O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
02.08.2014

FINLYANDIYA: AHOLI SAYLOVLARDA FAOL ISHTIROK ETADI

chunki uning natijasi mamlakatning ertangi kuni qanday bo‘lishini hal qiladi

Shimoliy Yevropada joylashgan Finlyandiya Respublikasida dastlabki siyosiy partiyalar XVII asrning oxirlarida shakllangan. Bugungi kunda esa mamlakatda koppartiyaviylik tizimi amal qilib, 15 ga yaqin siyosiy partiya faoliyat korsatadi. Eduskunte, ya’ni Finlyandiya parlamenti 1905 yilda tashkil topgan. U bir palatali bolib, 200 nafar deputatdan iborat.

Finlyandiya parlamenti davlat kengashini tuzish, mamlakat byudjetini qabul qilish hamda tashqi siyosatni olib borishda muhim rol oynaydi. Deputatlar esa shaxsan ozi yoki partiya nomidan qonunchilik tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.

Finlyandiya parlamentiga songgi saylovlar 2011 yilda otkazilgan edi. Unga kora, oltita siyosiy partiya parlamentda deputatlik orinlariga ega boldi. Ushbu mamlakatda yaqqol yetakchi partiyani ajratib korsatish qiyin. Shu bois kopincha partiyalar parlamentda koalitsiya tuzishga majbur bolishadi.

Mamlakat qonunchiligida siyosiy partiyalar faoliyati uchun keng imkoniyat berilgan. Siyosiy partiya sifatida royxatdan otish uchun tegishli ustav, kafolatlangan tashkiliy tuzilma hamda fuqarolarning besh ming ovozi yigilishi kifoya qiladi. Agar biron-bir siyosiy partiya ketma-ket ikkita saylovda parlamentda birorta oringa ega bololmasa, u holda qayta royxatdan otishi zarur. Yana bir qiziq holat shundaki, 2012 yil 29 martda Finlyandiya qonunchiligiga kiritilgan ozgartishga kora, mamlakatda yashayotgan xorijliklar ham partiya tuzish huquqiga ega boldi.

Mamlakatdagi yetakchi siyosiy kuchlardan biri Finlyandiya Sotsial-demokratik partiyasidir. U 1899 yilda tashkil etilgan bolib, boy tarixga ega. Mamlakat rivojlanishi hamda bugungi taraqqiyotga erishishida partiyaning katta hissasi bor. Parlamentga bolgan songgi saylovda mazkur partiya 42 deputatlik mandatini qolga kiritib, ikkinchi natijani qayd etdi.

Sotsial-demokratlarga 2008-2014 yillarda yetakchilik qilgan Yutta Urpilaynen partiya tarixidagi birinchi ayol rahbar edi. Uning faoliyati davomida partiya hayotida katta ozgarishlar yuz bermadi. Partiyaning 2014 yil 9 mayda otkazilgan navbatdagi syezdida Antti Rinne yangi yetakchi etib saylandi. Koplab siyosiy tahlilchilar bu partiya faoliyatida yangi davrning boshlanishi, deya etirof etishmoqda. Antti Rinnening aytishicha, partiya uning yetakchiligida iqtisodiy islohotlar hamda bandlik masalasiga jiddiy etibor qaratadi.

Finlyandiya koalitsion partiyasi esa parlamentda 44 orinni, yani eng kop joyni qolga kiritdi. Bu partiya asosan konservatizm goyalari uchun kurashadi. Ushbu partiyaga 2014 yil iyunidan boshlab Aleksandr Stubb yetakchilik qilmoqda. Hozirda partiyaning 41 ming nafardan ortiq azosi mavjud.

Songgi saylovda eng kop deputatlik ornini qolga kiritgan siyosiy kuchlardan yana biri — Haqiqiy finlar partiyasidir. Parlamentda 39 oringa ega bolgan bu partiya 1995 yilda tashkil etilgan. U asosan milliy manfaatlar, qadriyatlar uchun kurash olib boradi.

Finlyandiya siyosiy maydonida mazkur partiya asosan mehnatkashlar manfaati, ijtimoiy tenglik tamoyillari uchun kurashadi. Saylovoldi kampaniyasi davrida barcha insonlar uchun teng hayot darajasini taminlash, turmush sharoitlarini yanada yaxshilash goyalarini ilgari surdi.

Shuningdek, partiya siyosatida pensiya va stipendiyalar miqdorini oshirish, turli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari berish hamda qishloq xojaligini rivojlantirishni qollab-quvvatlash masalasiga keng etibor qaratilgan.

Partiyaga 1997 yildan beri Timo Soyni yetakchilik qilib kelmoqda. U 2006 yilda otkazilgan prezidentlik saylovida oz nomzodini qoygan edi. Biroq saylovlarning birinchi turidayoq maglubiyatini tan olishiga togri keldi. Shunday bolsa-da, uning mamlakat siyosiy maydonidagi obrosi yuqori.

Finlyandiya parlament respublikasi bolgani uchun ham ushbu davlat ijtimoiy-siyosiy hayotida parlamentdan munosib orin olgan siyosiy partiyalar hal qiluvchi ovozga ega. Ularning faoliyati kop jihatdan davlatning rivojlanish strategiyasi, aholining turmush darajasi, iqtisodiy taraqqiyotni belgilab beradi. Shu bois Finlyandiya aholisi partiyalar hayoti, siyosiy jarayonlar, ayniqsa, saylovlarda faol ishtirok etishga harakat qiladi.

Nurali PIRIMQULOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: