O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
24.07.2014

PORA BERISH YOKI VOSITACHILIK QILISH

pora olish bilan teng jinoyatdir

Hayotda jinoyatning turlari, sabablari ko‘p. Qonunchilikda ularning har biriga yarasha jazo belgilangan. Mamlakatimizda jinoiy jazolarni liberallashtirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Bilib-bilmay jinoyat sodir etganlar yoki ayrim turdagi jinoyatlarga jazo belgilashda qonunlarimizda kechirimlilik, bagrikenglik kabi milliy qadriyatlarimiz oz ifodasini topgan. Ammo jinoyatlarning shunday turlari borki, ularni kechirib bolmaydi, aksincha, ularga qatiy jazo talab etiladi.

Xususan, pora oldi-berdi jinoyati davlat va jamiyat rivoji hamda barqarorligiga xavfli tasir etuvchi illat hisoblanadi. Poraxorlik taraqqiyotga tosiq boladi, odamlarning ertangi kunga ishonchini yoqotadi. Jamiyatda ishchanlik, yaratuvchanlik, bunyodkorlik harakatlariga putur yetkazadi. Prezidentimiz jinoyatning yopiq va eng qabih turi korrupsiya va poraxorlik ekanini, u boshqaruv apparatini izdan chiqaribgina qolmay, bozor iqtisodiyoti asoslarini ham barbod etishi mumkinligini takidlagan.

Joriy yil 15 maydan kuchga kirgan «Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini oz kuchini yoqotgan deb topish togrisida»gi Qonunga muvofiq Jinoyat kodeksiga ayrim ozgartishlar kiritildi. Unga asosan endi nafaqat pora olish, balki pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilishga ham jinoiy xatti-harakat sifatida jinoiy javobgarlik aniq belgilab qoyildi.

Malumki, mamlakatimizda poraxorlikka qarshi kurashishning huquqiy bazasini mustahkamlashga muntazam ravishda etibor qaratib kelinmoqda. Jinoyat kodeksiga (211, 212-moddalarga) kiritilgan ozgartish va qoshimchalar esa bu boradagi islohotlarning izchil davomi boldi.

Qonun qabul qilinishidan oldingi amaliyotda mansabdor shaxslarning pora olish holatlariga koproq etibor qaratilgan edi. Pora olishga qiziqtiruvchi holatlar, jumladan, vositachilik qiluvchi hamda pora beruvchilarning xatti-harakatlari lozim darajada organilmagan va ularga yetarlicha huquqiy baho berilmagan edi. Bu esa har qanday jinoyat uchun jazo muqarrar, degan odillik prinsipini biroz shubha ostiga qoygan. Shuning uchun bu toifadagi harakatlar boyicha jinoiy javobgarlikni kuchaytirishga zarurat bor edi.

Tahlillar korsatdiki, mansab lavozimini suistemol qilish bilan bogliq jinoyatlar, xususan, poraxorlik jinoyatlari malum holatlarda pora beruvchi yoki vositachilik qiluvchi shaxslarning faolligi oqibatida sodir etiladi.

Kopgina rivojlangan mamlakatlar, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Shveytsariya, Koreya kabi davlatlarning jinoyat qonunchiligida pora olish, pora berish yoki unga vositachilik qilish jinoiy harakatlarining ijtimoiy xavflilik darajasi teng deb topilgan va bu jinoyatlar uchun bir xil javobgarlik belgilangan.

Bizning mamlakatimizda esa Jinoyat kodeksiga yuqoridagi ozgartish kiritilgunga qadar shaxs pora bersa yoki vositachilik qilsa-yu keyin bu haqda oz ixtiyori bilan arz qilsa, chin kongildan pushaymon bolib, jinoyatni ochishda faol yordam bersa, javobgarlikdan ozod qilingan. Lekin oz ixtiyori bilan arz qilishning muddati aniq belgilanmagan edi. Bu tartib esa amalda pora berish va unga vositachilik qilish bilan bogliq jinoyatlarni sodir etishga sharoit yaratardi.

Tasavvur qiling, bir kishi tender savdosida yutib chiqish uchun mansabdor shaxsga oz faolligi bilan pora beradi yoki bu ishda vositachilik qiladi. Keyinchalik insofga kelib, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oz ixtiyori bilan arz qilib, sodir etgan jinoyati uchun chin kongildan pushaymon ekanini, jinoyatni ochishda faol yordam berishini aytib, javobgarlikdan qutilib qoladi. Biroq jinoiy harakat sodir etish orqali erishgan moddiy manfaatidan voz kechmaydi. Ustiga-ustak sodir etilgan jinoyatning teng ishtirokchilaridan biri jazolanmay qoladi va bu kabi xatti-harakatini u yana davom ettiraveradi. Bu, tabiiyki, adolat tamoyiliga muvofiq emasdi.

Shulardan kelib chiqib, Jinoyat kodeksiga tegishli ozgartishlar kiritildi. Endilikda basharti, shaxsga nisbatan pora sorab tovlamachilik qilingan bolsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda ottiz sutka mobaynida oz ixtiyori bilan arz qilsa, chin kongildan pushaymon bolib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bolsa, u javobgarlikdan ozod etiladi. Bu qoida pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda ottiz sutka mobaynida oz ixtiyori bilan arz qilib, chin kongildan pushaymon bolib, jinoyatni ochishda faol yordam berganda ham qollaniladi.

Ushbu muddat otib ketganidan keyin esa pora bergan shaxs ham, vositachilik qilgan shaxs ham pora olgan shaxs bilan tengma-teng javobgarlikka tortiladi. Chunki pora berish yoki unga vositachilik qilishning ijtimoiy xavflilik darajasi pora olishning ijtimoiy xavflilik darajasidan kam emas. Shuning uchun ham Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida ushbu jinoyatlar uchun belgilangan sanksiyalar tenglashtirildi. Yani, bundan keyin pora berish yoki vositachilik qilish pora olish jinoyati bilan bir xil baholanadi va jazoga tortiladi.

Bu tamoyil inson huquq va erkinliklarini, davlat va jamiyat manfaatlarini ishonchli himoyalashda, odamlarda qonunga hurmat ruhini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qonunchilikka kiritilgan mazkur yangi meyorlar jamiyatda poraxorlikka qarshi kurashish boyicha oziga xos mexanizm yaratmoqda. Biz deputatlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda Jinoyat kodeksiga kiritilgan mazkur ozgartish va qoshimchalarning ahamiyati togrisida jamoatchilik ortasida keng targibot ishlarini olib borishimiz zarur, deb hisoblayman.

Abdumannob RAHIMOV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: