O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
21.01.2012

Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 20 yilligi munosabati bilan milliy madaniy markazlarning bir guruh faollarini mukofotlash togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda millatlararo dostlik, hamjihatlik va totuvlikni yanada mustahkamlashga, yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik, mustaqillik goyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga, milliy madaniy markazlar faoliyatini rivojlantirishga qoshgan salmoqli hissasi uchun quyidagilarga faxriy unvon berilsin:

“Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan madaniyat xodimi”

Borisov Pavel Mixaylovich- Respublika polyak milliy madaniy markazi faoli, V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi bolim mudiri

Ozbekiston Respublikasida xizmat korsatgan yoshlar murabbiysi

Shaxmayev Ravkat Rashidovich – Xorazm viloyati tatar milliy madaniy markazi raisi, Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi qoshidagi Yoshlik jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisining orinbosari

Milliy madaniyatlar, urf-odat va ananalarning oziga xosligini saqlash va rivojlantirish, turli millat vakillari ortasida dostlik va qardoshlikni mustahkamlash sohasidagi samarali xizmati hamda mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

Dostlik ordeni bilan

Apostolidu Despina Dimitris Toshkent shahar grek milliy madaniy markazi faoli, Ozbekiston-Gretsiya dostlik jamiyati ijrochi direktori

Aripova Nazokat Saypitdinovna Respublika baynalmilal madaniyat markazi axborot-metodik bolimi bosh mutaxassisi

Geysin Marina Nikolayevna Fargona viloyati nemis milliy madaniy markazi raisining orinbosari

Kim Aleksandr Alekseyevich Navoiy viloyati koreys milliy madaniy markazi raisi, Navoiy shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bosh shifokori

Nasirli Ali Geydar ogli Sirdaryo viloyati ozarbayjon milliy madaniy markazi faoli, shoir

Raxmonova Adolatxon Qutbidinovna Andijon viloyati uygur milliy madaniy markazi raisi, Paxtaobod tumani madaniyat va sport ishlari bolimi mudiri

Taganmuratov Muratbay Ashirovich Qoraqalpogiston Respublikasi turkman milliy madaniy markazi raisi

Shuhrat medali bilan

Boyev Narzullo Abdikarimovich Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani arab milliy madaniy markazi faoli

Istamqulova Mafiratxon Mamajanovna Namangan viloyati qirgiz milliy madaniy markazi raisi

Mironov Sergey Aleksandrovich Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktorining orinbosari

Tlepov Berdimurat Sabirovich Respublika baynalmilal madaniyat markazi bolim boshligi

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2012 yil 20 yanvar


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: