O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.02.2014

TIJORAT SIRI SAQLANISHI UCHUN

avvalo, mulkdorning o‘zi mas’ul bolishi shart

OzXDP fraksiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan «Tijorat siri togrisida»gi qonun loyihasi boyicha OzLiDeP fraksiyasining fikri bilan murosa qilmayapti.

Malumki, qonunlar qanchalik pishiq va puxta bolsa, undan odamlar va jamiyat shunchalik manfaat koradi. Parlamentda qonunlar loyihalari boyicha muhokamalar, fraksiyalararo tortishuvlar qizgin va chuqur otishi qabul qilinayotgan qonunlarning mukammal bolishiga xizmat qiladi.

Qonunlar loyihalarida belgilanayotgan meyorlar yuzasidan deputatlar va fraksiyalarning taklif-mulohazalari hisobga olinishi muhim ahamiyatga ega, albatta. 2013 yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamentiga ozgartish va qoshimchalar kiritilishidan kozlangan maqsad ham qonun ijodkorligi jarayonini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Hozirda parlament quyi palatasida qonun loyihalari korib chiqilayotganda fraksiyalarning munosabati, taklif-tavsiyalari majburiy tartibda hisobga olinayapti. Bu prinsipning joriy etilishi qonunlar loyihalarining har tomonlama chuqur muhokama qilinishini taminlamoqda. Fraksiyalar har bir masalaga siyosiy partiyalarning dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib yondashayotgani ular ortasidagi tortishuvlarni yanada kuchaytirmoqda.

Xususan, Tijorat siri togrisidagi qonun loyihasiga OzXDP va OzLiDeP fraksiyalarining yondashuvlari har xil bolayapti. OzXDP fraksiyasi tijorat sirini belgilash, uni himoya qilish bilan bogliq munosabatlarni qonun loyihasida aniq aks ettirish boyicha OzLiDeP fraksiyasi yondashuviga qarshi fikrlarni ilgari surayapti.

Xosh, fraksiyalar qonun loyihasidagi qaysi masalalar yuzasidan murosaga kelolmayapti? OzXDP fraksiyasi takliflarining mazmun-mohiyati nimadan iborat?

Nazira MATYoQUBOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

— Biz tijorat siri belgilanishi, himoya qilinishi nafaqat tijorat siri mulkdorlari uchun, balki mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun ham muhim, deb hisoblaymiz. Chunki tijorat siri saqlanishi, korxona faoliyati, ishlab turgan odamlarning daromadi, ijtimoiy himoyasi, huquqlari, ish orinlarining barqarorligi bilan bogliq.

Fraksiyamiz shu manoda tijorat siri haqida qonun qabul qilinishini qollab-quvvatlaydi. Faqat tijorat siriga daxldor huquqiy munosabatlar aniq va mufassal belgilab olinishi kerak, deb hisoblaydi.

Qonun qabul qilingandan keyin ijro jarayonida tijorat sirini belgilash, saqlash va undan foydalanish masalalarida turli chigalliklar kelib chiqmasligi lozim. Fraksiyamiz mana shu pozitsiyada turibdi. Oz takliflarini ham shunga qarab bildirayapti.

Bizning qatiy pozitsiyamiz shundan iboratki, tijorat siri haqidagi qonun loyihasiga masuliyat bilan yondashish kerak. Sababi, ayrim davlatlarda bunday qonunlar qabul qilingan bolsa-da, kop otmay ularga jiddiy ozgartishlar kiritilgan. Taniqli huquqshunoslar, turli soha mutaxassislari bazi davlatlardagi tijorat siri bilan bogliq qonunlarning aksariyat moddalari ishlamayotgani, tijorat siriga yondashishlarda ayrim hollarda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari inobatga olinmayotganini takidlashmoqda. Shundan kelib chiqib, fraksiyamiz qonun loyihasi boyicha qator takliflar bilan chiqayapti.

Alisher TILLABOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Avvalo, qonun loyihasida tijorat siriga berilayotgan tarifni aniqlashtirib olish kerak. Hozirgi tarif boyicha fan-texnika yutuqlari, kasbiy malaka bilan bogliq axborotlar ham tijorat siriga kiritilishi mumkin.

Qonun loyihasida tijorat sirining tarkibi va hajmi uning mulkdori tomonidan belgilanishi nazarda tutilayapti. Mulkdor tijorat siridan xabardor xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilayotganda, tijorat sirini oshkor etmaslik boyicha unga muddat belgilash huquqiga ega bolayapti.

Bundan kelib chiqadiki, mulkdor tijorat sirining tarkibi va hajmini belgilayotganda, fan-texnika yutuqlari, kasbiy malaka bilan bogliq axborotlarni ham tijorat sirining bir qismi sifatida belgilasa, mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxs tijorat siri mulkdori tomonidan korsatilgan muddat tamom bolguncha ishlab orttirgan kasbiy malakasi, tajribasini ishlata olmaydi.

Bizning fraksiyamiz fikricha, bunday meyor belgilanishi ishlab malaka va tajriba orttirgan xodimlarning mehnat qilish boyicha huquqlarini cheklaydi, kelgusi faoliyatiga salbiy tasir korsatadi.

Shuning uchun qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida tijorat sirini oshkor etmaslik boyicha muddat belgilanishi masalasiga chuqur yondashish, qonun loyihasida bu haqdagi meyorlarni aniq-ravshan belgilab olish zarur.

Qolaversa, qonun loyihasida tijorat siriga qoyiladigan talablarni huquqiy jihatdan yanada aniqlashtirish, tijorat sirini himoya qilish bilan bogliq munosabatlarni belgilashda ishchi-xodimlarning qonuniy haq-huquqlarini hisobga olish lozim.

Hafiza KARIMOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi:

Agar tasodifan yoki xato harakatlar oqibatida tijorat siri ozgaga malum bolib qolsa, tijorat siri mulkdori uning maxfiyligini saqlashni talab qilish huquqiga ega boladi. Qonun loyihasiga kora, shunday meyor belgilanishi nazarda tutilgan. Fraksiyamiz fikricha, bu notogri.

Faraz qilaylik, oz faoliyatini qanday yuritayotgani, qanday foyda olayotgani, muvaffaqiyatining sirlari bilan bogliq hujjatlar tadbirkorning ehtiyotsizligi tufayli u bilan tanishishi mumkin bolmagan xodimning qoliga tushib qoldi. Keyin nima boladi? Qonun loyihasiga muvofiq, ehtiyotsizlik qilib qoygan tadbirkor tasodifan tijorat siridan xabardor bolib qolgan xodimdan tijorat sirini saqlashni talab qiladi.

Yani, tadbirkorning xatosi uchun tadbirkor emas, sirni tasodifan bilib qolgan xodim javobgar boladi. Qonun loyihasida bir shaxsning ehtiyotsizligi uchun boshqa shaxs javob berishi zarur, degan meyor belgilanayapti. Fraksiyamiz bunga qoshilmaydi. Biz qonun loyihasidan mazkur meyorni chiqarib tashlashni taklif qilayapmiz. Aks holda, ertaga bundan koplab muammolar, adolatsizliklar, nizolar kelib chiqishi mumkin.

Tijorat siri saqlanishi uchun, avvalo, mulkdorning ozi masul bolishi shart. Shu bois qonun loyihasida tijorat sirini saqlash choralarini korish boyicha mulkdorlarning masuliyatini oshiradigan meyor kozda tutilishi maqsadga muvofiq.

Tijorat siri mulkdorining huquqlari, tijorat sirini biladigan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyingi huquqiy munosabatlar, shuningdek, qonun loyihasidagi boshqa qator masalalar boyicha ham OzXDP fraksiyasi oz nuqtai nazari, takliflariga ega. Fraksiya Tijorat siri togrisidagi qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida ularni himoya qiladi.

Parlamentdagi qonun ijodkorligi jarayonida yuzaga kelayotgan fraksiyalararo tortishuvlar qonun loyihalarini har jihatdan takomillashtirish ustida borayapti. Eng muhimi, har bir fikr, har bir taklif qonun loyihasini kuchaytirishga tasir etadi. Hayotiy takliflargina mustahkam qonunlarga asos boladi.

Tolqin TORAXONOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: