O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
21.01.2012

Kozboyamachilikdan kim manfaatdor?

yoxud Chiroqchi tuman Obodon qishlog‘idagi idora binosining bitta qoy bahosida sotib yuborilgani xususida

Chiroqchidagi Eskianhor QFYga qarashli Obodon qishlogida istiqomat qilayotgan Turdimurod Jorayevning yoshi yetmishdan oshgan, oliy ma’lumotli dorishunos. U kishi tahririyatimizga yozgan shikoyatida oilasi bilan eski idora binosini qoriqlab, pilla qurti boqib kelganini takidlaydi.

— Yuring, oz kozingiz bilan koring, deya yol boshlaydi Turdimurod Jorayev. Mana, qarang, pishiq gishtdan tiklangan, ustiga beton qoplama yotqizilgan, shiferlangan katta bino. Bu binoni qoriqladik, tozaladik, chunki uyimiz bilan yonma-yon. Bir payti «egasi» chiqib, sudga bersa boladimi? Bizning elimiz chorvador, bitta yaxshi qoyni boqib sotsa, 1 million somdan oshadi. Ana shu narxga bu bino imi-jimida sotib yuborilibdi. Agar elon berilsa, farzandlarim bilan sotib olmoqchi edik. Boshqa birov ham halol sotib olsa, oshanga buyursin edi. Nohaqlikdan qalbim iztirob chekdi...

Malum bolishicha, 2005 yilda bino kim oshdi savdosi orqali 690 ming somga sotiladigan boladi. Ammo xojalikni qayta tashkil etish komissiyasi azolari shunday katta, hali pishiq imorat buncha arzon sotilishiga qarshi chiqishadi. Bunday talon-tarojliklarning oldini olish uchun Respublika hukumatining qaror va korsatmalariga binoan, Qashqadaryo viloyat hokimligining 2006 yil iyun oyida alohida qarori chiqib, unda tuman hokimliklariga tugatilgan shirkat xojaliklariga qarashli ijtimoiy infratuzilma va mamuriy obektlarni mahalliy hokimiyatlar balansiga olish va ulardan samarali foydalanish korsatib otilgan edi. Chiroqchi tuman hokimligi esa bu masalaga yetarli etibor qaratmaydi. Muhr ushbu hududdagi shirkatni qayta tashkil etish komissiyasining raisi Jora Xushvaqtovning qolida qolib ketaveradi. Keyingi voqealarda ana shu komissiya raisi, uning qolidagi muhr hal qiluvchi rol oynaydi.

Voqealar shiddat bilan rivojlanib boradi. Idora binosini sotib olgan Ayritom qishlogida yashovchi fuqaro Gullola Boymirzayeva ikki yildan keyin fuqarolik ishlari boyicha Chiroqchi tuman sudiga murojaat qiladi. 2011 yilning 10 fevralida sud javobgarlar Jorayev Turdimurod, Jorayeva Ruxsat, Jorayev Shahzod va Jorayev Dilshodlarni eski idora binosidan majburiy ravishda chiqarish va davogarga 100 ming som miqdorida manaviy zarar undirib berish haqida qaror chiqaradi.

Sudning qaroriga munosabat bildirmoqchi emasmiz. Chunki tahririyatimizga shikoyat yozgan Jorayevlar oilasi bu binodan pilla qurti parvarishlash uchun vaqtincha foydalanib kelgan. Mulkka egalik huquqi berilmagan. Ammo bu orinda arizachi davosining boshqa jihati kishini oyga toldiradi. Uning yozishicha, bino kimoshdi savdosiga qoyilgani togrisida matbuotda elon chiqmagan. Buning ustiga, suvtekinga sotilgan. Oldi-sotti hujjatlarida chalkashliklar bor. Masalan, sud eski idora binosi birja savdosida sotilib, 2009 yil 26 yanvarda oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi, shu yilning 25 sentyabrida esa inshootga bolgan huquqning davlat royxatidan otkazilganligi togrisidagi guvohnomaga tayanadi va mulk davogarniki, degan xulosaga keladi. Biroq bu ancha mojaroli holat. Etibor bering: F.Xojayev nomli shirkatni qayta tashkil etish komissiyasi tomonidan Boymirzayeva Gullola birja savdosida sotib olingan eski idora binosi uchun 1 million som toladi, degan kirim tolovnomasi beriladi va sobiq xojalik muhri bilan tasdiqlanadi. Bu hujjat 2009 yilning fevral oyida berilgan. Ammo shikoyatchilarga shirkatning sobiq bosh hisobchisi S.Jumayev 2008, 2009, 2010 va 2011 yilning 11 fevraligacha idora binosi uchun bir som ham tolanmagan degan malumotnomani imzolab beradi. Kim haq?

Biz masalaga aniqlik kiritishga harakat qildik. Sobiq shirkatning hisob-raqami hozir OATB Qishloq qurilish bank Qashqadaryo mintaqaviy filialida ekan. Bank bergan malumotga kora, Gullola Boymirzayeva ozi sotib olgan eski idora binosi uchun 1 million somni 2011 yilning 31 mart kuni tolagan ekan. Bu bankning 12- kirim tolovnomasida qayd etilgan. Sudning hal qiluv qarori 2011 yil 10 fevralida chiqqanini hisobga olsak, davogar haqini hali tolamagan binoni oziniki qilib olish uchun yugurib yurgan ekan-da?

Binoni baholash va savdoga chiqarishda ham talay sirlar va chalkashliklar borga oxshaydi. Masalan, Respublika kop tarmoqli agrosanoat birjasi Qashqadaryo filialida kochmas mulk obektini birja savdosida sotilganligi togrisidagi oldi-sotdi shartnomasi 2011 yilning 26 yanvarida tuzilgan bolib, Egalik qiluvchi huquqini tasdiqlovchi hujjat degan joyda: F.Xojayev nomli shirkat xojaligini qayta tashkil etish komissiyasining 2005 yil 26 oktyabrdagi 12-sonli yigilishi bayonnomasi deya qayd etilgan. Demak, kimdir komissiya nomidan mulkni sotuvga chiqargan. Kim? Kochmas mulkni topshirish, qabul qilish dalolatnomasi 2009 yil 30 yanvarida tuzilgan bolib, topshiruvchi degan joyiga Jumanazar Xushvaqtov imzo chekkan va muhr bosgan. Bunga u haqlimidi?.. Birinchidan, 2005 yil oktyabrdagi qaror oz kuchini yoqotgan edi. Endi 2009 yilda mulkni sotish uchun shirkatni qayta tashkil etish komissiyasi azolarining yangi yigilishini otkazish, imoratni kadastr tashkilotiga baholatish kerak edi. Imoratni arzimas narxda sotib yuborilishining tashabbuskori bolganligi, mavjud tartibni buzganligi uchun Jumanazar Xoshvaqtov qonunlarimiz oldida javobgar hisoblanmaydimi? Yoki boshimizni qotirib nima qilamiz, yopiglik qozon yopigligicha qolib ketaversin-da, degan aqidaga rioya qilish kerakmi?

Shikoyatchining haqligini, bu oldi-sottidan kim manfaatdor ekanligini yana bir hujjat tola isbotlaydi. Kochmas mulk obektiga kadastr hujjati tayyorlanadi va uni Chiroqchi tuman yer tuzish va kochmas mulk kadastr xizmati boshligi M.Xaytov tasdiqlaydi. Jamlangan baholash dalolatnomasida Gullola Boymirzayeva sotib olgan eski idora binosining bahosi 13 million 457 ming 943 som deb, korsatiladi. Qarang-a, yanvar oyida 1 million somga sotilgan imorat avgust oyiga kelib 13 million somdan oshib ketsa-ya? Bino ancha eski edi. Ammo poydevori quyma beton, pishiq gishtdan tiklangan, temir-beton plita bilan qoplangan, tomi shifer bilan yopilgan, eshik-romlari bor, 13 xonali, 271 kvadrat metr foydalaniladigan maydonga ega binoning haqiqiy bahosi bundan-da baland bolishi mumkin. Ana shunday bino yeng ichida, qonunlarga zid ravishda sotib yuborilganiga kopchilik hayron. Vaholanki, Kitob va boshqa ayrim tumanlarda mulklarni arzonga sotganlar ustidan jinoiy ishlar qozgatilgani malum.

Bu orinda esa negadir hamma jim. Biroq jazosiz qolgan har bir jinoyat yangi qonunsizliklar kelib chiqishiga zamin yaratadi. Shunday ekan, masul idoralar bu masalaga etibor qaratishadi, degan umiddamiz.

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: