O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.08.2014

ELEKTR QUVVATINI EKSPORT QILISH REJALARI XAVF OSTIDA

(«The Economist» jurnali, 26 iyul, 2014 y.)

Afg‘onistondagi urush, korrupsiya, mintaqaviy raqobat yaqin vaqtgacha AQSh tomonidan ilgari surilayotgan 1,2 milliard dollarlik loyihaga asosiy tosiq bolayotgan edi. Bu loyiha ortiqcha elektr quvvatini Markaziy Osiyodan Afgoniston va Pokistonga eksport qilishni kozda tutadi. Lekin bugun yana bir tosiq paydo boldi: umuman bu ortiqcha elektr quvvatining ozi bormikan?

Sakkiz yil avval e’lon qilingan bu goya oddiy edi. Afgoniston va Pokiston elektr quvvatiga nihoyatda muhtoj bolgan yoz paytida Tojikiston va Qirgiziston gidroenergetik suv omborlariga kelayotgan suv ularni qabul qilish hajmidan koplik qiladi. Goyaning mazmuni bu ortiqcha suvdan elektr quvvatini ishlashda foydalanish va uni elektr uzatish tarmoqlari boyicha Janubga, yani unga muhtojlik juda katta bolgan tomonga jonatishdan iborat edi. Qish paytida daryolar muzlaganda ikki sobiq sovet respublikasi elektr quvvatining katta taqchilligiga uchragan paytda barcha ishlab chiqarilgan elektr quvvatini ichki ehtiyojlar uchun qoldirish kozda tutilgan edi.

Biroq otgan yillar davomida, Garb davlatlarining hukumatlari 1200 (750 mil) kilometr uzunlikdagi LEP (elektr quvvatini uzatish tarmoqlari) qurilishi loyihasini muhokama qilishayotgan jarayonda, (bu loyiha CASA-1000 sifatida malum) Tojikiston va Qirgizistonda elektr quvvati taqchilligi kuchaydi. Buni shundan ham korsa boladiki, bu yilgi yozda qishki mavsumga suvni saqlab qolish uchun Qirgiziston amalda elektr quvvatini Tojikistondan olmoqda.

Elektr quvvatining taqchilligi kop jihatdan sovet davridagi samarasiz infratuzilma oqibati va davlat energetik monopoliyalarini isloh qilishni eplay olmaganligining natijasidir. LEP qurilishi tarafdorlari bu qurilish muammolarni hal etish uchun zarur daromadni keltiradi, deb davo qilishmoqda. Bunda ular Pokiston Markaziy Osiyodagi elektr quvvatiga mavjud tariflarga nisbatan uch barobar kop pul tolashga tayyor ekanligini hisobga olishmoqda. Qurilishni boshlash uchun zarur moliyaviy resurslar ham mavjud: Jahon banki grant va kreditlar korinishida 530 million dollar berishni vada qildi, AQSh davlat departamenti esa yana 15 million dollar berishga tayyor. Loyihani amalga oshirishga jalb etilgan tortta mamlakat ozaro elektr quvvatlarini berish boyicha bitimlarni imzolashi bilan nazariy jihatdan LEP qurilishi boshlanishi mumkin.

Lekin boshqa tosiqlar ham mavjud. Ulardan biri siyosat. Amerika CASA-1000 loyihasi Yangi ipak yoli qurilishi boyicha olib borilayotgan ishlarni tezlatadi, deb umid bildirayotgan edi. Bu reja oz vaqtida AQSh davlat kotibi Xillari Klinton tomonidan qollab-quvvatlangan edi. Goya shundan iborat ediki, sobiq SSSR respublikalariga Rossiyaning tasirini kamaytirish, ayni paytda Afgonistonga tashqi savdoni kengaytirish va oz infratuzilmasini rivojlantirishga yordam berish.

Ammo Amerikaning Moskva ortidagi hududlarda tasiri kamayib bormoqda, chunki AQSh Afgonistondagi oz harbiy harakatlarini qisqartirmoqda. Joriy yilning iyun oyida amerikaliklar Qirgiziston poytaxti Bishkek yaqinidagi aviabazani tark etishdi. Oz navbatida, Xitoy energetik kontraktlarni oz tomoniga tortmoqda, Rossiya esa Markaziy Osiyoning bazi davlatlarini yangi siyosiy-iqtisodiy ittifoqqa jalb etishga harakat qilmoqda.

Bu elektr energiyasi loyihasi hatto undan foyda korishi mumkin bolganlar orasida ham kelishmovchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Tojikiston va Qirgiziston ulkan togonlar qurishga intilayotir va Janubga eksport qilish uchun elektr quvvatini ishlab chiqish ular goyasiga ichki legitimlik bermoqda. Biroq bu mintaqa asosiy daryolarining quyi oqimida joylashgan Ozbekiston tomonidan keskin qarshilikni keltirib chiqarmoqda. Chunki Ozbekiston suv taminoti darajasi keskin kamayishi va suv resurslarini yoqotishdan xavotirga tushmoqda. Ozbekiston Prezidenti Islom Karimov hattoki bunday togonlarni qurish harbiy nizolarni keltirib chiqarishi mumkinligini ham qayd etdi.

Tojik amaldorlarining fikricha, yangi elektr uzatish tarmogini barpo etish ularning orzusi — dunyoda eng baland bolgan Rogun togoni qurilishi bilan ajratib bolmaydi. Rogun GESi yordamida biz nafaqat ozimizni, balki Afgoniston va Pokistonni ham elektr quvvati bilan taminlashimiz mumkin. Arablar neft sotayotganidek biz elektr quvvatini sotamiz, deydi Tojikistondagi eng yirik GES direktorining orinbosari Davlatbek Salolov. Shunga qaramay bu Tojikistondagi barqaror bolmagan rejim elektr quvvatini daromadlarini kuzatib borishning imkoni bolmagan alyumin zavodi kabi xususiy loyihalarga yonaltirilishiga qarshi turish qobiliyatiga ham kop jihatdan bogliq.

Qarzlarga botgan Qirgiziston LEP loyihasiga beparvolik bilan qaramoqda. Rasmiy kishilar aytishicha, elektr quvvatiga bolgan ichki taqchillikni va Qirgizistonning loyihada 200 million dollar miqdoridagi ulushi borligi aytilib, ular bu loyihada ishtirok etishga majbur qilingan. Hukumat doiralaridan tashqarida loyihaga qarshi togridan-togri muxolifat kozga tashlanadi. YuNISON eksperti, Bishkekdagi energetika monitoringi markazi vakili Nurzat Abdirasulovaning aytishicha, bu loyiha daromad keltirmaydi. Aksincha, Tojikiston bilan kelishmovchiliklar keltirib chiqaradi, chunki Qirgizistondan elektr quvvati uning hududi orqali uzatilishi kerak boladi. Bu ikki mamlakat umumiy chegarasining deyarli yarmi boyicha kelishmovchiliklar shunchalik keskinlashdiki, joriy yilning ozida oqotar qurollardan foydalanilgan holda ikki marta toqnashuv bolib otdi. Bu hol muloqotni yolga qoyish uchun alo muhit yaratishiga shubha uygotadi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: