O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.08.2014

OZBEKISTONDA YOSHLAR BANDLIGI

Mamlakatimizda ish o‘rni yaratish boyicha oziga xos yol tanlangani

hamda ijtimoiy himoya masalasiga alohida ahamiyat berilayotgani xorijlik ekspertlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda.

Mutaxassislarning qayd etishicha, keyingi yillarda dunyoning koplab hududlarida, hatto rivojlangan davlatlarda ham yoshlarni ish bilan taminlash masalasi muammoga aylanib qoldi. Oqibatda, millionlab yoshlar ishsizlikdan aziyat chekmoqda.

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) malumotlariga kora, birgina otgan yilning ozida dunyo boylab salkam 202 million odam ishsiz qolgan. Bu 2012 yilga nisbatan taxminan 5 millionga kop. Ishsizlikning asosiy qismi yoshlar «hissasi»ga togri kelmoqda.

Yani, 2013 yilda 74,5 million yigit-qiz barqaror daromad manbaiga ega bolmagan. Mazkur korsatkich inqirozgacha bolgan davrga qaraganda 4,1 millionga osgan. Tahlillar, bugungi kunda yoshlarning ishsizlik darajasi kattalarga qaraganda deyarli uch barobar oshganini korsatmoqda.

Ayniqsa, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Lotin Amerikasi, Janubiy Yevropa hamda Karib havzasi mamlakatlarida vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Bu hududlarda hech qayerda oqimaydigan va ishlamaydigan yoshlar safi tobora kengayib boryapti. Jahon Banki hisob-kitoblari esa sayyoramizda ish va oqishda band bolmagan yoshlar soni 600 milliondan oshib ketganidan dalolat bermoqda.

Germaniya kansleri Angela Merkel 2013 yil yozida Angliyaning The Guardian nashriga bergan intervyusida shunday degan edi: Yoshlarni ish bilan taminlash, ehtimol, hozirgi vaqtda Yevropani larzaga solayotgan eng dolzarb muammo bolsa kerak. Bu xavotirlar bejiz emas, albatta. Qitada professional kasbiy talim va tayyorgarlikka ega bolmagan yoshlar safi yuqori suratlarda osib borayapti. Rasmiy statistikaga kora, hozirda yevrohududda 25 yoshgacha bolgan ishsizlar soni 5 milliondan koproqni tashkil etadi. Xususan, Ispaniya, Gretsiya, Italiya, Portugaliya va Fransiyada bu boradagi salbiy korsatkich saqlanib turibdi. Ayniqsa, Gretsiya va Ispaniyada ahvol ancha ogir. Bu mamlakatlarda hozir har ikkinchi yosh ishsiz.

Ekspertlar Ispaniyada yoshlar ortasida ommaviy ishsizlik avj olishi sababini mamlakatda ish beruvchi va xodim ortasidagi tuziladigan shartnomalarning bukilmas qoidasi bilan izohlashmoqda. Mazkur davlat mehnat bozorida uzoq yillardan beri ikki turdagi — vaqtinchalik va doimiy shartnomalar amal qiladi. Odatda, ish beruvchilarning aksariyati yoshlarni ikki yillik muddat kozda tutilgan shartnomalar asosida ishga olishni maqul koradi. Keyinchalik hali belgilangan muddat tugamasdan ular ishdan boshatiladi va ornini yangi ijarachilar egallaydi. Yani ish topgan yoshlar ham ozlarining unda omonat ekanini his qilib turishadi.

Iqtisodchilarning fikricha, buning sababi yosh xodim ikki yillik ish stajiga ega bolsa, ish beruvchi unga barcha sotsial paketlarni oz ichiga olgan tolaqonli doimiy shartnoma taqdim qilishga majbur boladi. Bu holatda uni ishdan olish juda qiyin. Mabodo shunday vaziyat roy bersa, ish beruvchi xodimning har bir ishlagan yili uchun katta miqdorda pul tolashiga togri keladi. Shu bois mamlakat mehnat bozori koproq katta yoshli ishchilar tomonidan egallab olingan. Oqibatda 25 yoshgacha bolgan yigit-qizlar ortasidagi ishsizlik darajasi 2013 yilda 56 foizga yetdi. Yoshlar haq-huquqlari bilan mutlaqo hisoblashmaydigan bu tizim boshqa qator davlatlarda ham uchraydi.

Yoshlar ortasidagi ishsizlik jamiyatda ijtimoiy tartibsizliklarni keltirib chiqaradi, deydi Dublindagi Hayot sifatini yaxshilash Yevropa fondi vakili Massimiliano Masherini. Doimiy mehnatda band bolmaslik ularni jamiyatdan uzoqlashib, begonalashib ketishiga sabab bolyapti. Ayni paytda Yevropada 30 yoshgacha bolgan orta va ixtisoslashgan malumotga ega 14 million odam ishsiz. Agar hukumatlar ish beruvchilar uchun turli imtiyoz va subsidiyalar joriy etish masalasiga befarqligicha qolaversa yangi ish orinlari yaratish mushkul. Umuman, koplab mamlakatlarda kollej va universitet bitiruvchilarini ish bilan taminlash masalasiga davlat darajasida etibor qaratilmayapti.

Lotin Amerikasi davlatlarida ham yoshlar ortasidagi ishsizlik otkir muammoligicha qolmoqda. Xalqaro mehnat tashkiloti qitadagi mamlakatlar yoshlar bandligini taminlashga qaratilgan innovatsion va samarali strategik yechimni topishi zarurligi haqida ogohlantirdi.

XMTning Lotin Amerika va Karib dengizi havzasi davlatlari boyicha hududiy direktori Elizabet Tiniko bu borada shunday bayonot bilan chiqqan edi:

Eng katta, tabir joiz bolsa, tahlikali muammo mintaqada istiqomat qilayotgan 21 million yigit-qizning hech qayerda oqimasligi va ishlamasligidir. Ayni paytda ularning tortdan bir qismi ish qidiryapti, 12 millionga yaqini, asosan ayollar, uy ishlari bilan shugullanyapti. Qolgan 4 million 600 ming yosh esa mutlaqo bekor.

Qator mamlakatlar mehnat bozorini togri tashkil qila olmayapti, deydi Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder. Bunday sharoitda iqtisodiyotni soglomlashtirish, investitsiya unumdorligini oshirish bilan bir qatorda, aholining zaif va himoyaga muhtoj qatlamini samarali ijtimoiy muhofaza qilish masalasiga alohida etibor qaratish talab etiladi. Agarda yoshlar ishsizligiga qarshi qatiy choralar korilmasa ijtimoiy keskinlik yanada kuchayishi mumkin.

Mutaxassislar global iqtisodiy inqiroz oqibatlari tufayli jahonning turli hududlarida millionlab yoshlar ishsizlik girdobiga tortilayotgan bir paytda Ozbekistonda yoshlar bandligini taminlash barqaror suratlarda osib borayotganini takidlab, buning asosiy sababini mamlakatimizda ish orni yaratish boyicha oziga xos yol tanlangani hamda ijtimoiy himoyaga katta etibor qaratilayotgani bilan izohlashmoqda.

Darhaqiqat, mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab yurtimizda aholi, xususan, yoshlarni ish bilan taminlash masalasi eng muhim vazifalardan biri sifatida kun tartibiga qoyildi. Avvalo, yigit-qizlarning doimiy mehnatda band bolishini kafolatlashning huquqiy asoslari yaratildi. Jumladan, istiqlol yillarida qabul qilingan Mehnat kodeksi, Aholini ish bilan taminlash togrisidagi va Ozbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari togrisidagi qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlar yoshlarning, ayniqsa, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining ishli bolishiga mustahkam zamin hozirladi.

Xalqaro hamjamiyat mamlakatimizda qabul qilingan 12 yillik umumiy majburiy bepul talim tizimi nafaqat yuksak intellektual salohiyatli avlodni voyaga yetkazish, balki yoshlar bandligini taminlashga qaratilgan, puxta oylangan va amalda ozini oqlayotgan noyob tajriba ekanini takidlamoqda. Bu modelning prinsipial xususiyati shundaki, oquvchilar maktabdagi 9 yillik tahsildan keyin ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda umumtalim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan ikki-uch mutaxassislik boyicha kasb-hunar ham egallashadi.

Bitiruvchilarni ishga joylashtirish chora-tadbirlari esa ular oqishni tugatishidan ancha avval korilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada soz ketganda turli tarmoqlardagi korxona va tashkilotlarning kollejlarga biriktirib qoyilgani kollej-korxona hamkorligini izchil amalga oshirish, bosh ish orinlari yarmarkalarini tizimli otkazish, ish beruvchi uchun imtiyozlar joriy etish, yoshlarning oz ishini tashkil etishiga komaklashish va mikrokreditlar ajratish kabi tadbirlar ijobiy samara berayotganini alohida takidlash joiz.

Ayniqsa, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda uning joylardagi tizimlari tomonidan mahalla, hokimiyat, prokuratura kabi organlar, shuningdek, turli jamoat tashkilotlari, xususan, OzXDP bilan hamkorlikda mamlakatimizning barcha hududlarida tizimli ravishda bosh ish orinlari yarmarkasi otkazilishi dunyo mehnat bozorida yangilik sifatida etirof etilmoqda.

Bunday yarmarkalarda kasb-hunar kollejlari oquvchilari oz hududidagi sanoat va ishlab chiqarish korxonalari, tadbirkorlik subyektlarida mavjud bosh ish orinlari bilan tanishish, ularda yaratilgan shart-sharoitlarni organish, beriladigan maosh miqdori boyicha malumotlar olish imkoniga ega bolishmoqda.

Eng muhimi, oz ixtisosligi va didiga mos ish tanlagan yoshlar bilan yarmarkaning ozida shartnoma tuzilmoqda. Bir soz bilan aytganda, bugun yoshlarimizning ish izlab sarson bolishiga hojat yoq, ishning ozi ularni topib kelyapti.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Axborot xizmatining malum qilishicha, birgina joriy yilning shu davriga qadar respublikamizning barcha tuman va shaharlarida 650 dan ortiq maxsus bosh ish orinlari yarmarkalari otkazilgan va ularda 19 ming nafar yosh ishga yollanma olgan. Bundan tashqari, yana 485,7 ming nafar (98,1 foiz) bitiruvchi bilan 171,8 mingga yaqin korxona va tashkilotlar ortasida uch tomonlama shartnomalar tuzilgan.

Yuqorida takidlanganidek, Yevropaning bazi bir mamlakatlarida ish beruvchi va xodim ortasida tuziladigan shartnomalarning bukilmas qoidasi sababli yoshlar ortasida ishsizlik tobora osib borayapti. Ozbekistonda esa bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida qator qonun va qonunosti hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritilib, endilikda talim muassasasini tamomlagan kundan boshlab 3 yil ichida birinchi marta ishga kirayotgan bitiruvchilarni qabul qilishda dastlabki sinov muddatiga yol qoyilmasligi belgilandi.

Avvallari shunday holatlar ham kuzatilganki, endigina oqishni tugatgan talaba uch oylik sinov muddati bilan ishga olindi, deb hisobot berilardi, muddat yaqinlashganda esa sinovdan ota olmadi, degan bahona bilan mehnat shartnomasi bekor qilinardi, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Nazira Matyakubova. Oqibatda bunday yoshlar ishsiz qolib ketayotgan edi. Mazkur yangi norma ular barqaror ishga ega bolishida huquqiy kafolat bolib xizmat qiladi.

Xalqaro mehnat tashkiloti dunyoning bir qator mamlakatlarida yoshlarni ish bilan taminlash masalasiga davlat miqyosida etibor qaratish kerakligi haqida bong urayotgan ayni paytda Ozbekistonda Yangi ish orinlari tashkil etish va aholi bandligini taminlash dasturi parlament darajasida qabul qilinib, muvaffaqiyatli ijro etib kelinmoqda.

Mamlakatimizdagi bunday ijobiy tajriba, yani bandlik Dasturini parlament tasdiqlashi amaliyoti hech bir davlatda uchramaydi, deydi Nazira Matyakubova. Uning doirasida yaratilayotgan ish orinlari asosan talim muassasalarini tugatayotgan yoshlar uchun moljallangani bilan ham qadrlidir. Masalan, 2013 yilning birinchi yarmida respublika boyicha jami 554,4 ming yoki rejaga nisbatan 14 foiz kop ish orni tashkil etilgan bolsa, uning 309,5 mingtasi yoki 55,8 foizini yoshlar, birinchi navbatda, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari band etdi. Bu yilgi Dasturga kora, 2014 yilda 500 ming nafarga yaqin bitiruvchini ish bilan taminlash kozda tutilgan.

Prezidentimizning 2010 yil 28 iyuldagi Farmoniga asosan kichik korxonalar va mikrofirmalar muayyan miqdorda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga qabul qilsa, ular uchun turli imtiyozlar belgilanishi kozda tutilgan. Bu esa yoshlar bandligini taminlashda katta ahamiyatga ega bolmoqda.

Ozbekistonda har yili davlat byudjeti xarajatlarining 60 foizga yaqini ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun yonaltirilayotgani, har yili ish orinlari yaratish va aholi bandligini taminlashga oid davlat dasturi qabul qilinib, hayotga tatbiq etilayotganining ahamiyatiga alohida toxtalish lozim, degan edi estoniyalik ekspert Xarri Taliga Toshkentda Fuqarolarning mehnat huquqlari taminlanishi: Ozbekiston tajribasi va mehnat sohasidagi xalqaro standartlar mavzusida otkazilgan xalqaro konferensiyadagi nutqida. Zero, mamlakatingizda davr tendensiyalariga bunday yondashuv taraqqiyot garovi bolib kelyapti va undan ornak olsa arziydi.

Inson u qaysi kasbni egallashidan qati nazar, ozi tanlagan soha boyicha halol mehnat qilib yashasa, jamiyatda qadr topadi, odamlar orasida obro-etibor qozonadi. Ayniqsa, yoshlar uchun bu juda muhim, tabir joiz bolsa, hayot-mamot masalasidir. Kollej yoki oliygohni tamomlab, endigina katta hayotga qadam qoyayotgan yigit-qiz ozi yoqtirgan ishga joylashsa, mehnatidan manfaat korsa ruhiyati kotariladi, oz oldiga katta-katta maqsadlar qoyib yashaydi, kelajakka ishonch bilan qaraydi.

Agar mustaqillik yillarida yurtimizda bandlikni taminlash borasida amalga oshirilgan islohotlar mazmun-mohiyatiga etibor qaratilsa, ularning zamirida, eng avvalo, yoshlar manfaati, orzu-intilishlari mujassam ekanini korish, anglash qiyin emas.

Dilshod NARZULLAYeV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: