O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
23.12.2014

MAMLAKATIMIZDA SAYLOV OCHIQ-OSHKORA, UMUMETIROF ETILGAN DEMOKRATIK TAMOYILLAR ASOSIDA OTDI

Kecha Markaziy saylov komissiyasi xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar, mamlakatimiz hamda chet el ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda saylovning yakunlari va dastlabki natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugbek Abdusalomov atroflicha malumot berdi.

— Davlat hokimiyati vakillik organlariga otgan saylov mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish yolidagi yangi bir muhim qadam boldi, dedi u. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan, Oliy Majlis tomonidan 2010 yil noyabr oyida qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi goyalarining hayotga izchil tatbiq etilayotgani buning asosiy kafolati bolganini alohida takidlash joiz.

Mamlakatimizning uzoq muddatga moljallangan taraqqiyot strategiyasi hisoblangan mazkur hujjatga muvofiq, yurtimizda saylov tizimini rivojlantirish sohasida ham chuqur demokratik ozgarishlar amalga oshirildi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga kiritilgan songgi tuzatishlarga asosan, Markaziy saylov komissiyasini demokratik asosda shakllantirish tizimi, uning asosiy faoliyat prinsiplari konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlandi. Hokimiyatning vakillik organlariga saylovlarni tashkil etish uchun masul bolgan saylov organlarining butun tizimi mustaqilligining kafolatlari kuchaytirildi.

Saylov qonunchiligiga fuqarolarning saylash huquqini taminlash boyicha kiritilgan qator ozgartish va qoshimchalar saylovni Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy saylov qonunchiligi hamda xalqaro demokratik standartlarga tola mos tarzda otkazish imkonini berdi.

Shular qatorida Konsepsiya asosida davlat hokimiyati organlari tizimida Oliy Majlisning roli va ahamiyati sezilarli darajada oshirilgani, davlatimizning ichki va tashqi siyosatini shakllantirish, amalga oshirishda mamlakatimiz oliy qonunchilik organining imkoniyatlari kengaytirilgani, ayni paytda hukumatning parlament oldida, joylardagi davlat boshqaruvi organlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida masuliyati oshirilgani alohida qayd etildi.

Konstitutsiyaga muvofiq endilikda Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng kop deputatlik orinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng kop deputatlik orinlarini qolga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. Ushbu meyorning joriy etilishi siyosiy partiyalarning mamlakatimiz hayotidagi orni va rolini yanada yuksaltirishda tamomila yangi imkoniyatlarni yaratib berdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonunlar va meyoriy-huquqiy hujjatlarni korib chiqish hamda qabul qilish jarayonining barcha bosqichlarida siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda deputatlar guruhining roli kuchaytirildi. Bugun biron-bir qonun hujjati fraksiyalarning fikrlari va takliflarini hisobga olmasdan qabul qilinmaydi.

Bosh Qomusimizda parlament va jamoatchilik nazorati institutlari, ularni amalga oshirish mexanizmlarining mustahkamlangani ham davlat hokimiyatini yuksak demokratik mezonlarga tayangan holda modernizatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mamlakatimiz qonunchiligidagi bunday ozgarishlar qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat faoliyatini yanada demokratlashtirishga, siyosiy partiyalarning faolligi, tasir kuchini oshirishga, muhimi, demokratik jamiyatning eng muhim xususiyati bolmish partiyalararo raqobatni kuchaytirishga zamin yaratdi.

Markaziy saylov komissiyasi 2014 yil 12 may kuni Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha tadbirlar dasturini qabul qildi. Mazkur dastur izchil amalga oshirilgani saylov qonun talablariga rioya etgan holda otkazilishida muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, saylov kampaniyasi jarayonida qonun talablari hamma uchun bir xil va majburiyligi haqidagi qoidalarga amal qilindi.

Saylov kuni xalqimiz Vatanimizning ertangi istiqboli, farovonligi uchun munosib hissa qosha oladigan, davlat hokimiyati vakillik organlariga ozining vakili sifatida ishonch bildirgan nomzodlarga ovoz berdi.

Matbuot anjumanida qayd etildiki, bu galgi saylovda saylovchilarning faolligi, fuqarolik masuliyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohot va ozgarishlarga daxldorlik tuygusi yanada oshgani yaqqol namoyon boldi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovda bu yil 18 million 400 ming nafar saylovchi ishtirok etdi. Bu royxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi.

8 ming 311 nafar saylovchi qonunga asosan muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan foydalandi.

Dastlabki malumotlarga kora, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov otkazuvchi 135 saylov okrugining 113 tasida deputatlar saylangan. Jumladan, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 47 nafar, Ozbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan 17 nafar, Ozbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan 28 nafar, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan 21 nafar deputat saylangan.

Eslatib otamiz, qonunga asosan okrug miqyosida ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan kop ovozini olgan, yani 50 foizdan ortiq saylovchi xayrixoh bolgan nomzod Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylangan hisoblanadi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi bergan malumotga kora, parlament quyi palatasiga saylov otkazuvchi 22 okrugda nomzodlarning birontasi yetarli miqdorda ovoz toplay olmagan. Yani, mazkur okruglardan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat saylanmadi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisidagi Qonunning 45-moddasiga binoan, agar saylov okrugi boyicha deputatlikka ikki nafardan ortiq nomzod qoyilgan bolsa-yu, ulardan birontasi ham saylanmasa, ikki hafta ichida eng kop ovoz olgan ikki nafar nomzod boyicha okrugda takroriy ovoz berish otkaziladi. Bu holdatakroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning koproq ovozini olgan nomzod parlament quyi palatasiga saylangan hisoblanadi. Demak, 22 okrugda saylov eng kop ovoz olgan ikki nafar nomzod boyicha qaytadan otkaziladi.

Matbuot anjumanida, shuningdek, Ozbekiston Ekologik harakatining konferensiyasi haqida ham axborot berildi. Malum qilinishicha, mamlakatimizning har bir mamuriy hududi hamda Ekoharakat Markaziy kengashi Ijroiya qomitasidan ishtirok etgan delegatlar yashirin ovoz berish yoli bilan Qonunchilik palatasiga mazkur harakatdan 15 nafar deputat saylagan. Ozbekiston Ekologik harakati oliy organi Ozbekiston Ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar royxatini Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etgan.

Mirzo-Ulugbek Abdusalomov saylov kuni qonunchilikka rioya qilinishi boyicha shikoyatlar va murojaatlar masalasiga ham alohida toxtalib otdi. Malumotga kora, davlat hokimiyati vakillik organlariga otkazilgan saylov boyicha qonunchilik talablari qopol ravishda buzilgani haqida xabar yoki malumotlar kelib tushmagan. Ammo Markaziy saylov komissiyasining ishonch telefonlariga qator murojaatlar, takliflar hamda ayrim masalalarda etirozlar bolgan. Ularning barchasini qonunda korsatilgan muddat va tartibda korib chiqib, hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar korilgani malum qilindi.

Shulargaasoslanib, matbuot anjumanida bu yilgi saylov Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, saylov qonunchiligi hamda xalqaro demokratik tartib-tamoyillarga rioya qilingan holda otkazilgani qayd etildi.

Saylovning ochiq va oshkora otishida xalqaro, xorijiy va mahalliy kuzatuvchilar faoliyati alohida ahamiyatga ega boldi. Saylovda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan royxatga olingan Mustaqil Davlatlar Hamdostligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi hamda Islom hamkorlik tashkilotidan, shuningdek, 50 dan ortiq davlatdan 300 nafardan ziyod kuzatuvchi ishtirok etdi. Mamlakatimizdagi siyosiy partiyalarning 70 mingdan ziyod kuzatuvchi va vakolatli vakillari ham bu jarayonda faol qatnashdi.

Yurtimiz va chet el ommaviy axborot vositalarining 350 nafarga yaqin vakili mamlakatimizdagi saylov jarayonini keng yoritish, uning tafsilotlari haqida tezkor va tahliliy axborot yetkazish ishlarini izchil davom ettirmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi hozirgi vaqtda okrug saylov komissiyalari va Ozbekiston Ekologik harakati tomonidan taqdim etilgan bayonnomalar hamda boshqa hujjatlarni korib chiqmoqda. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov togrisidagi Qonunga muvofiq, zarur hollarda alohida uchastka saylov komissiyalarining materiallari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan yana bir bor sinchiklab korib chiqilishi mumkin. Shundan song Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari togrisida qaror qabul qiladi.

Matbuot anjumanida Markaziy saylov komissiyasi raisi jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Saylov yakunlari togrisidagi axborot va Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning royxati saylovdan keyingi 10 kunlik muddatdan, yani joriy yilning 31 dekabr sanasidan kechiktirilmasdan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda rasman elon qilinadi.

Tolqin TORAXONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: