O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.07.2014

NIDERLANDIYA: SIYOSIY PARTIYALAR

mamlakat va xalq manfaatlari uchun kurashadi

Jamiyatda har bir siyosiy partiya o‘z goyalari uchun kurash olib boradi. Ammo bu sa’y-harakatlar zamirida — mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar mujassam bolishi zarur. Buni Niderlandiyadagi siyosiy partiyalar faoliyati misolida ham korish mumkin.

Bugungi kunda mazkur mamlakatda 10 dan ortiq siyosiy partiya bolib, songgi yillarda asosan ularning 6 tasi parlamentda koproq orinlarni qolga kiritib kelmoqda. Oxirgi saylovlar Niderlandiya siyosiy maydonida liberal va sotsial goyalar ortasidagi kurash qizgin kechayotganini korsatib berdi.

Ushbu davlatda parlament ikki palatadan iborat. Yuqori palata, yani senatda 75, quyi palatada esa 150 deputatlik orni mavjud. Deputatlar umumiy ovoz berish yoli bilan 4 yil muddatga saylanadi.

Quyi palata qonun loyihasini bir kundan bir haftagacha korib chiqishi mumkin. Shundan song qonun loyihasi yuqori palataga otkaziladi. Hal qiluvchi qarorni ikkinchi palata chiqaradi. Parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar monarx tomonidan tasdiqlanadi.

Binnenxofdagi Ritsarlar zalida sentabr oyining uchinchi seshanba kuni ikki palataning qoshma majlisi bolishi belgilangan. Bunday yigilishlar asosan favqulodda vaziyatlarda otkaziladi.

Parlamentdagi koalitsion hukumatning tarqoqligi natijasida muddatidan oldin saylovlar otkazilishiga togri keldi. Uning natijasida hukmron Xristian demokratik partiyasi maglubiyatga uchradi. Ozodlik va demokratiya uchun xalq partiyasi, Ishchi partiyasi hamda Ozodlik partiyasi eng kop ovoz toplashga muvaffaq boldi.

Sotsial-demokratik goyalar uchun kurashayotgan Ishchi partiyasi saylov natijasiga kora, ikkinchi palatada 38 orinni qolga kiritdi. Ushbu partiya 1946 yildan buyon Niderlandiya parlamentida deputatlik orinlarini egallab kelmoqda.

Bugungi kunda partiya goyalarida koproq umummamlakat manfaatlari yuqori oringa qoyilmoqda. Asosan partiya dasturlarida aholini ijtimoiy himoya qilishni eng yuqori korsatkichiga erishish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, bu boradagi narxlarni minimallashtirish, shuningdek, emigrantlar bilan bogliq masalalarni hal qilishga jiddiy etibor qaratilgan.

Tarixga nazar tashlaydigan bolsak, 2005 yilda otkazilgan syezd partiyaning keyingi faoliyatini belgilab olishda muhim orin tutdi. Mazkur syezdda partiyaning yangi manifesti qabul qilindi. Unga kora, 1977 yildagi manifestda belgilangan eski goyalardan voz kechildi. Yangi manifestda aholi uchun ishonchli va tartibli, barcha haq-huquqlari kafolatlangan hayotni taminlash bosh masala sifatida qoyildi.

Ishchi partiyasi tashkiliy tizimiga etibor qaratadigan bolsak, oziga xos xususiyatlarni uchratamiz. Misol uchun, partiya tizimida maxsus ilmiy tadqiqot muassasasi mavjud. U yerda partiya faoliyatiga daxldor turli ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Shuningdek, xotin-qizlar bilan ishlash bolimi hamda yosh siyosatchilarni ozida birlashtirgan «Yosh sotsialistlar» bolimlari tashkil etilgan.

Bundan tashqari, xalqaro aloqalar bilan ishlash ham yolga qoyilgan. Partiyaning jurnali chop etiladi.

Yevroparlamentdagi Yevropa sotsialistlari partiyasi fraksiyasida ularning 7 nafar deputati ish olib boradi. Qayd etish kerakki, partiya Yevropadagi deyarli barcha sotsial goyalarni qollab-quvvatlaydigan siyosiy kuchlar bilan hamkorlik aloqalarini ornatgan.

Mamlakatdagi bu yonalishdagi siyosiy partiyalardan yana biri Niderlandiya sotsial partiyasi hisoblanadi. Uning 1999 yilda qabul qilingan dasturida hamma narsa inson uchun degan tamoyil asosiy oringa chiqarilgan. Partiya jamiyatda ijtimoiy adolat qaror toptirish, inson qadr-qimmati, tengligi hamda ozaro hamjihatligiga erishish eng muhim masala, deb hisoblaydi.

Liberal goyalar tarafdori bolgan Ozodlik va demokratiya uchun xalq partiyasi saylovlarda 41 ta mandatni qolga kiritgan bolsa-da, bugungacha saylovchilarga bergan vadalarini toliq bajaryapti, deb bolmaydi. Ularning dasturlarida iqtisodiy inqirozni bartaraf etish, davlat xarajatlarini qisqartirish, emigrantlarga nisbatan qattiq chora korish bilan bogliq masalalar orin olgan.

Umuman olganda, bugun Niderlandiya murakkab ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni boshidan kechirmoqda. Bu vaziyatni imkon qadar tezroq bartaraf etish, iqtisodiy tanglikni yengib otish uchun har bir siyosiy partiya ozi tanlagan yoldan bormoqda.

Nurali ORIPOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: