O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.10.2014

LYUKSEMBURG: SAYLOVDA HAMMA OVOZ BERADI

Lyuksemburg hududi va aholi soni jihatidan Yevropadagi eng kichik suveren davlat hisoblanadi. Bu mamlakatda demokratiya rivojlanishi yo‘lida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Lyuksemburgda demokratiya yuksalishida parlamentning tutayotgan ornini alohida e’tirof etish lozim.

Lyuksemburg parlamenti bir palatali bolib, deputatlar palatasidan tashkil topgan. Unda 60 nafar deputat faoliyat olib boradi. Ular togridan togri ovoz berish yoli orqali besh yil muddatga saylanadi. Parlamentga saylangan deputat hukumat vakili bola olmaydi. Davlat boshligi Buyuk gersog tayinlaydigan hukumat doimiy ravishda parlamentga hisobot berib turadi.

Parlamentga saylanadigan deputatlar 4 ta kop mandatli saylov okruglaridan saylanadi. Shulardan 9 nafar deputat shimoliy, 7 nafari sharqiy, 23 nafari janubiy va 21 nafar deputat esa garbiy okrug vakillari boladi.

Saylovchilar partiya royxati boyicha bir okrukka nechta orin berilgan bolsa, shuncha nomzodga ovoz berishlari mumkin. Mamlakat aholisining 17 yoshdan 75 yoshgacha bolgan barcha fuqarolari parlament saylovida qatnashishi majburiy hisoblanadi. Saylov jarayonlariga qatnashmagan aholi vakillari qonunga muvofiq jarimaga tortiladi. 75 yoshdan oshgan yoki chet elda yashovchi fuqarolari ovoz bermasliklari mumkin.

Ammo shuni alohida takidlab otish kerakki, 2009-2013 yillar bolib otgan parlament saylovlarida biror kishi jarimaga tortilmagan. Ekspertlar bu holatni Lyuksemburg aholisining saylov mohiyatini, bu voqea ular hayotida qanday ahamiyatga ega ekanini tushunib yetayotgani bilan izohlashadi.

2013 yil 20 oktabrda parlamentga bolib otgan navbatdagi saylov Lyuksemburgda demokratik tamoyillar izchillik bilan amalga oshayotganini korsatdi.

Malumot ornida aytish kerakki, Lyuksemburgda bir necha siyosiy partiya parlamentda munosib orin egallash uchun kurash olib boradi. Ulardan eng yiriklari Xristian-sotsial xalq partiyasi, Lyuksemburg sotsial ishchilar partiyasi, Demokratik partiya hamda Yashillar partiyasidir.

2013 yilda bolib otgan saylovlarda Xristian-sotsial xalq partiyasi parlamentdagi oldingi egallab turgan orinlaridan uchta kam orin egallagan bolsa-da 23 deputat bilan baribir parlamentdagi kopchilik oringa ega partiya maqomini saqlab qoldi. Demokratik partiya oldingi saylovga nisbatan tortta kop orinni qolga kiritdi (13 orin). Lyuksemburg sotsial ishchilar partiyasining parlamentdagi deputatlar soni ozgarmadi (13 orin). Yashillarga 6 orin nasib etgan bolsa, «Sol» birlashgan partiyasi vakillari 2 orin bilan cheklanishdi.

Lyuksemburg sotsial ishchilar partiyasi nizomida mamlakatdagi ishchilar hayoti, ularni ijtimoiy himoya qilish, xususan, nafaqa bilan taminlash va pensiya kafolati masalalariga alohida urgu berilgan. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini yumshatish maqsadida bu partiya yangi muqim ish orinlari yaratish va ularning sonini muntazam oshirish choralari boyicha amaliy tashabbuslarni ilgari surmoqda. Shu sababli ham bu siyosiy partiya mamlakat hayotidagi oz ornini saqlab qolmoqda.

Mamlakatdagi har bir ozgarish odamlarning dunyoqarashida namoyon boladi. Lyuksemburgda ham demokratik taraqqiyotni ishonchli yolga solish oson kechayotgani yoq. Lekin eng muhim yutuq shundaki, mamlakat hayoti bilan bogliq barcha muhim jarayonlar, xususan, parlament saylovlarida fuqarolar faol qatnashmoqda. Bu fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarish jarayonida tasiri oshganligini, saylov aholining siyosiy qudratiga aylanganini anglatadi.

Sarvar RAHIMOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: