O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.04.2014

APREL OYIDA YOQQAN QOR

Bu yilgi bahor kech keldi. Aprelning birinchi o‘n kunligi boshlangan bolsa-da kunlar hali tola isib ketmadi. Kuni kecha yoqqan qor ham har doim kuzatilavermaydi. Shu bois kam uchraydigan bu holat va yaqin kunlar ichida kutilayotgan ob-havo kopchilikni qiziqtirishi tabiiy.

Ushbu savollar bilan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining gidrometeorologik ma’lumotlar bilan taminlash xizmati boshligi Sherzod MUXTAROVga murojaat qildik.

— 7 aprel kuni Qozogistonning Astana va Chimkent hududi orqali sovuq Sibir havosi kirib kelishi hisobiga poytaxtimizda ertalab soat 6 dan 10 gacha yomgirning qorga aylanishi kuzatildi.

Toshkent viloyatining ayrim tumanlari va respublikamizning togli hududlarida ham shunday holat takrorlandi. Harorat 23-28 darajadan
8-13 darajaga tushib ketdi.

Shunga oxshash holatlar ilgari ham uchragan. Masalan, 2011 yilning 3 apreli, 2005 yilning 5 va 6 aprelida ham poytaxtimizda qor yoqqan. Toshkentda eng kech muddatdagi qor 1989 yil 30 aprelda yoqqan.

Darhaqiqat, kopchilik sovuq oqim natijasida harorat yana tushib ketmasmikin, ekin-tekinlarga, mevali daraxtlarga ziyon yetmasmikin, deb tashvishlanayotgani tabiiy. Xavotirga orin yoq. Keyingi ikki kun ichida, yani 8 va 9 aprel kunlari respublikaning barcha hududlarida yogingarchilik kutilmaydi va harorat jadal kotariladi.

Faqat aprel oyining ikkinchi on kunligi boshi – 11-12 aprel kunlari respublikamiz hududlarida yomgir yogadi, kunduzi harorat 10-12 darajagacha pasayadi. Keyingi kunlarda yogingarchilik kuzatilmaydi va ob-havo harorati asta-sekin kotariladi.

Aprel oyining qolgan vaqti har doimgi ob-havo sharoitiga togri keladi va yurtdoshlarimizni ozining yumshoq va iliq havosi bilan xushnud qiladi.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Toshtemir XUDOYQULOV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: