O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
25.02.2014

2014-yilgi Navroz umumxalq bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish togrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Xalqimiz uchun sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy, asl milliy, eng ardoqli bayram bolmish Navroz ayyomini markazda va joylarda har tomonlama puxta tayyorgarlik bilan kutib olish va nishonlash mamlakatimizda ezgu an’anaga aylanib qoldi.

Bugungi kunda ushbu umummilliy bayramning manaviy hayotimizdagi orni va tasiri, insonning tabiat bilan uygun bolib yashashi, uning qalbida ezgulik, mehr-oqibat, bagrikenglik kabi olijanob tuygularni uygotish, jamiyatimizda ozaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodimizni milliy qadriyat va ananalarimiz ruhida kamol toptirish borasidagi ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Ana shularning barchasini inobatga olib hamda Navroz bayramini yuksak saviyada, munosib tarzda nishonlash maqsadida:

1. Bayramga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha tashkiliy qomita tarkibi 1-ilovaga, ijodiy guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tashkiliy qomita va uning hududiy bolimlari Navroz bayramini poytaxtimiz Toshkent shahrida, Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar, tuman va qishloqlarda umumxalq sayillari shaklida kotarinki ruhda otkazishga qaratilgan, “Har kunimiz Navroz bolsin!” degan shiorni asosiy goya sifatida ozida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-manaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.

2. Tadbirlar rejasini tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida etibor qaratilsin:

Navroz faslida insonning tabiat bilan hamohang bolib, ozini tabiatning ajralmas bir qismi deb his etishini ifoda qiladigan, atrof-muhitni, ona zaminni ezozlab, uning nematlarini, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuygusi bilan yashashga davat etadigan manaviy-marifiy tadbirlarni uyushtirish;

joylarda bolib otadigan uchrashuv va suhbatlarda, ommaviy axborot vositalarida Navroz bayramining tarixi, uni nishonlash bilan bogliq urf-odat, anana va qadriyatlarimizning mohiyati va ahamiyatini keng yoritish;

mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qati nazar, barcha yurtdoshlarimiz uchun sevimli bayramga aylangan Navrozning ruhi va falsafasida mujassam bolgan ahillik va hamjihatlik, mehru saxovat, keksalarga hurmat-ehtirom korsatish, komakka muhtoj insonlarga begaraz yordam berish bilan bogliq tadbirlarni amalga oshirish;

yangi dehqonchilik mavsumining boshlanishi, yasharish va yangilanish, qut-baraka, obodlik va farovonlik ramzi bolmish Navroz faslida mahallalarda, shahar va qishloqlarimizda hasharlar, keng kolamdagi obodonchilik va kokalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish;

Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bolib otadigan bayram dasturlariga folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, oilaviy ansambllar, baxshi-shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va istedodli estrada artistlarini tanlov asosida jalb etish;

bayram dasturlarini tayyorlashda xalq oyinlari, folklor sanati namunalariga, el-yurtimizning dilidan chuqur joy olgan, gozal insoniy tuygularni yuksak pardalarda tarannum etadigan kuy va qoshiqlar, olan va laparlarga keng orin berish.

3. Belgilab qoyilsinki, otkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarda Qoraqalpogiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korxonalari, xojaliklar, jamgarmalar hisobidan;

Toshkent shahrida respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablaglari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

4. Ozbekiston matbuot va axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Jahon axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Navroz umumxalq bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini taminlash Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Karimov

Toshkent shahri,
2014-yil 24-fevral

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: