O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.06.2014

Portugaliya: IKKI SOTSIAL PARTIYA HAM OZ FOYALARI UCHUN KURASH OLIB BORMOQDA

Yevropaning rivojlangan demokratik davlatlaridan biri hisoblanadigan Portugaliya ijtimoiy-siyosiy hayotida siyosiy partiyalar muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda Portugaliya parlamenti — Assambleyada deputatlik orinlarini qolga kiritish uchun 7 siyosiy partiya kurash olib boradi. Shuningdek, mamlakatda ondan ortiq hududlarda faoliyat korsatadigan partiyalar ham mavjud.

Ushbu davlatda parlament bir palatali bolib, unda 230 nafar deputat ishlaydi. Ular 4 yil muddatga saylanadi. Saylovlar mamlakatdagi 22 saylov okruglarida otkaziladi. Saylov qonunchiligiga kora, saylovgacha on sakkiz yoshga tolgan fuqarolar ovoz berish huquqiga ega.

Songgi yillarda mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida turli voqealar roy bermoqda. Misol uchun, Portugaliyada songgi parlament saylovlari muddatidan oldin otkazildi. Chunki deputatlar Bosh vazir Joze Sokrateshga nisbatan ishonchsizlik votumi e’lon qildi.

Natijada Bosh vazir 2011 yil 23 martda istefo berdi. Shundan song 2011 yil iyun oyida muddatidan oldin parlament saylovlari otkazildi.

Portugaliyada proporsional saylov tizimi amal qiladi. Mazkur saylovlarda bir orin uchun ayrim saylov okruglaridan 2 nomzod korsatilsa, bazilarida 48 nomzod kurash olib boradi.

Bugungi Portugaliya siyosiy hayotiga etibor bersak, undagi oziga xos xususiyatlardan biri parlamentdagi orinlar uchun asosiy kurash Sotsial-demokratik partiya hamda Sotsial partiya ortasida kechayotganidir.

Bevosita saylov natijalarini kuzatadigan bolsak, Sotsial-demokratik partiya saylovchilarning 38,7 foiz ovozini olib, Assambleyada 108 mandatni qolga kiritdi. Bu natija ularga parlamentda eng kop orin olish uchun yetarli boldi.

Otgan saylovlar ular uchun biroz muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi. Mazkur siyosiy partiya 2005 yilda parlamentda 75, 2009 yilgi saylovlarda esa 77 orinni qolga kiritishga muvaffaq bolgandi.

Tahlilchilarning fikricha, songgi saylovdagi galaba kop jihatdan 2010 yildan buyon partiyaga yetakchilik qilayotgan Pedru Pasush Koelyu nomi bilan bogliq.

Ushbu siyosiy partiya faoliyatining oziga xos jihati, boshqa sotsial partiyalardan farqli olaroq, koproq konservatizm goyalarini qollab-quvvatlaydi. Shuningdek, aholiga munosib mehnat sharoitlari yaratish, ish orinlarini kopaytirish masalasi ham ularning doimiy diqqat-etiborida.

Partiyaning oliy organi Milliy Kongress hisoblanadi. Uning shtab-kvartirasi Lissabon shahrida joylashgan.

Portugaliyadagi yetakchi siyosiy kuchlardan yana biri Sotsial partiya hisoblanadi. Sotsial-demokratiya goyalarini ilgari suradigan mazkur partiya oxirgi parlament saylovida 74 orinni qolga kiritdi. Natijada ozining asosiy raqobatchisi bolgan Sotsial-demokratik partiyaga yutqazib qoydi.

Alohida takidlash lozimki, otgan bir necha saylovlarda bu partiya parlamentda kopchilik orinlarni egallayotgan edi. Xususan, 2005 yilgi parlament saylovida 121, 2009 yilda esa 97 orinni qolga kiritgandi. Siyosatchilarning fikricha, mazkur partiya oz goyalarini yanada takomillashtirishi, aholini oylantirayotgan masalalarni chuqurroq organishi, mamlakatning rivojlanish strategiyasini belgilashda ularning xohish-irodasini koproq inobatga olishi zarur. Shunda siyosiy partiyaning tarafdorlari kopayadi, ham ichki, ham tashqi siyosatda muvaffaqiyatga erisha oladi.

Antoniu Joze Seguro yetakchiligidagi sotsialistlar 2015 yilda otadigan saylovlarga katta tayyorgarlik kormoqda. Ular oz saylovoldi dasturida talimni isloh qilish, ijtimoiy sohaga yonaltirilgan xarajatlarni kopaytirish, iqtisodiyotni yangilash, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, aholiga xizmat korsatish sifatini yanada yaxshilash kabi dolzarb masalalarga jiddiy etibor qaratmoqda.

Bundan tashqari, Portugaliya parlamentida Xalq partiyasi, Demokratik koalitsiya, Portugaliya kommunistik partiyasi, Yashillar partiyasi hamda Sol blok singari siyosiy kuchlar ham malum miqdorda deputatlik ornini qolga kiritgan.

Umuman olganda, har ikkala sotsial partiya ham ozaro qarama-qarshi goyalarni ilgari surmasin, barcha say-harakatlar mamlakat taraqqiyotiga, odamlar farovonligiga qaratilgani bilan etiborga sazovordir.

Nurali ORIPOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: