O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.02.2014

ODAMLAR UMID BILAN KELADI

Bu umid ishonchga aylanishi uchun har bir murojaatdagi muammo hal etilishi yo‘lida kurashmoq kerak

Fargona viloyati: 2014 yil yanvar oyida Jamoatchilik qabulxonalariga 138 nafar fuqaro murojaat qildi.

OzXDP Fargona viloyat kengashi Ijroiya Qomitasining joriy yil fevral oyida «Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish, joylarda kochma Jamoatchilik qabulxonalari tashkil etish togrisida»gi qaroriga asosan, Mahalla xayriya jamoat fondi viloyat bolimi hamda mintaqaviy partiya tashkilotlari hamkorligida kochma Jamoatchilik qabulxonalari tashkil etish tartibi ishlab chiqildi. Unga kora, viloyatdagi har bir partiya tashkiloti oz hududida bir oyda kamida ikki marta kochma Jamoatchilik qabulxonalari tashkil etishi belgilandi.

Joriy yilning yanvar oyida 16 ta partiya tashkiloti tomonidan 32 ta mahallada kochma Jamoatchilik qabulxonalari tashkil etildi. Ularda xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari a’zolari, mahalla faollari, hamkor tashkilotlar vakillari ishtiroki taminlandi.

Murojaatlarning aksariyati ish bilan taminlash, uy-joy kommunal xojaligi, sogliqni saqlash, ish haqi va pensiyalarni oz vaqtida olish bilan bogliq masalalardan iborat. Ayni paytda ularning 70 foizdan ortigi oz yechimini topdi.

Beshariq tuman kengashi kochma Jamoatchilik qabulxonasiga bir guruh fuqarolar ishga joylashishga yordam sorab murojaat qildi. Tadbirda ishtirok etayotgan tuman Bandlikka komaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi vakillari ularga turli tashkilot va korxonalarda mavjud bolgan 14 ta ish ornini taklif etdi. Murojaat qilganlarning mutaxassisligi organilgach, Xislat Qambarov tuman paxta tozalash zavodiga payvandchi, Nodira Jumayeva tuman tibbiyot birlashmasiga hamshira va Maftuna Bahodirova laborant vazifasiga ishga qabul qilindi.

Ozbekiston tuman partiya kengashi tomonidan 2014 yilning 17 yanvar kuni tumandagi Qayqubod mahalla fuqarolar yiginida otkazilgan kochma Jamoatchilik qabulxonasida Marifat Dehqonova hamda Xurshida Mominovalarning bolalar nafaqasini rasmiylashtirish yuzasidan qilgan murojaati ham ijobiy hal etildi.

— Odamlar Jamoatchilik qabulxonalariga umid bilan keladi, deydi OzXDP Fargona viloyat kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari Mahmudjon Mahkamov. Ular oz savoliga adolatli javob topsa, muammosi yechimini korsa, keyin bizga ishonadi. Bu haqiqatni partiyamiz tashkilotlari yetakchilariga tushuntirayapmiz.

Fargona viloyatidagi tajriba shuni korsatmoqdaki, kochma Jamoatchilik qabulxonalari OzXDP goya va maqsadlarini nafaqat elektorat, balki keng xalq ommasi orasida targib qilishning samarali mexanizmiga aylanmoqda.

Muhammadjon OBIDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: