O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
07.06.2014

SIYOSIY KUCHLAR

mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligi uchun kurashadi

Ikki palatali parlamentning ilk tamal toshi qo‘yilgan Buyuk Britaniyada hukumatni siyosiy partiyalar shakllantiradi. Parlamentda eng kop orinlarni qolga kiritgan partiya yetakchisi Bosh vazir lavozimini egallaydi.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bolgan songgi saylovda parlamentning Lordlar palatasiga 724 nafar, quyi palatasiga esa 650 nafar deputat saylandi. 2010 yil 6 mayda otkazilgan parlament saylovida birorta partiya mustaqil ravishda yangi hukumatni shakllantirish imkoniga ega bololmadi.

Bugungi kunda mamlakatda uchta yetakchi siyosiy kuch parlamentda yuqori orin olish uchun kurashadi. Biroq songgi yillarda asosiy raqobat Konservatorlar va Leyboristlar ortasida kechmoqda. Liberallar esa kopincha ulardan keyingi oringa tushib qolmoqda.

Bundan oldingi saylovlarda Toni Bler boshchiligidagi leyboristlar hukumatni shakllantirishga muvaffaq bolgan edi. Ammo songgi saylovda vaziyat biroz ozgardi. Ushbu partiya quyi palatada 258 mandatni qolga kiritdi. Shunga qaramasdan Lordlar palatasida boshqa siyosiy partiyalarga nisbatan eng kop — 217 oringa ega boldi. Yevroparlamentda esa 73 orindan 13 tasini qolga kiritdi.

Ayni kundagi partiya yetakchisi Ed Milibend 2015 yilda otadigan parlament saylovlariga jiddiy tayyorgarlik korilayotganini, partiyaning ayrim tizimlari isloh qilinayotganini ta’kidlamoqda.

Leyboristlar partiyasi Buyuk Britaniyada katta obroga ega siyosiy birlashmadir. Ishchi partiyasining asosiy goyasi sotsial-demokratiya hisoblanadi. Ammo yildan-yilga partiya yonalishi ham zamonaviy talablarga qarab ozgarib, ishchi partiyaga aylanib bormoqda. Saylovoldi dasturida ijtimoiy birdamlik, iqtisodiyotni isloh qilish, boylar va kambagallar ortasida ozaro tenglikni taminlash, ishchilar huquqini himoya qilish, mamlakatda tinchlikni taminlash, shuningdek, bepul tibbiy xizmat va talim tizimini rivojlantirish kabi dolzarb masalalar asosiy orin egallagan.

Buyuk Britaniyada yana bir yirik Konservativ partiya ham katta imkoniyatlarga ega. Partiya dastlab katta yer egalari, mulkdorlar manfaatlarini himoya qilgan bolsa, keyinchalik partiya jamiyat, demokratik rivojlanish yonalishlariga qarab oz goyalarini takomillashtirib borgan.

Hozirda konservatorlar oz dasturida ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablaglar va davlatning iqtisodiyotdagi ornini kamaytirish, bu boradagi masuliyatini oshirish, ananaviy oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylashni maqsad qilgan.

Konservatorlarning bosh maqsadlaridan biri iqtisodiyotda davlat rolini qisqartirishdan iborat. Shuningdek, davlat mablagini yanada masuliyat bilan sarf etilishini taminlash, xususiy tadbirkorlik tashabbuslarini qollab-quvvatlash konservatorlar vakillarining asosiy goyasidir.

Songgi saylov natijasiga kora, konservatorlar quyi palatada 306, yuqori palatada esa 196 orinni qolga kiritdi. Mazkur partiya uzoq va shonli tarixga ega. Uinston Cherchill, Margaret Tetcher kabi yirik siyosatchilarni yuzaga chiqargan mazkur partiya bugun ham izchil rivojlanmoqda.

Buyuk Britaniya siyosiy maydonidagi yana bir yirik partiya otgan saylovda kamtar natijani qayd etgan liberallar hisoblanadi. Ular quyi palatada 57, yuqori palatada esa 79 orinni qolga kiritdi. Partiya mafkurasiga etibor qaratadigan bolsak, qiziq holatga duch kelamiz. Partiya soliq yukini kamaytirish, endi ishga qabul qilinayotgan kishilarga imtiyozlar berish, ish orinlari tashkil etish masalasiga jiddiy etibor qaratmoqda.

Shuningdek, maktab talimini isloh qilish, unga ajratilayotgan mablaglarni kopaytirish tarafdori. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash, iqtisodiyotni isloh qilish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, mamlakatda transport xizmati tizimini takomillashtirish hamda migrantlar oqimini tartibga solishga alohida etibor qaratish zarur, deb hisoblashmoqda.

Buyuk Britaniyadagi siyosiy partiyalarning umumiy xususiyati shundan iboratki, ularning goyalari bir-biridan tubdan farq qilmaydi. Aksincha, bir-birini toldirib, har bir sohani yanada rivojlantirish uchun kurashadi. Bunday tajribani koplab rivojlangan demokratik davlatlardagi siyosiy partiyalar misolida ham koramiz.

Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, siyosiy partiya faqatgina bir yonalishni egallab, shunda sobit turish emas, balki mamlakatning rivojlanish strategiyasiga kora, oz qarashlarini ozgartirib turishi, goya va mafkurasini rivojlantirib, yangilab borishi lozim.

Nurali ORIPOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: