O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.07.2014

SESSIYALAR QARORLARI IJRO ETILISHI SHART

— Bugun tarbiyachi opangdan nimani o‘rganding? Qanaqa oyinlarni oynading? Qanday ovqat yeding?..

Farzandini bogchadan olib qaytayotgan har bir ota-ona unga shu kabi savollar beradi. Bola kun boyi band bolgan mashgulotlari haqida biyron tili bilan tolib-toshib gapiradi. U xursand, sizning ham konglingiz xotirjam. Ertasi kuni farzandingiz yana qadrdon maskani bogchaga oshiqadi...

Bugun maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning har jihatdan soglom bolib ulgayishi, oqib-organishga qiziqishini ostirish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Tajribalar shuni korsatmoqdaki, bogcha korgan bola bilan bogchaga bormagan bolaning farqi katta boladi. Shuning uchun mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin maktabgacha talim tizimini tubdan isloh qilishga, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirib borishga alohida etibor qaratilmoqda. Har yili maktabgacha talim muassasalarini tamirlash, sharoitini yaxshilash, zarur vositalar bilan taminlash masalalariga davlat byudjetidan kerakli mablag ajratilayapti. Bu bejiz emas, albatta. Maktabgacha talim ertaga farzandimizning kim bolib ulgayishida muhim ahamiyatga ega.

Bugun maktabgacha talim muassasalarining holati qanday? Bolalarning maktabgacha talim-tarbiyasini samarali yolga qoyish, bogchalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boyicha joylarda qanday ishlar olib borilmoqda?

«Soglom bola yili» Davlat dasturining ustuvor yonalishlaridan kelib chiqib, yaqinda xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashidagi OzXDP guruhi maktabgacha talim muassasalarining faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil ishlarini olib bordi.

Buxoro shahrida bugungi kunda 78 ta maktabgacha talim muassasasi faoliyat korsatmoqda. Ularda 9866 nafar bola tarbiyalanmoqda. Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azolarining aytishicha, otgan yili Buxoro shahridagi 45 ta maktabgacha talim muassasasini tamirlash uchun 1977,1 million som mablag ajratilgan. Bu mablag evaziga 16 ta maktabgacha talim muassasasida tamirlash ishlari olib borilgan. 21 ta bogchaning issiqlik tizimi, sovuq suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlari tamirlangan.

Joriy yilda bu mablag 2 milliard somdan oshishi rejalashtirilgan. Viloyat hokimligi dasturi asosida shahardagi 28, 58, 65, 69 va 72-maktabgacha talim muassasalarining binolarini tamirlash uchun 306 million som mablag ajratilmoqda.

Umuman, bolalar bogchalarining sharoitini yanada yaxshilash masalasi har doim kun tartibida.

Robiya Kazimova, xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashidagi OzXDP guruhi rahbari:

Talim togrisidagi qonunning 11-moddasiga muvofiq, maktabgacha talim muassasasi bola shaxsini soglom va yetuk, maktabda oqishga tayyorlangan tarzda shakllantirishi kerak.

Partiyamiz guruhi nazorat-tahlil paytida bu kabi qonuniy meyorlarning bajarilishiga jiddiy etibor qaratdi. Maktabgacha talim muassasalarida ovqatlanish sanitariya meyorlarida belgilangan bolishi kerak. Lekin shahrimizdagi 29, 7, 71, 51, 87–maktabgacha talim muassasalarida taomnoma belgilangan tartibda tuzilmagani, mahsulotlar sifati talabga javob bermasligi malum bolgan. Misol uchun, 7-maktabgacha talim muassasasida ayrim zarur mahsulotlar vaqtida olinmagan.

Qahramon Karimov, xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Bogchada bolalarning sogligiga maktabgacha talim muassasasi, shuningdek, unga biriktirilgan tibbiyot xodimlari masuldir. Biroq faoliyati organilgan maktabgacha talim muassasalarining ayrimlarida hamshiralar oz ishiga masuliyatsizlik bilan qarayotgani malum boldi. Masalan, shahardagi 7-maktabgacha talim muassasasiga biriktirilgan hamshira oz vazifasini yuzaki bajarib kelayotgani aniqlangan.

Organish vaqtida, shuningdek, ayrim bogchalarda kadrlar qonimsizligi, mudiralarning masuliyatsizligi, moliya va xojalik ishlarining tartibsizligi bilan bogliq holatlar ham kuzatilgan edi.

Deputatlar organish, natijalarini dastlab partiya guruhi yigilishida atroflicha muhokama etishdi. Maktabgacha talim muassasalarining faoliyati, yuzaga kelgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish masalalari boyicha fikr-mulohazalar bildirildi.

OzXDP guruhi shundan song masalani xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining Yoshlar siyosati va soglom avlod masalalari boyicha doimiy komissiyasiga kiritishga qaror qildi. Doimiy komissiya yigilishida ham mavjud vaziyat atroflicha korilgach, bu masala xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi sessiyasiga olib chiqildi.

Sessiyada maktabgacha talim muassasalari faoliyati bilan bogliq fakt va raqamlar chuqur tahlil qilindi. Deputatlar, mutasaddi idoralar rahbarlarining xulosa va fikr-mulohazalari tinglandi. Shu asosda sessiya tegishli qaror qabul qildi. Unda xato va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan vazifalar belgilandi.

Etiborli tomoni, otgan yili maktabgacha talim muassasalari faoliyati bilan bogliq masala xalq deputatlari Jondor, Shofirkon va Peshku tuman Kengashlari sessiyalarida ham muhokama qilingan edi. Ularda qabul qilingan qarorlar ijrosi joriy yilning mart-aprel oylarida OzXDP guruhlari tashabbusi bilan yana bir bor tegishli sessiyalarda korib chiqildi. Deputatlarning takidlashicha, mutasaddi idoralar xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalari qarorlarida korsatib otilgan masalalarga jiddiy masuliyat bilan qaramagan. Natijada ayrim muammolar ochiq qolib ketavergan.

Buning sabablarini aniqlash, viloyatdagi maktabgacha talim muassasalari faoliyatida kuzatilayotgan kamchiliklarni tizimli hal qilish chorasini korish maqsadida nihoyat masala xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi sessiyasida ham korib chiqildi.

Bugungi kunda viloyatda 345 ta maktabgacha talim muassasasi faoliyat yuritayapti, deydi OzXDP Buxoro viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi guruhi rahbari Saida Jorayeva. Bu muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar uchun zarur sharoit yaratish, ularning hayoti va sogligini muhofaza qilish boyicha muhim ishlar olib borilayapti. Ammo, afsuski, ayrim bogchalarda mavjud imkoniyatlardan toliq foydalanilmayapti.

Bu masala avval ham xalq deputatlari viloyat Kengashida ikki marta muhokama qilingan edi. Qabul qilingan qarorlar viloyat Xalq talimi boshqarmasiga yuborilgan bolsada, ularning ijrosiga yetarli etibor qaratilmagan.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida ana shu kamchiliklar muhokama etildi. Mutasaddi tashkilotlarga muhim vazifalar yuklatildi. Hozirda ularni bajarish boyicha say-harakatlar olib borilayapti. Qaror ijrosi boyicha deputatlik nazorati ornatildi.

Shu orinda aytish kerakki, mazkur masalani organish, sessiyalar muhokamasiga olib chiqib muhokama qilishdan maqsad kimnidir aybdor qilib korsatish emas, balki muammoga tegishli idoralar etiborini qaratish va uni hal etish yollarini izlashdan iborat. Biron hududda malum sohada muammo yuzaga kelsa, bundan odamlar ziyon korsa, buning masuliyati birinchilardan bolib osha hudud aholisi ishonch bildirgan deputatlar zimmasiga tushadi. Shunday ekan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarining tavsiyalari, chiqargan xulosalari bilan hisoblashish lozim. Yaqinda Prezidentimiz tashabbusi bilan Konstitutsiyamizga kiritilgan ozgartirish va qoshimchalar ham shuni taqozo qiladi.

Laziza ShEROVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: