O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.02.2014

IJTIMOIY SIYOSATNI CHUQURLASHTIRISH

hamda mamlakat siyosiy hayotini barqarorlashtirish g‘oyalari faol qollab-quvvatlandi

Italiya Respublikasi rivojlanib borayotgan koppartiyali tizimga ega. Mamlakat konstitutsiyasining 49-moddasiga kora, siyosiy partiyalar fuqarolarning mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etish huquqini ta’minlaydigan erkin birlashmadir. 2013 yil 24-25 fevral kunlari bolib otgan muddatidan oldingi saylovlarda Italiya parlamentining quyi — Deputatlar palatasiga 630 nafar deputat, yuqori palata Senatga 315 nafar azo saylandi. Mamlakatning yirik partiyalari mutlaq kopchilik orinlarni qolga kirita olmadi va ular kichikroq partiyalar bilan koalitsiya tuzishiga togri keldi.

Avvalo, nima uchun Italiyada muddatidan oldin saylov otkazildi, degan savolga oydinlik kiritish kerak boladi.

2008 yilgi parlament saylovlarida Xalq erkin partiyasi yetakchilik qilayotgan ong markazchilar koalitsiyasi Shimoliy liga bilan birga Deputatlar palatasida ham, Senatda ham mutlaq kopchilik orinni egallagan edi. Xalq erkin partiyasi yetakchisi Silvio Berluskoni esa Prezident tomonidan uchinchi bor hukumat rahbari etib tayinlangan. Malumki, bu partiyaning asosiy suyanadigan qatlami yirik sarmoyadorlar, boy-badavlat kishilar, katta moliya va sanoat tarmoqlari mulkdorlari hisoblanadi. Shu sababli asosan ijtimoiy masalalar va ijtimoiy himoya goyalarini ilgari suradigan Demokratik partiya oz ittifoqdoshlari bilan birga asosiy oppozitsiyada bolib keldi.

2010 yil iyulga kelib, Deputatlar palatasi spikeri va Milliy alyans partiyasining sobiq yetakchisi parlament quyi palatasida yetakchi mavqega ega bolgan koalitsiyadan yuz ogirganidan keyin u tuzgan hukumatda inqiroz davri boshlandi. Qancha urinmasin Berluskoni oz mavqeini saqlab qololmadi. Hatto Xalq erkin partiyasini tugatib, oz tarafdorlari bilan yangi tuzgan Italiyaning kelajagi va ozodligi uchun partiyasi ham unga yordam berolmadi. 2010 yil oxirida u parlamentda yangi tuzgan Masuliyatli tashabbus guruhi yordamida hukumatga bildirilgan ishonchsizlik votumidan qiyinchilik bilan saqlanib qolgan edi. 2011 yil noyabr oyiga kelib, Yevropa iqtisodiy inqirozi chuqurlashgani natijasida Prezident Napolitano Berluskonini hukumat rahbarligidan istefoga chiqardi. Uning orniga tayinlangan Mario Monti Shimoliy liga va Italiya qadrli partiyasidan tashqari parlamentda yetakchi orinlarni egallagan barcha siyosiy partiyalarning keng qollab-quvvatlashi natijasida iqtisodiyot va moliya sohasida qator tizimli islohotlarni amalga oshirdi.

2012 yil dekabr oyida Deputatlar palatasida hukumatga ishonch bildirish masalasi ovozga qoyilganda Berluskoni koalitsiyasi deputatlari ovoz berishdan ozlarini tiyganidan song Mario Monti ham istefoga chiqdi. Ong markazchilar va sol markazchilar bloklari ortasidagi munosabatlar boshi berk kochaga kirib qolgan ana shunday bir vaziyatda Prezident partiyalar vakillari bilan maslahatlashib, parlamentni tarqatib yubordi va yangi saylovlarni elon qildi.

2013 yil fevral oyida Italiya Respublikasi parlamentiga navbatdan tashqari umumiy saylovlar ana shunday inqiroz holatida, siyosiy hayotdagi beqarorlik, mamlakat ijtimoiy hayotidagi tanglik vaziyatida bolib otdi. Saylovchilar oldida bir savol turar edi. Qanday goya, kim taklif etayotgan yol mamlakat hayotini barqarorlashtiradi, ijtimoiy turmushda ozgarishlarga olib keladi, inqiroz oqibatlaridan qutqaradi?

Takidlash kerakki, Janubiy Yevropada, Apennin yarimorolida joylashgan Italiya parlamentar respublika hisoblanadi. Shu sababli parlamentda qanday kuchlar hal qiluvchi rol oynashi mamlakat hayoti uchun juda katta ahamiyatga ega.

Sotsial-demokratiya goyalarini ilgari suradigan Italiya demokratik partiyasi 2008 yilgi saylovlar natijalariga kora, Deputatlar palatasida ham, Senatda ham ikkinchi orinni egallagan edi. Oxirgi saylovlarda esa bu partiya 300 taga yaqin joyni qolga kiritdi va oz ittifoqdoshlari bilan birga 340 ta deputatlik ornini band etib, quyi palatada mutlaq kopchilikni tashkil etdi.

Xalqaro ekspertlar, siyosatshunoslarning tahlillariga kora, Demokratik partiya bu muvaffaqiyatga erishishining asosiy sababi u ilgari surayotgan goya, kotarib chiqayotgan masalalarning naqadar dolzarbligida edi. Partiyaning dasturi asosan ikki yonalishni qamrab oldi. Bular ijtimoiy siyosatni faollashtirish, siyosiy hayotni barqarorlashtirish masalalaridir.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotgan, xususan, Italiyada ham ijtimoiy vaziyat tang ahvolga kelib qolgan bir paytda ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirish dolzarb ahamiyatga ega edi.

Tahlilchilarning fikricha, bugungi kunda ijtimoiy hayotni barqarorlashtirmasdan, ijtimoiy islohotlarni uzoqni kozlab, mutanosib olib bormasdan turib boshqa biror sohada katta muvaffaqiyatga erishish qiyin. Ayniqsa, odamlarni ishsizlikdan himoya qilish, ijtimoiy himoyani mustahkamlash, ijtimoiy yordamga muhtoj qatlam manfaatini himoyalash aholining umumiy kayfiyatini, yuritilayotgan siyosatga munosabatini belgilaydigan muhim omillardir.

Etibor qaratish kerakki, 2008 yilgi saylovlarda parlamentning ikkala palatasida ham kopchilik orinlarni egallagan bolsa-da, bir necha bor nomini ozgartirgan, lekin asosan konservativ liberalizm, liberalizm goyalarini ilgari surgan Xalq erkin partiyasi 2013 yil saylovlarida ikkala palata boyicha ham oz pozitsiyalarini boy berdi.

Bu narsa liberal goyalar ancha eskirib, jozibasini yoqotayotganligini korsatmoqda. Darhaqiqat, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy hayotning barqarorligi, oz hayoti farovonligini taminlashga xizmat qiladigan goyalar odamlar uchun har doim muhimroq bolgan.

Bekzod SHUKUROV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: