordim. Ozbek xalqining bolajonligiga yana bir bor amin boldim.

Bir necha uchastkalarda saylov mutasaddilari bilan suhbatlashdim. Barchasining qarashlari, fikrlari teran. Oylaymanki, saylovchilar ozlari uchun eng kerakli, Vatan, xalq manfaatini chuqur his etadigan nomzodlar uchun ovoz berishadi.

Muhammad Salom, «Al-Masaya» gazetasi bosh muharriri (Misr), xalqaro kuzatuvchi:

Men jurnalist sifatida Ozbekiston haqida, mustaqillik yillarida Prezident Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar haqida koplab maqolalar yozib, ozbek xalqi erishayotgan beqiyos yutuqlarni Arab dunyosida targib etib kelaman. Mamlakatingizdagi oldingi saylovlarda ham ishtirok etganman. Shu bois oz tajribamga tayangan holda, Ozbekiston saylov qonunchiligining oziga xos jihatlari haqida ozim ishlayotgan 100 ming nusxada nashr etiladigan gazetada ham yaqinda maqola chop etdim.

Kuzatishimcha, Samarqanddagi barcha saylov uchastkalarida ovoz berish oshkoralik va demokratiya tamoyillari asosida otmoqda. Quvonchlisi, saylovchilar faol. Qaysi uchastkada bolmayin ovoz berishga kelayotganlarning yuzlarida tabassum kordim. Demak, saylov Ozbekiston xalqi uchun katta bayram.

Siyosiy partiyalar, ulardan korsatilgan deputatlikka nomzodlarning xalq xohish-irodasini amalda royobga chiqarishiga shubha yoq. Buning uchun Ozbekistonda barcha imkoniyatlar, shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Siyosiy partiyalar, xususan, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi azolari bilan bolgan suhbatlar mening shunday xulosa kelishimga asos boldi.

Abdumalik HAYDAROV,

Abdurasul SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: