O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.02.2014

AVSTRIYA SIYOSIY PARTIYALARI

900 dan ortiq, lekin aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan g‘oyalarni ilgari surgan partiya parlamentda kopchilik orin egalladi

Avstriyada mamlakat darajasidagi har bir hujjat, xalqaro shartnoma, dastur, davlat kelajagi bilan bogliq muhim qarorlar bevosita siyosiy partiyalarning taklif va tavsiyalari asosida qabul qilinadi. Bunday tizim jamiyatda goyalar va fikrlar xilma-xilligi rivojlanishi, xalq xohish-irodasini namoyon etishi, ularning mamlakat boshqaruvida bevosita ta’sirini oshirishga imkoniyat yaratadi.

Avstriyada Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament — Milliy kengash (quyi palata) va Federal kengash (yuqori palata) amalga oshiradi. Mamlakatda siyosiy partiyalar shakllanishi uchun keng imkoniyat yaratilgan hamda ularga davlat boshqaruvini tashkil etish boyicha katta vakolatlar berilgan.

Buning natijasida mamlakatda 900 dan ortiq siyosiy partiya royxatdan otgan. Ammo songgi saylovda sanoqli partiyalar parlamentdan orin olishga erishdi. Hozirgi kunda parlamentga 7 ta siyosiy partiyaning vakillari kirgan bolsa-da, 5 ta partiya asosiy orinni egallagan. Shunga qaramasdan, oxirgi on besh yil davomida Avstriyada yangi-yangi siyosiy partiyalar shakllanishda davom etmoqda.

Vena universiteti professori, siyosatshunos Markus Vagner bu haqda shunday fikr bildirgan: Avstriyada kichik partiyalarning parlamentda va hukumatni shakllantirishda oz orni bor. Buni songgi saylov ham korsatdi. Golib bolgan partiyaning muvaffaqiyatga erishishida hududlarda faoliyat korsatayotgan kichik partiyalarning hissasi katta boldi. Shu orqali ular amaldagi hukumatni shakllantirishda ishtirok etish imkoniyatini qolga kiritdi.

Biroq ayrim xalqaro tahlilchilarning fikriga kora, Avstriya Milliy kengashiga bolgan oxirgi saylov mamlakatda siyosiy partiyalar haddan kopligini korsatmoqda.

Avstriya davlat boshqaruvidagi oziga xos xususiyatlardan biri malum siyosiy partiyalar mahalliy hukumatlarni shakllantirishda faol ishtirok etishidir. Jumladan, otgan saylov natijalariga kora, 4 ta siyosiy partiya mahalliy hukumatni shakllantirishda ishtirok etdi. Bu Avstriyada butun mamlakat boshqaruvi vakillik hokimiyatining qolida ekanini korsatib turibdi. Asosiysi mazkur tizim mahalliy hukumatni boshqarishda ham xalq vakillarining ishtirokini kengaytiradi, ularning xohish-istaklarini ifodalaydi hamda demokratik tamoyillarning qaror topishiga xizmat qiladi.

2013 yil 29 sentyabrda Avstriya parlamentiga bolgan saylovda kutilganidek, Avstriya sotsial-demokratik partiyasi saylovchilarning 26 foiz ovozini qolga kiritib, yana bir bor (2008 yilda bolgan saylovlarda ham mazkur partiya yetakchi bolgan) golib chiqdi. Mazkur partiya Milliy kengashdagi 183 orindan 56 tasini, Federal kengashdagi 62 orindan 24 tasini qolga kiritdi.

Bir necha saylovlardan buyon ijtimoiy soha xarajatlarini qisqartirish, iqtisodiyotni chuqur isloh qilish goyalarini ilgari surayotgan, asosiy elektorati yirik sarmoyadorlar, ishbilarmonlar va fermerlar bolgan Avstriya Xalq partiyasi maglubiyatga uchradi.

Xosh, bu qanday sodir boldi? Sotsial goyalar keng qollab-quvvatlanishiga olib kelgan omil nimada?

Avstriyaning bugungi iqtisodiy-ijtimoiy holatiga etibor qaratsak, iqtisodiyot barqaror rivojlanayotganini koramiz. Inflyatsiya va ishsizlik darajasi ham Yevropa mamlakatlari orasida eng past korsatkichlardan hisoblanadi. Shu bois saylovoldi kampaniyasi davrida muhokamalar va tortishuvlar markaziga muhim ijtimoiy masala mamlakatdagi migrantlar muammosini hal etish kotarildi. Shuningdek, asosiy etibor ichki ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni bartaraf etishga qaratildi. Natijada eng kam oylik ish haqi miqdorini oshirish, soliq siyosati, ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirishga qaratilgan takliflar saylovchilar tomonidan keng qollab-quvvatlandi.

Partiya yetakchisi Verner Fayman yana bir bor kanslerlik lavozimini egalladi.

Bu kopchilik rivojlangan demokratik davlatlarda bolgani kabi muayyan sarmoyadorlar, tadbirkorlar, ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilayotgan goyalarning tarafdorlari kamayib ketayotganidan dalolat beradi. Aksincha, byudjetdan daromad oluvchilar, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand kishilar manfaatlari, yoshlar bandligini taminlash bilan bogliq qarashlarni ozida ifoda etgan siyosiy kuchlar aholining kopchilik qismi tomonidan maqullanmoqda.

Nurali ORIPOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: