O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
11.03.2014

BIR NECHTA SIYOSIY PARTIYA KELISHUVI ASOSIDA YANGI HUKUMAT TUZILDI. BIROQ...

Isroil parlamenti (Knesset) tarixida hozirgacha hech bir siyosiy partiya mutlaq ko‘pchilik orinni egallay olmagan. Xalqaro ekspertlar buning sabablari haqida turlicha fikr bildiradi. Ba’zilar bu davlatda siyosiy partiyalar juda faol, ular ortasida hokimiyat uchun kurash keskin kechadi, desa, boshqalar gap saylovchilarda, deydi. Saylovchilar qaysi partiya, qaysi yetakchiga, qanday goyani ilgari surgani uchun ovoz berayotganini yaxshi biladi, shu sababli hech bir partiya yaqqol ustunlikka erisha olmaydi...

Bunday fikrlarni uzoq davom ettirish mumkin. Lekin Isroil parlamentining boshqa koplab mamlakatlar parlamentlarida kuzatilmaydigan yana bir xususiyati haqida alohida toxtalmoq kerak. Yani, siyosiy partiyalar Isroil parlamentiga kirish huquqiga ega bolish uchun umumiy saylovchilarning 2 foiz ovozini olishi yetarli. (Demokratiya rivojlangan qator davlatlarda esa mazkur korsatkich 5 foizni tashkil qiladi.) Shuning uchun bolsa kerak, aksariyat hollarda parlamentga 10 dan ortiq siyosiy partiya oz vakillarini joylashtirishga muvaffaq boladi. Siyosiy partiyalarning kopligi, dasturlarining xilma-xilligi Knessetdagi muhokamalar keskin tus olishini taminlaydi. Qarorlar qabul qilish jarayoni biron siyosiy partiya fraksiyasi yoxud siyosiy blokning mutloq tasiri ostida qolmaydi.

Qizigi shundaki, Isroilning oddiy fuqarolari parlamentga kirib, Knesset majlislarini bevosita kuzatib borish huquqiga ega. Parlamentda buning uchun zarur sharoit yaratib berilgan.

Isroil taqdiri bilan bogliq barcha qarorlar Knessetda qabul qilinadi. Parlament qollab-quvvatlamasa, hukumat oz faoliyatini davom ettira olmaydi. Korinib turibdiki, parlament saylovlari Isroilda kop narsani hal qiladi.

Eng kop orinni olgan bolishiga qaramay, yetakchi partiyalar parlamentdagi boshqa partiyalar bilan murosa qilishga majbur. Knessetga muddatidan oldin otgan 2013 yilgi saylovda ham shunday boldi.

Saylov oldidan davlat boshqaruvi hamda iqtisodiyotni isloh qilish tashabbusi bilan chiqib, parlamentda 31 deputatlik ornini qolga kiritgan «Likud Isroil Beyteynu» (Likud va Bizning uy Isroil partiyalari) siyosiy birlashmasi 19 deputatlik ornini olgan Yesh Atid (Kelajak bor), shuningdek, xa-Bait xa-Yexudi (Yahudiy uyi, 12 orin), Xa-Tnua (Harakat, 6 orin) partiyalari bilan koalitsiya kelishuviga keldi. Yani, ular parlamentda kopchilik — 68 deputatlik ornini egalladi.

Aytish kerakki, mazkur kelishuv tuzilishida asosan sotsial-demokratiya goyalarini himoya qiladigan xa-Bait xa-Yexudi partiyasi muhim rol oynadi. Ijtimoiy himoyaga asoslangan erkin demokratiyani yoqlaydigan ushbu partiya iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlardan kam daromadli fuqarolar ham foydalanishi uchun sharoit yaratish, ayniqsa, yoshlarni qollab-quvvatlash, yosh oilalarga har tomonlama yordam berish kabi koplab ijtimoiy masalalarda takliflarni ilgari surdi.

Yesh Atid partiyasi esa saylovchilarning etiborini korrupsiyaga qarshi kurashish, talim islohoti va harbiy xizmatga chaqiruv masalalarida tenglikni taminlashga qaratdi.

Umuman, Isroilda aniq ijtimoiy yonaltirilgan islohotlarni amalga oshirish bilan bogliq goyalarni qollab-quvvatlovchilar tobora kopayib borayotgani qayd etilyapti.

Bu davlatdagi bir nechta siyosiy partiya markazchilar pozitsiyasini maqul koradi, yani ular muayyan ijtimoiy masalalarda aniq bir yondashuvni himoya qilmaydi, ularning dasturiy yonalishlari juda tez ozgarishi mumkin.

Balki, shuning uchunmi, otgan yili Isroilda bir nechta siyosiy partiya kelishuvi bilan tuzilgan hukumat muvaffaqiyatiga, ularni qollab-quvvatlovchi parlamentdagi kopchilikning saqlanib qolishiga malum ekspertlar ishonmayapti.

Oziga xos tomoni, deputatlar partiyaviy mansubligidan qati nazar ozaro kelishgan holda, biron harakatga qoshilishi, butunlay yangi fraksiya tuzishi mumkin. Yangi fraksiya tuzilishini parlamentning tegishli komissiyasi maqullashi yetarli. (2012 yil Knessetda shunday holat kuzatilgan.) Ana shu sabablar ham Isroil parlamentida muvozanatlar tez ozgarishi mumkinligini korsatmoqda.

Knessetdagi eng yirik fraksiyalardan biri Avoda partiyasiga tegishlidir. Sotsial-demokratik goyalarni amalga oshirish tarafdori bolgan, talim tizimini isloh qilish, zamonaviy, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishda hammaga teng imkoniyat yaratish, uy-joy masalalarida kam taminlanganlarga, yosh oilalarga yordam korsatish, ish orinlari barqarorligi kabi goyalarni ilgari surgan mazkur partiya fraksiyasi parlamentda qarorlar qabul qilinishida oz tasir kuchiga ega. Aytish kerakki, bu partiya 1992-2000 yillar oraligida Isroilda ikki marta koalitsiya hukumatini boshqargan.

Amaldagi koalitsiya hukumatiga oppozitsiyada turgan ushbu partiya tarafdorlari vaqt otgan sari oshib borayotgani aytilyapti. Partiya yetakchisi hukumat yurgizayotgan siyosatning notogri jihatlari, salbiy oqibatlariga tanqidiy munosabat bildiryapti. Isroildagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda Avoda partiyasi yondashuvlarining afzalliklarini isbotlab beryapti.

Shu orinda hozirda Isroilda sotsial-demokratik goyalarni afzal koradigan boshqa siyosiy partiyalarning ham ancha faolligini aytib otish joiz. Knessetda 6 ta deputatlik ornini egallagan Meres partiyasi shular jumlasidan.

Xulosa shuki, siyosiy partiyalar ortasidagi raqobat, mamlakatni rivojlantirish masalalari boyicha goya va takliflarning kopligi davlat boshqaruvini demokratik tamoyillar negizida tashkil etishning asosiy omili hisoblanadi.

Sayfulla ESHBOBOYEV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: