O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.07.2014

INTERNET: IJTIMOIY TARMOQLAR

XXI asrda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, internetning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati shiddat bilan oshib bormoqda. Bugun ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy — barcha-barcha sohalarda global tarmoqning cheksiz-chegarasiz imkoniyatlarini hisobga olmaslik, undan ma’lum maqsadlar yolida foydalanmaslik, tabir joiz bolsa, zamondan orqada qolish, deganidir.

Bu masala bevosita siyosiy partiyalar faoliyatiga ham daxldor. Keyingi yillarda internet partiyalarning oz dasturiy maqsadlarini royobga chiqarish partiya goya va qarashlarini aholi orasida keng targib qilish, odamlarni oz ortidan ergashtirish, kuch-qudratiga ishontirish va shu orqali saylovlarda munosib ishtirok etishda samarali vositalardan biriga aylanmoqda. Bunda har bir partiya ozining veb-saytiga ega ekanligi qol kelmoqda.

Biroq xalqaro ekspertlarning tahlillariga kora, keyingi on yilda jahon siyosiy tizimida siyosatshunos va deputatlarning saylovchilar bilan muloqotga kirishishi, fikr almashishi, bahslashishi, odamlarni tashvishga solayotgan muammolarni organishi, bir soz bilan aytganda, saylovchilarga yanada yaqin bolishida koproq global tarmoqning boshqa imkoniyatlari blog va ijtimoiy tarmoqlar katta yordam bermoqda.

Xorijdagi munitsipal okrug deputatlaridan biri oz internet sahifasida bu haqda shunday yozadi: «Menga saylovchilar bilan doimiy aloqada bolishim uchun ijtimoiy tarmoqda guruh ochishni taklif qilishganda, ochigi, kulgim kelgandi. Ular qayerda-yu, ijtimoiy tarmoq qayerda! Biroq meni mazkur tajribani sinab korishga kondirishdi. Hozir esa bundan mamnunman. Ijtimoiy tarmoq saylovoldi kurashlarda yengib chiqishimga yordam berdi. Takidlash joizki, saylovlar davrida deputatlar katta hajmdagi ish kolamini bajarishi, muntazam ravishda odamlar bilan muloqotlar otkazishi zarur. Shunday uchrashuvlarda saylovchilarga ijtimoiy tarmoqda ular uchun maxsus guruh ochilgani, har biri istalgan vaqtda, istalgan masalada murojaat qilishi, talab va shikoyatlarini aytishi haqida xabar qildik.

Biroz vaqt otib internetdagi sahifamda saylovchilarimning deyarli 30 foizi royxatdan otdi. Ular yaxshi manoda guruhni ostin-ustun qilib yuborishdi fikrlar, tortishuvlar, etiroz va etiroflar, takliflar bir soz bilan aytganda, guruh siyosiy bahs maydoniga aylandi. Salbiy fikr-mulohazalar ham yoq emasdi. Bu holatda ishimizdan norozi bolayotgan saylovchilar bilan qaytadan uchrashuvlar otkazdik. Aynan nima uchun salbiy munosabatda ekanligini organdik. Bundan tashqari, saylovlar oldidan guruh azolari ortasida deputat sifatida bartaraf etishim zarur bolgan eng muhim ishlar boyicha onlayn sorov ham otkazdik. Umuman, saylovchilar bilan ijtimoiy tarmoq orqali muloqot qilish partiyamiz safiga yanada koproq odamlarni jalb etish, ularni qiynayotgan muammolarini aniqlash va ijobiy yechim topishda kutganimdan kora yaxshiroq samara berdi».

Bu mulohazalar bejiz emas. Mutaxassislarning takidlashicha, keyingi yillarda ijtimoiy tarmoqlar fuqarolik jamiyatining ananaviy shakllarini nafaqat ozgartiryapti, balki yaqin kelajakdagi yangicha korinishini ozida namoyon etayapti. Aslida ijtimoiy tarmoqlarning asosiy vazifasi ular endigina tashkil etilayotgan paytlarda odamlarga uzoqdagi tanishi bilan aloqa qilish, ular ortasida ozaro onlayn muloqotni yolga qoyish edi. Biroq bugun ularning funksiyalari tobora kengayib bormoqda. Eng avvalo, jamoatchilik ongiga tasir korsatishning qudratli axboriy-siyosiy vositasiga aylanmoqda.

Siyosiy psixologiya mutaxassislarining fikricha, zamonaviy jamiyatda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning asosiy ustunligi muloqot erkinligi hisoblanadi. Ayni paytda ular yer yuzidagi qariyb 3 milliard aholini qamrab olgan. Bu sayyora ahlining deyarli yarmi, degani. Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq facebook.comda jahon boylab bir milliarddan koproq insonlar oz sahifasiga ega va bu korsatkich soat sayin oshib boryapti.

Bundan tashqari, songgi vaqtlarda ular aholi va hokimiyat ortasida koprik, keng va ochiq muloqot maydoni vazifasini ham otamoqda. Burson-Mastseller kompaniyasining yillik Twiplomacy tadqiqotida qayd etilishicha, bugungi kunda BMTga azo mamlakatlarning 83 foiz hukumat azolari Twitter tarmogida oz akkauntini ochgan. Malum bolishicha, 63 foiz davlat va hukumat rahbarlari unda odamlar bilan muloqot qiladi.

Umuman, siyosatshunos olimlar ijtimoiy tarmoqlardan oldindan oylangan puxta reja va togri yondashuv asosida foydalanish hokimiyat hamda fuqarolarning ozaro togridan-togri muloqotini yolga qoyish uchun eng maqbul vositaga, samarali siyosiy texnologiyaga aylanayotganini etirof etishmoqda. Shundan bolsa kerak, bugun bazi mamlakatlarda deputatlarning global tarmoqdan togri va oqilona foydalanishi, shu orqali odamlar ichiga kirib borishi maqsadida siyosiy partiyalar tomonidan maxsus oquv-treninglar tashkil etilmoqda.

Jamiyatshunos olim Olga Krshtanovskaya bu boradagi mulohazalarini quyidagicha bayon etadi:

Deputat, eng avvalo, odamlar bilan gaplashishi, ularni tinglashi, atrofdagilar uning faoliyati haqida qanday fikrda ekani bilan qiziqishi shart. Albatta, deputat siyosatchi, xalq ishonib saylagan obro-etiborli shaxs sifatida boshqalardan ajralib turishi zarur. Biroq oz navbatida u ham saylovchi singari inson. Shu bois ijtimoiy tarmoqda uning insoniylik xususiyatlari toliq namoyon boladi.

Agar tarmoq foydalanuvchisi deputatning oz anketasini toldirgani, suratlarini joylashtirgani, muntazam ravishda sahifasini yangilab borayotgani, odamlarning muhim masalalar yuzasidan bergan savollariga tezkorlik bilan javob qaytarayotganiga amin bolsa, oz-ozidan osha deputatga nisbatan ishonchi ortadi. Bir soz bilan aytganda, internet bilan ishlash hamda uning barcha imkoniyatlaridan foydalanishni davrning ozi talab qilmoqda.

Internet imkoniyatlaridan orinli foydalanish deputatlar uchun juda katta qulaylik. Masalan, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari belgilangan reja va muddat asosida amalga oshiriladi. Ammo ijtimoiy tarmoqda oz shaxsiy sahifasiga ega deputat, kerak bolsa, har kuni saylovchilar bilan bevosita muloqotga kirishadi, fikrlashadi, bahslashadi. Odamlarning taklif va mulohazalariga etibor qaratadi.

Bundan tashqari, agar partiyaning rasmiy veb-sahifasiga asosan partiya haqida malum tasavvurga ega odamlar murojaat qilsa, ijtimoiy tarmoq yoki blogda siyosatchilar kop sonli tarmoq foydalanuvchilarini ozlari mansub bolgan siyosiy kuch goyalariga ergashishga, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishga undaydi.

Dilshod NARZULLAYeV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: