O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.12.2014

SAYLOVOLDI PLATFORMASIDA

mamlakat va xalq manfaatlari chuqur ifoda etilgan partiya siyosiy maydonda mustahkam o‘rin egallaydi

Bugun mamlakatimizda siyosiy partiyalar ortasida jiddiy kurash, siyosiy bahs-munozara, tortishuv, teledebatlar bolib otmoqda. Bunda asosiy e’tibor ularning Saylovoldi dasturlariga qaratilmoqda.

Shu orinda haqli, orinli savol tugiladi. Siyosiy partiyalarning Saylovoldi dasturi saylovchilarni qanchalik oziga jalb etmoqda? Bugun xalqimiz qanday goyalarni qollab-quvvatlayapti?

Siyosiy partiya vakillarining televideniye va matbuotdagi chiqishlaridan shuni anglaymizki, bazi bir partiyalarning Saylovoldi dasturlarida bir-birini takrorlash, umumiy fikrlar, zorma-zoraki takliflar ham uchraydi. Bu haqida nafaqat mutaxassislar, siyosatshunoslar, balki oddiy odamlar ham ozining fikrlari, tahliliy xulosalarini bildirmoqda.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Ozbekiston Liberal demokratik partiyasi otgan Saylovoldi dasturida ham katta-katta masalalarni bayon etgan edi. Xosh, keyinchi? Otgan besh yil davomida «liberallar» bu vadaga qanchalik amal qilishdi?! Oz elektorati manfaatlarini himoya qilish boyicha qanday loyihalarni ilgari surdi? Bugun saylovchilar orasida liberallar dasturida korsatilayotgan ishlar aslida umumdavlat miqyosida amalga oshirilmoqda, agarda mamlakat siyosiy tizimida ushbu partiya bolmagan taqdirda ham bu islohotlar davom etar edi-ku, degan fikr-mulohazalar tugilmoqda.

Otabek MUTALOV, Zangiota tumanidagi Master Delikatesov masuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, OzXDP azosi:

Partiyamizning Saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan goyalar amalga oshirishsa boladigan, hayotiy takliflardir. Tadbirkor sifatida OzLiDePning faoliyatini doimiy ravishda kuzatib boraman, Saylovoldi dasturi bilan ham tanishib chiqdim. Biroq, tadbirkor yoki fermerning ogirini yengil qiladigan oziga xos aniq takliflar juda kamligiga etibor qaratdim. Asosan, hozir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar atrofidagi gaplardan iborat bolib qolgan.

OzLiDeP Saylovoldi platformasida oliy oquv yurtlarining mustaqilligini (tashkiliy, institutsional va moliyaviy muxtoriyatini) taminlash borasida zarur chora-tadbirlarni korish, oliy oquv yurtlarining tijorat asosida pullik talim xizmatlar korsatishi boyicha huquq va vakolatlarini kengaytirish hisobidan ularni davlat tomonidan moliyalashtirishni bosqichma-bosqich kamaytirish masalasini ilgari surmoqda.

Bizning fikrimizcha, bu mutlaqo asossiz goya. Ochigini aytganda, kelgusi besh yilda oliy talimni xususiylashtirish bilan bogliq masalani uzil-kesil hal etib bolmaydi. Ajablanarlisi, liberallar dasturida bu masalani qanday hal etilishi borasida asosli fikr ham bildirilmaydi.

Malumki, Saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan taklif asosli bolishi, odamlar manfaatiga qaratilishi, ularning ertangi kunga bolgan ishonchini mustahkamlashi lozim. Misol uchun, Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturida kam taminlangan oilalar farzandlarini qollab-quvvatlash, istedodli yigit-qizlarni oliy talim muassasalarida bepul oqitish taklifi bildirilgan. Bu taklif qanchalik togri, asosli ekani, deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida oz tasdigini topmoqda.

Bir yoqlama va umumiy qarashlarga Adolat SDP Saylovoldi dasturida ham keng orin berilgan. Xususan, unda qishloq hududlarini ijtimoiy obodonlashtirish, yol infratuzilmasini, ayniqsa, mahallalar ichidagi kochalarni tamirlash va rekonstruksiya qilish, yangi ijtimoiy obyektlar qurish boyicha ishlarni davom ettirish haqida soz boradi. Shuningdek, qishloq qiyofasini butunlay yangilash va qayta qurish, uy-joy qurish, ijtimoiy va kommunal obyektlarni bunyod etish, qishloq joylarda kommunikatsiyani rivojlantirish, qishloq ahlining turmush darajasi va madaniyatini oshirishni ilgari suradi.

Bugungi kunda mamlakatimiz qishloq hududlarida davlat dasturi asosida namunaviy loyihalar boyicha uy-joylar qurilayotgani hammaga malum. Bu borada Adolat SDP yana nima qilmoqchi ekanini tushunish qiyin. Yoki ular shu taklifni aytish orqali davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga sherik bolmoqchimi? Agar ular oz Saylovoldi dasturida umumiy gaplardan qochib, namunaviy uy-joylar qurilishi ustidan jamoatchilik nazoratini ornatish, uylarning sifatli qurilishi va oz vaqtida topshirilishini taminlashga qaratilgan rejalarini taklif etganida maqsadga muvofiq bolardi, deb oylaymiz.

Rozibek TORAYEV, OzXDP Toshkent shahar kengashi raisi orinbosari:

Adolat SDP dasturida ijtimoiy hayotni yanada demokratlashtirish, aholini davlat organlari, birinchi navbatda mahalliy hokimliklar faoliyati borasida malumotlar bilan keng taminlash, boshqaruvda oshkoralik, ochiqlik va hisobot berib borish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb etish ilgari surilgan.

Saylovchi bu jumlalarni oqib, hayron bolishi tabiiy, albatta. Chunki, joriy yilda Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi togrisidagi Qonunning qabul qilinishi togridan togri mana shu maqsadlarga qaratilgan. Bu holat Adolat SDPning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlardan ortda qolayotganini korsatmaydimi?.. Bizning nazarimizda, ular oz dasturlarida mazkur qonunning samarali ishlashini taminlash, uning har bir normasi sozsiz ijro etilishiga erishish, bu borada davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining masuliyatini oshirishga alohida etibor qaratsa, foydali bolardi.

Siyosiy partiyalar Saylovoldi dasturlarini kuzatib turib, Milliy tiklanish demokratik partiyasi dasturida belgilangan ayrim vazifalar ham kishini taajjubga soladi.

Misol uchun, partiya Ozbekiston xalqining milliy anana va urf-odatlarini ozida aks ettirgan, unga xos bolgan muruvvat, kechirimlilik, insonparvarlik va bagrikenglik kabi olijanob fazilatlar sud amaliyotiga joriy etilishini ustuvor vazifalardan, deb bilishi alohida takidlangan.

Bizning fikrimizcha, sud jarayonlarida bunday yondashuv qanday oqibatlarga olib kelishini chuqurroq oylab korish kerak. Sud qonunga asosan oz hukmi yoki qarorini chiqaradi. Sud mutlaqo mustaqil bolib, aniq dalil va korsatmalarga asoslanar ekan, yuqoridagi taklif uning ana shu tamoyillariga salbiy tasir qilmaydimi!? Shu bois bu masalada shoshma-shosharlik, biryoqlama fikrlash togri emas, nazarimizda. Har yili Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun arafasida elon qilinadigan amnistiyada insonparvarlik va bagrikenglik korsatib kelinmoqda. Bu masalada asosli taklif aytilsa, boshqa masala edi.

Farida JORABEKOVA, Mezon mahalla fuqarolar yigini raisi, xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Yana bir misol. Milliy tiklanish DP Saylovoldi dasturida fuqarolarimizning sertashvish sud majlislariga xohish-istagining yoqligini inobatga olib, bu borada mahallaning xizmatidan foydalanishni taklif etmoqda. Qiziq tomoni shundaki, bu masala allaqachon hal etilgan. Bir soz bilan aytganda, hozir ham mahalla ana shu vazifalarni bajaryapti, unga hech qanday tosiq qoyilmagan. Saylovoldi dasturi siyosiy partiya faoliyat yonalishini belgilaydigan asosiy hujjat ekan, u koproq aniq maqsad, amaliy ishlarga yonaltirilsa, elektorat manfaatlariga koproq xizmat qilgan bolardi...

Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasidan malumki, siyosiy partiyalar qaysi goyani ilgari surishi, qaysi aholi qatlamini qollab-quvvatlashidan qati nazar ular amalga oshirayotgan ishlar, eng avvalo, umumxalq, umumdavlat manfaatlariga xizmat qilishi zarur. Siyosiy partiyalar tomonidan taklif etilayotgan yol esa turlicha bolishi mumkin.

Har tomonlama bilimli, siyosiy jarayonlarni yaxshi tushunadigan, mamlakatimizning taraqqiyot strategiyasini tasavvur qila oladigan bugungi saylovchi balandparvoz gaplarga emas, balki hayotiy masalalarni kotarayotgan siyosiy kuch uchun ovoz beradi.

Nurali ORIPOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: