O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.09.2014

BITIRUVCHI QIZLARNI ISH BILAN TAMINLASH DOLZARB MASALA

Joriy yilda respublikamizdagi kasb-hunar kollejlarini 243520 nafar qiz bitirdi. Ularni 100 dan ortiq korxona va tashkilotga biriktirish belgilab qo‘yilgan.

Ish bilan band bolgan odam hayotga teran koz bilan qaraydi, ozi va oilasi tokinligini ta’minlaydi, jamiyat rivojiga hissa qoshadi.

Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasida kuni kecha bolib otgan davra suhbatida bu borada amalga oshirilgan ishlar xususida malumotlar berildi, kamchiliklar yuzasidan fikr almashildi. Tadbirda Xotin-qizlar qomitalari faollari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan oquv markazlari rahbarlari va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi qizlari ishtirok etdi.

Takidlandiki, Xotin-qizlar qomitasi tashabbusi bilan jamoatchilik va masul tashkilotlar hamkorligida joriy yilda bitiruvchi qizlar bandligini taminlash boyicha respublikamizning barcha hududlarida 1700 ga yaqin ishchi guruhi tuzildi. Dastlab bitiruvchi qizlar turli tarkiblarga ajratildi. Masalan, oliy oquv yurtlariga kirish istagini bildirganlar, ish joyi aniq bolganlar, nogironlar, turmushga chiqqanlar, tadbirkorlik bilan shugullanish harakatidagi qizlar aniqlandi.

Malumotga kora, ayni kunda 139 488 nafar qiz ishga joylashgan. 52 127 nafarining bandligi boyicha ish beruvchi tashkilotlar bilan birgalikda tegishli choralar korilmoqda.

— Aniqlanishicha, Xorazm viloyatida 84 foiz, Namanganda 72, Buxorada 69, Qashqadaryoda 68, Samarqandda 67 foiz bitiruvchi qizlar bandligi taminlangan, dedi Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri orinbosari, Respublika Xotin-qizlar qomitasi raisi Elmira Bositxonova. Hozircha bu yaxshi korsatgich, albatta. Ammo bu borada hududlarda muammolar ham oz emas. Ish bilan band bolsa-da, mehnat daftarchalari ochilmasligi, uch tomonlama shartnomalarning haqqoniy emasligi, kabi holatlar aniqlanmoqda. Ayni paytda ularni bartaraf etish boyicha chora-tadbirlar olib borilayapti.

Shuningdek, Xotin-qizlar qomitasi quyi tizimlar bilan birgalikda oz ishini boshlamoqchi bolgan 7 mingdan ziyod bitiruvchi qizga tijorat banklari tomonidan 45 milliard som kredit ajratilishiga bosh bolmoqda. Kasb-hunar kollejlarini tamomlagan qizlar qoshimcha hunar organishini taminlash maqsadida bir qator oquv markazlari bilan hamkorlikda qizlarni imtyozli tarzda kasb va hunarga orgatish choralari korilmoqda.

Bu ishlar hali davom etadi. Farzandlarimiz taqdiri, kelajagi eng muhim masala. Ularning ishli bolib, hayotda munosib orin egallashlaridan har birimiz manfaatdormiz. Shu bois amalga oshirayotgan ishlarimizni yanada kuchaytirib, tegishli tashkilotlar masuliyatini oshirishimiz zarur.

Tadbirda Toshkent shahridagi 21 oquv markazi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 400 nafarga yaqin bitiruvchi qizga bepul saboq olish imkonini beruvchi sertifikatlar, hamkor oquv markazlari rahbarlariga Xotin-qizlar qomitasining tashakkurnomalari topshirildi.

Bu yil Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejini tamomladim, – deydi Nargiza Ibrohimova. Bugun menga Mirobod tumanidagi «GAUDEMUS» oquv markazida ikki oy bepul qoshimcha hunar organishim uchun sertifikat berildi. Odamning hunari qancha kop bolsa, uni qancha chuqur egallasa, ish topishi ham shuncha oson boladi.

Yaqinda tuman Xotin-qizlar qomitasi yordami bilan bankdan 5 million somlik kredit oldim, deydi Yangiyol xizmat korsatish kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Shohida Faxriddinova. Ikkita tikuv mashinasi sotib olib, choyshab tikishni boshladik. Ikki nafar tengdoshim ham men bilan birga ishlayapti. Kelajakda faoliyatimni kengaytirib, milliy hunarmandchiligimizni dunyoga tanitish, kelinlar uchun kiyim-kechaklar tikishni yolga qoyishni rejalashtirdim.

Faoliyatimizni boshlaganimizga ikki yil boldi, deydi Sarishta Begoyim oquv markazi rahbari Bahrom Fayzixojayev. Markazimizda sartaroshlik, tikuvchilik, komputer savodxonligi va qandolatchilik sirlari orgatiladi. Har bir yonalish boyicha darslar kengaytirilgan tarzda, oquvchilar istaklari asosida otiladi. Xotin-qizlar qomitasi tashabbusi bilan 11 nafar qizni ikki oylik bepul kurslarda oqitib, ular bandligini taminlashga oz bolsada hissa qoshishdan mamnunmiz.

Gulruh ODAShBOYeVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: