O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.02.2014

KOMPYUTER QARSHISIDAGI BOLALIK

Siz har kuni qo‘l telefoningizda nimalarni olib yurishingiz haqida oylab korganmisiz? Muloqot vositasidan tashqari, yoningizda internet, fotoapparat, videokamera, diktofon, soat, kalendar, kalkulyator, fonar, oyin, musiqa, televizor, radio kabi qurilmalar boladi. Ajablanarlisi, yaqin-yaqingacha ular alohida-alohida buyum sifatida xarid qilinar edi. Kompyuter haqida esa gapirmasa ham boladi. Birgina internet tarmogining ozida inson tafakkur qilishi mushkul bolgan amallar va jarayonlar yuz bermoqda.

Bugun kopchilikning xonadoniga zamonaviy kompyuterlar kirib keldi. Shunday bolsa-da, internet kafelar mijozlar bilan tolib-toshadi. Tolovlarni plastik kartochka orqali amalga oshirish mumkinligi ham mijozlarga qulaylik tugdiradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi kunda yurtimizda mingdan ortiq internet klublari faoliyat korsatmoqda. Bizning bu mavzuga murojaat qilishimizning sababi esa internet kafelar mijozlari orasida bolalarning kopligidir.

Xosh, ular mijozga qanday xizmat korsatmoqda? Klublar qonun talablariga muvofiq ishlayaptimi?

Avvalo, klublardagi yozuvlarga etibor beraylik: «Shovqin qilmang», Chekish mumkin emas, Maktab yoshidagi bolalarning dars vaqtida internet-kafega kirishi taqiqlanadi, Kompyuter ekrani oldida uzoq muddat qolish sogliq uchun zararli!, Siyosiy va pornografik saytlarga kirish man etiladi.

Afsuski, bu devordagi yozuvlar xolos. Agar klublardan biriga kirib qolsangiz bormi, qulogingiz tom bitadi. Yosh mijozlarning asabiylashayotgani sizni tashvishga soladi. Bir guruh ospirin-yoshlar umumiy tarmoq tizimi orqali bitta oyinni turli tomondan oynashadi (ochigi, ayrim yangi chiqqan oyinlarning nomi va yozilishi shu qadar qiyinki, aytishga tilingiz bormaydi). Birlari xaloskor, birlari josus, xullas, bu vertual olamda qurolsiz va qon tokmaydigan qahramonni uchratmaysiz. Oyindan erta chiqib ketgani alam qilgan Sarvar sherigi Umid bilan gijillashadi. Bu gavgolardan kozi pishib ketgan administrator janoblari boshini bir kotardi-yu, yana shovqin solsanglar, chiqarib yuboraman deya popisa qilib qoya qoldi.

Umumiy xulosalar shuni korsatadiki, mijozlarning aksariyati oyinga mukkasidan ketgan bolalar. Hatto ularning oz otiradigan kompyuterlari bor. Kuzatish bahonasida biroz internetga kirgan odam boldim. Besh daqiqa otar-otmas yonimda 13-15 yoshlardagi bola paydo boldi:

— Aka, bu mening doimiy otiradigan joyim, oyinimni ham shu yerga saqlab qoygan edim, boshqasiga otiring, iltimos.

Uni gapga solaman:

Isming nima?

Javlon.

Bu yerga har kuni kelasanmi?

Ha, darsdan keyin kiraman.

Unga joyini boshatib berdim:

Pulni qayerdan olasan?

U monitordan koz uzmay savollarimga javob qaytardi:

Oyim ovqatga deb beradilar.

Ovqat yemaysanmi?

Bola javob bermadi... Shunda tarmoq ichida soatlarning daqiqa tezligida harakatlanishi yodimga tushdi. Rosti, kompyuter qarshisida vaqt shu qadar tez otadiki, hatto qorning ochganini ham sezmay qolasan.

Eng achinarlisi, yosh mijoz och qoladi, boshi ogriydi, asabiylashadi. Dars vaqtida ham uning xayolini jangovor manzaralar, otishmalar egallab turmasligiga kim kafolat beradi?

Ekran qarshisida yoshi kattaroq mijoz otirsa, uni tushunsa bolar. Har holda oqni qoradan ajrata oladi. Bolalar-chi?

Shunda bir haqiqatni anglaysan: bolalik chogida baxtiyor bolish uchun aql, keksalikda esa vaqt yetmay qolar ekan. Ammo na iloj, har qadamda turmush tashvishlari bilan bandligimiz ham ayni haqiqat. Biroq bu jarayonlarning nazoratchisi yolgiz ozimiz ekanligi ham kunday ayon.

Kompyuter oyinlarining momaygina daromad keltirayotgani hech kimga sir emas. Vazirlar Mahkamasining qarorida internet-klublarning kech soat 23.00gacha faoliyat korsatishi belgilab qoyilgan. Ammo ayrim klub egalarining hali-hamon yashirincha tungi soatlarda ham mijozlarga xizmat korsatayotgani quloqqa chalinib qoladi.

Masalaning yana bir tomoni shundaki, bolalarning kompyuterdan foydalanish konikmasi tola shakllanmagan. Axir foydalanuvchi kompyuter qarshisida qancha vaqt, qanday uzoqlikda otirishni bilishi kerak. Bu xususda Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan kompyuter texnikasi foydalanuvchilari uchun gigienik talablar ishlab chiqilgan. Shifokorlarning aytishicha, kompyuterdan 45 daqiqa foydalangach, 10-15 daqiqa ochiq havoda aylanish kerak. Chunki elektromagnit tolqinlar inson organizmiga kuchli tasir otkazib, unda leykemiya (oq qon) kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Ungacha kishi bosh ogrigi, holsizlanish, uyqusizlik va asabiylashishga moyil bolib qoladi.

Xulosa ornida bir filmning qisqa syujeti yodimga tushdi. Kompyuter oyinlariga mukkasidan ketib, oz hayotini unutayozgan bolakay kichkinagina fleshkaning ichiga tushib qoladi. Unda son-sanoqsiz viruslar, yuqumli bakteriyalarning hujumiga duch keladi. Film songgida bolakay u havas bilan qarayotgan vertual olam oz hayoti, oilasi, yaqinlari oldida sariq chaqaga ham arzimasligini tushunib yetadi.

Bobur ELMURODOV,

Ozbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti magistranti.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: