O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.08.2014

ISPANIYA: SIYOSIY PARTIYALAR

davlatning rivojlanish strategiyasini belgilab beradi

Ispaniya dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Boshqaruv shakli parlament monarxiyasi bo‘lgan ushbu davlatda rasman 500 dan ortiq siyosiy partiya royxatdan otgan. Partiyalar mazkur mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki, parlamentda eng kop orin olgan siyosiy partiya hukumatni shakllantiradi. Shu bois har bir fuqaro u yoki bu siyosiy partiyaga a’zo bolish, siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishga harakat qiladi.

Ispaniya parlamenti ikki palatali bolib, deputatlar palatasi va Senatdan iborat. Deputatlar palatasida 350 nafar deputat faoliyat yuritadi. Deputatlar qonun loyihalarini ishlab chiqadi, davlat byudjeti loyihasini tayyorlashda ishtirok etadi. Quyi palatada turli sohalarni qamrab olgan 20 qomita ish olib boradi.

Parlamentda kamida 15 oringa ega bolgan partiyagina fraksiya tuza oladi.

Yuqori palata, yani Senat, 266 nafar azodan iborat. Ularning 208 tasi togridan togri ovoz berish yoli bilan saylansa, 58 nafari hududlardagi organlardan saylanadi. Senatorlar 4 yil muddatga saylanadi.

Bugungi Ispaniya siyosiy maydonida asosan ikki yetakchi partiya kurash olib bormoqda. Songgi yillarda boshqa siyosiy partiyalar Ispaniya sotsial ishchi partiyasi hamda Xalq partiyasidan keyingi orinlarda qolib ketmoqda.

Sotsial ishchi partiyasi 1879 yilda tashkil etilgan. Partiya hayotida yuz bergan siyosiy va mafkuraviy yangilanishlar natijasida 1982-2004 yillar davomida mamlakatdagi yetakchi partiya maqomiga ega boldi. Undan keyingi davrda esa asosan muxolifat partiya vazifasini bajarmoqda.

Ispaniya parlamentiga 2011 yil 20 noyabrda otkazilgan oxirgi saylovlarda mazkur partiya deputatlar palatasidan 110, Senatdan esa 63 oringa ega boldi. Yevroparlamentda 14 nafar deputat ish olib boryapti.

Dastlab partiya goyalarida oddiy mehnatkashlar, ishchi qatlam vakillari manfaatlari ifoda etilgan bolsa, 1979 yildan etiboran sotsial-demokratik tamoyillarga urgu berilmoqda.

2004 yil 14 martda otkazilgan parlament saylovlari sotsialistlarning muvafaqqiyati bilan tugadi. Ushbu partiya jami saylovchilarning 42,6 foiz ovozini qolga kiritdi. Parlament quyi palatasida 164 deputatlik orniga ega boldi. Ularning asosiy raqibi Xalq partiyasi esa 148 orin bilan kifoyalandi.

Partiyaning tashkiliy tuzilmasiga kora, uning tashkilotlari butun Ispaniya boylab faoliyat olib boradi. Bugungi kunda partiyaning 460 ming nafardan ortiq azosi mavjud. Federal syezd partiyaning oliy organi hisoblandi. Syezdda partiyaning dasturi, keyingi faoliyatiga doir muhim masalalar muhokama etiladi hamda partiyaning yetakchisi saylanadi. Shuningdek, «Yosh sotsialistlar» hamda ayollar harakati yetakchilari tanlab olinadi.

Partiyaning hududlardagi organlari federatsiya deb yuritiladi. Har bir federatsiya avtonom organ hisoblanadi. Yana bir qiziq jihat, Ispaniyadagi yirik partiyalar tizimida fondlar ham faoliyat yuritadi. Misol uchun 1984 yilda tashkil etilgan Sotsial ishchi partiyasidagi fond aholining siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy dunyoqarashini organish ustida ish olib boradi.

Xalq partiyasi nafaqat Ispaniyadagi balki, Yevropadagi yirik partiyalardan biridir. Bugungi kunda uning azosi 500 ming nafardan ortadi. Partiya yetakchisi Mariano Raxo hisoblanadi.

Parlamentda otkazilgan songgi saylov natijasiga kora, mazkur siyosiy kuch mamlakatda yetakchi partiya maqomini qolga kiritdi. Saylovchilarning 44,62 foizi aynan shu partiyaga ovoz berdi. Natijada parlament quyi palatasida 186 deputatlik mandatiga ega boldi. Senatdan esa 110 orinni egalladi.

Milliy kengash partiyaning bosh organidir. Hududiy kengashlar esa joylarda partiya faoliyatini tashkil etish bilan shugullanadi.

Bundan tashqari, Ispaniyada Basklar milliy partiyasi, Navarra xalq uyushmasi, Valensiyaliklar uyushmasi, Andalusiyaliklar partiyasi hamda Aragoniya hududiy partiyasi kabi koplab hududiy siyosiy partiyalar ham faoliyat korsatadi.

Ispaniyada siyosiy partiyalar davlatning rivojlanish strategiyasini belgilab beradi. Partiyalarning har biri oz yonalishiga ega bolsada, mamlakat taraqqiyoti, aholi farovonligi, iqtisodiyotni rivojlantirishdek ezgu maqsad ularni boglab turadi.

Dunyoda yuz bergan moliyaviy iqtisodiy inqiroz Ispaniya iqtisodiyotiga jiddiy tasir korsatdi. Shu bois keyingi otkaziladigan saylovlarda siyosiy partiya oz saylovoldi dasturida inqiroz oqibatlarini bartaraf etish masalasiga jiddiy etibor qaratishni rejalashtirmoqda.

Nurali PIRIMQULOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: