O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.08.2014

BOLANGIZ BOGCHAGA BORADIMI?

«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini namunali tashkil etish, mashgulotlar sifatini yanada yaxshilash, pedagoglar malakasini oshirish masalasiga alohida orin berilgan. Shuni inobatga olgan holda xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi OzXDP deputatlik birlashmalari tomonidan ana shu masalaga joylarda qanday etibor qaratilayotgani atroflicha organilmoqda.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturida Talim togrisidagi qonun ijrosini taminlash, barcha darajadagi talim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, soglom va barkamol avlodni tarbiyalash bilan bogliq dolzarb masalalar orin olgan.

Yaqinda xalq deputatlari Qorakol tuman Kengashidagi OzXDP guruhi tashabbusi asosida Talim togrisidagi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida Soglom bola yili munosabati bilan maktabgacha talim muassasalarida olib borilayotgan ishlarning ahvoli togrisidagi masala tuman Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritildi.

Sessiyada dastlab mazkur masalalar boyicha xalq deputatlari tuman Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari Fayzulla Bebutovning axboroti tinglandi.

Bugungi kunda tumanda 21 maktabgacha talim muassasasi bolib, ularda 1140 nafar bola tarbiyalanmoqda. OzXDP guruhi tomonidan tumandagi maktabgacha talim muassasalari faoliyati organilganda, mazkur tizimda bartaraf etilishi zarur bolgan ayrim kamchiliklar borligi aniqlandi. Xususan, mutasaddi tashkilotlar etiborsizligi oqibatida bolalarni maktabgacha talim muassasalariga jalb qilish ishlari togri yolga qoyilmagan. Shuningdek, rahbar kadrlar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash masalasi ham etibordan chetda qolgan.

Bazi bogchalardagi guruhlarda belgilangan 20 nafar tarbiyalanuvchi orniga 10-12 nafar bola bilan mashgulotlar olib borilmoqda. Ularga berilayotgan oziq-ovqat sifati, kaloriyasi talabga javob bermaydi. Tibbiyot xonalari toliq jihozlanmagan, ayrim dori-darmon vositalari yetishmaydi. Binolar tamirtalab holda.

Buning sabablari organilganda, Qorakol tuman xalq talimi muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish bolimi tomonidan doimiy ravishda Talim togrisidagi qonun talablari qay darajada bajarilayotgani, maktabgacha talim muassasalari faoliyati, ish uslublari tahlil etib borilmaganligi malum boldi. Bogchalar atrofini obodonlashtirish, binolarni tamirlash ishlari ham oz holiga tashlab qoyilgan. Bu borada mahalla fuqarolar yiginlari bilan ozaro hamkorlik ornatilmagan.

Sessiyada partiya guruhi axborotida qayd etilgan malumotlar deputatlar hamda soha mutaxassislari tomonidan tahlil etildi. Kamchiliklarni bartaraf etish boyicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Ana shulardan kelib chiqqan holda, Qorakol tumanidagi maktabgacha talim maskanlari faoliyatini jonlantirish, bugungi talab darajasiga olib chiqish, bu yonalishda Soglom bola yili Davlat dasturida kozda tutilgan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarori qabul qilindi. Sohaga masul bolgan idora va tashkilotlar zimmasiga zarur vazifalar yuklatildi.

Xalq talimi muassasalarini metodik taminlash va tashkil etish bolimiga maktabgacha talim muassasalari rahbarlarining masuliyati va javobgarligini oshirish, bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, komputer savodxonligi va chet tillarini orgatish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, muassasalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida moliya bolimi bilan hamkorlikda hududiy dasturlar ishlab chiqish va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish kerakligi belgilandi.

Qorakol tuman tibbiyot birlashmasi oldiga Soglom bola yili Davlat dasturidan kelib chiqib, 7 yoshgacha bolgan bolalarni umumiy tibbiy korikdan otkazish hamda kasalligi aniqlangan bolalarni soglomlashtirish choralarini korish vazifasi qoyildi. Ayniqsa, maktabgacha talim muassasalaridagi tibbiyot xonalarining jihozlanishi va kerakli dori-darmonlar bilan taminlanishini tashkil etish masalasiga alohida etibor lozimligi korsatib otildi.

Bundan tashqari, sessiya qarorida moliya va gaznachilik bolimlari tomonidan maktabgacha talim muassasalarida bolalar uchun tolanadigan pul mablaglarini tijorat banklarining nazorat kassalari orqali tolanishini hamda byudjetdan ajratiladigan va bolalar uchun tolanadigan pul mablaglarining maqsadli sarflanishini nazoratga olish kerakligi qayd etildi.

Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga maktabgacha talim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarni doimiy ravishda sanitariya-gigiyena qoidalariga, oziq-ovqat sifati va ovqatlanish tartibiga rioya qilinishini taminlash topshirildi.

Qishloq va mahalla fuqarolar yiginlari raislari maktabgacha talim muassasalari mudirlari bilan hamkorlikda bola qamrovini yanada kopaytirish ustida ish olib borishi zarurligi bildirildi.

Shuningdek, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari ozlari saylangan saylov okrugi hududidagi maktabgacha talim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirishi, mavjud kamchiliklarni tegishli tashkilot va korxonalar bilan birgalikda hal qilish choralari korilishi kerakligi belgilandi.

Sessiya qarori ijrosi partiya guruhi nazoratiga olindi.

Bugungi kunda xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari davlat dasturlari ijrosini taminlash, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni organish, ularni hal etish yollarini izlash, bu borada muqobil takliflar kiritish boyicha koplab tashabbuslar bilan chiqmoqda. Xalq deputatlari Qorakol tuman Kengashidagi OzXDP guruhi tomonidan kotarilgan ushbu masala ham talim tizimining muhim bogini hisoblangan maktabgacha talim muassasalari faoliyatini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga, etiborga sazovor.

Nurali ORIPOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: