O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.08.2014

HOVLI SUPURMAYDIGAN KELIN

yoki erkak kishining hurmati nima bilan o‘lchanadi?

Tong sahardan kocha-atrofni supirib-sidirish, hovliga suv sepib, hammayoqni saranjom-sarishta qilish, oila a’zolari uygonmay, ular uchun shiringina nonushta hozirlash — azal-azaldan ozbek ayollari, ozbek kelinlarining burchi, vazifasi hisoblangan.

Onalarimiz kimningdir uyiga sovchilikka borishsa, eng avvalo, etibori osha xonadon ostonasining toza-ozodaligiga qaratiladi. Kelin tushgan uyning korki, fayzi ham shu orastalikda. Bir soz bilan aytganda, bu gozal odat avloddan-avlodga otib, bebaho milliy qadriyatga aylangan.

Afsuski, buni anglamaydiganlar ham uchrab turadi. Yoshlar orasida mashhur bolgan estrada xonandalaridan biri gazetadagi suhbatda ozining kelin bolib, kocha supurishi mumkinligini tasavvur qila olmasligini bildiribdi. Intervyuning osha qismini etiboringizga hech bir tahrirsiz, aynan havola etayapmiz:

«Savol: Ayrim yigitlar sanatkor qizlar haqida notogri fikrga borishadi. Ijodkor qizlarimizda ham oz ornida hadik bor Meni, kasbimni togri tushunarmikan», deya oylanadi.

Javob: Ha, togri aytasiz. Ozimda ham shunday savollar bolgan! Turmush qurgach, sanatni tark etasizmi? Ertalab barvaqt turib hovli supurasizmi? Tasavvur qiling, men erta turib hovli supursam?!

Savol: Hali hovli supurmayman degin!?

Javob: Men qatiy reja bilan ish tutishga organganman. Ertalab turib kocha-hovlini supurmayman.

Savol: Turmush ortoging hurmati uchun ham shunday qilishga majbur bolasan. Javob: Gapingizga qoshilmayman. Nega endi erkak kishining hurmati mana shunaqa mayda narsalar bilan olchanishi kerak?..

Ozbek qizi ozining erta turib hovli supurishini tasavvur qila olmasa, togrirogi, uni oziga ep kormasa, buni qanday izohlash mumkin? Endi ayting, erta turib hovli supurmagan ozbek qizini tasavvur qilishingiz mumkinmi? Xosh, erning hurmati nima bilan olchanadi? Pul, dangillama uchastka yoki inomarka bilanmi? Togri, u sanatkor, malum darajada taniqli. Ijod haqida qaygurishi kerak. Lekin eng ibratli ananalardan biri, kelinlarga juda yarashadigan, ularni yanada gozal, iboli qilib korsatadigan hovli supurish mayda-chuyda ishmi? Supursa, ozining uyini supuradi. Ozi ham shu hovlida yashaydi-ku.

Milliy qadriyatlarni mensimaslik yoki ular mohiyatini anglamaslik kishiga hurmat keltirmaydi. Aksincha...

Yaqinda futbol boyicha Ozbekiston terma jamoasi azosi, Moskvaning Lokomativ klubi himoyachisi Vitaliy Denisovning rus jurnalistlariga bergan intervyusini oqib qoldim. Jamoadoshlaringizga ozbekcha palov tayyorlab berish kerak bolsa, nima deysiz?, degan savolga Har bir ozbekning palov tayyorlashi qadriyat darajasiga kotarilgan, nimaga endi men uni koz-koz etish imkoniyatidan foydalanmasligim kerak, qabilida javob qaytargan.

Denisov kuchli futbolchi. Oz ishining ustasi. U ham karerasini esidan chiqarmasligi kerak, mayda-chuyda ishlarga uning ham vaqti yoq. U ham mashhur, togrisi boyagi qoshiqchidan kora koproq mashhur... Shunga qaramay, u ozbekona ananalar bilan faxrlanayapti, qadriyatlarimizni hurmat qilayapti... Bu uning tarbiyasidan, fikr doirasi qandayligidan nishona.

Mayli, osha qoshiqchi qizning dunyoqarashi shundaydir. Ammo mazkur suhbatni yozgan muxbir, uni sahifaga qoygan muharrir nahotki, bunday dono mulohazalar minglab qizlarda notogri kayfiyatlarni, ruhiyatida qadriyatlarga bepisandlik tuygusini uygotishi mumkinligini oylamasa.

Ehtimol, ertaga yana qaysidir gazetada boshqa bir yulduz chiqib olib, qaynonasi yoki qaynotasiga choy quyib uzatishni or bilaman, deb intervyu bersa, yana birovi bolasiga alla aytishga vaqti yoqligini pisanda qilsa, buni ham oq qogozni qoraytirib, targib qilaveramizmi?

Togri, har kim oz aqliga yarasha fikrlaydi, gapiradi. Kim nima desa, gazetada elon qilish osha fikr targibotiga, uni qollab-quvvatlashga kiradi. Agar bunday olifta gaplar, noyob fikrlar gazetada berilgudek bolsa, unda osha masalaga muallif yoki tahririyat munosabati bildirilishi kerak, nazarimizda. Shunda odamlar chalgishdan asrab qolinadi.

Oynab yozsang ham, oylab yoz, degan eski maqol bor. Gazetani esa minglab odamlar oqiydi...

Dilshod NARZULLAYeV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: