O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
14.10.2014

1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qollab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy qollab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, tibbiy hamda sanatoriy- soglomlashtirish sohasida xizmat korsatish darajasi va sifatini oshirish hisobiga ularning sogligini mustahkamlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. 2015-yildan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 1941-1945-yillardagi urush va mehnat faxriylari yiliga bir marta ozlari uchun maqbul muddatlarda Ozbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ozbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi hamda respublika davlat va xojalik boshqaruvi organlarining sanatoriy-soglomlashtirish muassasalarida bepul soglomlashtirish kursidan otish huquqiga ega boladilar.

Belgilab qoyilsinki, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriy- soglomlashtirish muassasalariga yollanmalar qiymati Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari hisobidan qoplanadi.

2. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2015-yil va undan keyingi yillardagi Ozbekiston Respublikasining Davlat byudjeti parametrlarida urush va mehnat fronti faxriylarini soglomlashtirishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablaglar ajratilishini nazarda tutsin.

3. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ozbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi va “Nuroniy” jamgarmasi:

bir hafta muddatda urush va mehnat fronti faxriylarini soglomlashtirish Ozbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablaglari hisobidan ta’minlanadigan Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashiga, davlat va xojalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-soglomlashtirish muassasalarining royxatini aniqlashtirsinlar;

sanatoriy-soglomlashtirish muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ularda urush va mehnat fronti faxriylarining bekamu kost soglomlashtirilishini taminlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini korsinlar.

4. Ozbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Ozbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, oz qaramogida sanatoriy-soglomlashtirish muassasalari bolgan vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar va yirik korxonalar:

bir oy muddatda 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini oz qaramogidagi sanatoriy-soglomlashtirish muassasalarida soglomlashtirish tartibi togrisidagi Nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasinlar, unda urush va mehnat fronti faxriylari uchun yollanmalar qiymatini Ozbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablaglari hisobiga belgilangan narxlarda tolash tartibini nazarda tutsinlar;

Nizom tasdiqlangandan keyin 10 kun mobaynida uni vazirliklar va idoralar hayatlarida, kompaniyalar, uyushmalar va yirik korxonalarning boshqaruvi yigilishlarida korib chiqsinlar;

korib chiqish natijalari boyicha tegishli idoraviy meyoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilsinlar.

5. Ozbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu Farmonga muvofiq qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar boyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2014-yil 13-oktabr

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: