O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
26.06.2014

Muborak Ramazon oyini munosib tarzda otkazish togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

El-yurtimiz uchun asrlar davomida ezgulik, saxovat, mehr-shafqat, qanoat va shukronalik ramzi bolib kelayotgan muborak Ramazon oyining ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida orni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, ozaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizga xos olijanob fazilatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va uluglash maqsadida:

1. 2014-yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 28-iyun kuniga
togri kelishi haqidagi Ozbekiston musulmonlari idorasining axboroti malumot uchun qabul qilinsin.

2. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Nuroniy” jamgarmasi, Mahalla xayriya jamoat fondi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon oyini joylarda milliy anana va qadriyatlar, urf-odatlarimizga uygun va hamohang tarzda otkazish bilan bogliq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Mazkur tadbirlarni otkazishda muborak Ramazon oyining mohiyatida mujassam bolgan insoniylik, manaviy poklik, shukronalik fazilatlarini, muqaddas dinimiz aqidalarini ezozlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning muqaddas qadamjolarini obod etish borasida keng kolamli savob va targibot ishlari tashkil qilinsin. Ushbu qutlug oyda amalga oshiriladigan xayriya tadbirlari, ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qollab-quvvatlash, ziyoratgohlarni obodonlashtirish, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash boyicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida etibor qaratilsin.

3. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini otkazish bilan bogliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi
Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
2014-yil 24-iyun

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: