O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.02.2012

Eskicha qarash va noxolis yondashuv

bilan bugungi siyosiy jarayonga baho berib bo‘lmaydi

«Adolat» SDP buni hamon anglab yetmayotgani kishini taajjubga soladi.

Bugun mamlakatni modernizatsiya qilish, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jadal tus olmoqda. Buni siyosiy partiyalar tobora rivojlanib, jamiyatda mustahkam o‘rin egallayotgani, ular o‘z dasturlarida belgilagan vazifalarni amalga oshirishi uchun huquqiy asoslar takomillashib borayotgani misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

Ana shunday bir sharoitda O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi asossiz fikrlar bildirib, bahs yuritishga urinayotgani kishini ajablantiradi. «Adolat» gazetasining 2012 yil 10 fevral sonida chop etilgan «Bugungi saylovchi kechagi saylovchi emas» sarlavhali maqolada bildirilgan da’volar bunga misol bo‘la oladi.

«Adolatchi»lar gapiga qarang, go‘yoki, O‘zXDP amaliy faoliyatida Saylovoldi dasturidan chetga chiqib, O‘zLiDeP pozitsiyasidan borayotgan emish. 2011 yil davomida Markaziy bank tashabbusi bilan mamlakatimizning har bir mintaqasida tizimli ravishda o‘tkazilgan iqtisodiy forumlar loyihasiga sherik bo‘lib olgan emish.

«Adolat» SDP bu masalada O‘zXDP pozitsiyasiga munosabat bildirishni xohlab qolgan ekan, yuzakichilik, tavakkalchilik qilmasdan asl haqiqatni o‘rganishi kerak edi.

O‘zXDPning Saylovoldi dasturida aniq belgilab qo‘yilganki, partiyamiz faoliyati bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish davrida jamiyat va davlatning alohida qo‘llab-quvvatlashiga ehtiyojmand aholi qatlamlari manfaatlarini har tomonlama hisobga olish, ifodalash va himoya qilishga yo‘naltirilgan. Iqtisodiyotda band bo‘lmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan kishilar, kam ta’minlangan oilalar, imkoniyatlari cheklangan odamlar partiyaning elektorati hisoblanadi.

Ular manfaati yo‘lida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiyamiz fraksiyasi bilan mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlari qilayotgan ishlar, ko‘tarayotgan tashabbuslar masalaning bir tomoni. Bundan tashqari, partiya tashkilotlari ham amaliy faoliyatini elektorat manfaatini ta’minlashga yo‘naltirganki, buning nimasi yomon? Yoki bizning elektoratga O‘zLiDeP yordam bersin, deb qo‘l qovushtirib o‘tirishimiz kerakmi?

O‘zXDP aholining ko‘makka muhtoj qatlami ijtimoiy himoyasini to‘la davlat byudjetiga yuklash tarafdori emas. Manzilli ijtimoiy himoya jamiyatda aslo boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqarmasligi kerak. Qo‘lidan ish keladigan har bir kishi o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarib, o‘zi va oilasi farovonligi uchun kurashishi zarur. Bunda partiya tashkilotlarimiz ularga ko‘makchi bo‘lishga intilayotgan ekan, buning nimasi «adolatchi»larga yoqmayapti?

Bunday kishilar ayni vaqtda O‘zXDPning elektorati hisoblanadi. Ular ish o‘rniga, daromadga ega bo‘lib, o‘ziga to‘q qatlamga aylangani, qo‘shimcha ijtimoiy va moddiy yordamga muhtoj kishilar safining kamayib borishi jamiyat farovonligi oshishining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. O‘zXDP shuning tarafdori.

Shu sababli ham O‘zXDP Markaziy Kengashi 2011 yil boshida Markaziy bankka rasmiy xat bilan murojaat etib, hamkorlikda shu loyihani amalga oshirish tashabbusi bilan chiqdi. Markaziy bank bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi. Bundan tashqari, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, «Mikrokreditbank» ham loyihani amalga oshirishda hamkorlik qildi. Yil davomida mamlakatimizning barcha mintaqalarida tizimli ravishda iqtisodiy forumlar o‘tkazildi. Ayni paytda O‘zXDP Markaziy Kengashi va Markaziy bank tomonidan loyiha yakunlari tahlil etilib, uni joriy yilda ham izchil davom ettirish rejasi belgilab olinmoqda.

2012 yildan boshlab bu loyihani jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarni ish bilan ta’minlash sohasida ham qo‘llash yuzasidan izchil ish olib borilayapti. Masalan, o‘tgan yili Toshkent shahrida bo‘lgan iqtisodiy forumda biz bu tashabbusni amalda sinab ko‘rdik. Shahardagi partiya tashkilotlarimiz tomonidan qariyb yetti oy davomida qo‘lida hunari, mustaqil biznes yuritishga qobiliyati, intilishi bo‘lgan jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar o‘rganildi. Ularning ro‘yxati tuzilib, Markaziy bankka berildi. Dekabr oyining boshida — xalqaro Nogironlarni himoya qilish kuni arafasida poytaxtda o‘tkazilgan iqtisodiy forumda bunday kishilarning 28 nafariga o‘z ishini tashkil etishi uchun imtiyozli mikrokreditlar ajratish bo‘yicha tijorat banklari sertifikatlari topshirildi. Ayni paytda bu kishilar o‘zining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ishini yo‘lga qo‘ymoqda. Natijada ular hech kimga muhtoj bo‘lmay, farovon turmush kechirishi uchun zamin yaratilyapti.

Markaziy bankdan ma’lum qilinishicha, O‘zXDP tashabbusi bilan iqtisodiy forum loyihasi hayotga tatbiq etilgach, boshqa siyosiy partiyalar ham shunga o‘xshash tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan. «Tadbirkorlik — mustahkam oila poydevori» mavzusidagi biznes-forumlar esa viloyat hokimliklari taklifi bilan 2012 yilda, ya’ni Mustahkam oila yili munosabati bilan o‘tkazila boshlangan.

«Adolatchi»lar masalani biroz o‘rganib, xolis fikrlaganda bunday asossiz, ko‘pchilikni taajjubga solgan gapni aytmagan bo‘lishardi. Afsuski, partiyalararo bahs yuritishda «Adolat» SDP vakillari birinchi marta adashishayotgani yo‘q.

Asli KAMOL


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: