O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.04.2014

GAZETXON SAVOLIGA MUTAXASSIS JAVOBI

SAVOL:

Qaramog‘imda 4 va 6 yoshli bolam bor. Mehnat sharoiti va ish vaqti bo‘yicha menga ma’lum bir imtiyoz hamda yengillik mavjudmi?

Sabohat Kamolova, Chirchiq shahri.

Savolga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi yuridik bo‘limining yetakchi yuristkonsulti Dilshod Abduqodirov javob beradi.

— O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 229-moddasiga muvofiq homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan, homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo‘lgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq, ularga to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilashga majburdir.

Bunda to‘liqsiz ish vaqti sharti bilan ishlash xodimning yillik asosiy mehnat ta’tilining muddatini, mehnat stajini hisoblashni hamda boshqa mehnat huquqlarini biron-bir tarzda cheklashga asos bo‘lmaydi va ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda haq to‘lanadi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: