O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.02.2014

AQSHda yirik togon va gidroenergetika obektlari qurilishini qollab-quvvatlashni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

Xalqaro ekologiya tashkilotlari, shuningdek, texnogen xavflar bo‘yicha mutaxassis va ekspertlarning uzoq sa’y-harakatlari natijasida 2014 yilning yanvarida AQSh Kongressi va Senati muhim qonunchilik normalarini joriy etishni kozda tutadigan qonunni qabul qildi va Prezident Barak Obama uni imzoladi.

Mazkur qonunga muvofiq, Xalqaro moliya institutlari direktorlar kengashlaridagi AQSh vakillari endi yirik togonlar va gidroenergetika obektlari qurilishi loyihalarini qollab-quvvatlash uchun qarz olish yoki ushbu loyihalar bilan bogliq har qanday hujjatni maqullashga qarshi chiqishga majbur.

Bugungi kunda AQSh asosiy xalqaro moliya institutlari, jumladan, Xalqaro valyuta jamgarmasi, Jahon banki, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo rivojlanish jamgarmasi va boshqa moliya institutlarining yirik aksiyadori va donori hisoblanadi. Amerika Qoshma Shtatlari ozi aksiyador bolgan barcha xalqaro moliya institutlarida togonlar va yirik gidroenergetika obektlari qurilishiga qaratilgan har qanday loyihani moliyalashtirish va maqullash togrisidagi takliflarni qollab-quvvatlashni qonuniy taqiqladi.

AQSh qonunchilik va ijro hokimiyatlarining ushbu qarori har tomonlama asoslidir. Chunki songgi yillarda ekolog-mutaxassislar, texnogen xavflar boyicha ekspertlar, muhandis va huquqshunoslar tomonidan otkazilgan tadqiqotlar, mazkur muammoning xalqaro darajada bir necha bor muhokama etilishi baland togonlar qurish oqibatida yuzaga keladigan salbiy holatlar, xavf va tahdidlar bilan bogliq masalaga oydinlik kiritdi. Zero, bu bilan bogliq masalalar, ayniqsa, togli sharoitlarda yanada murakkab tus olib, koplab sohalarda oldindan aytib bolmaydigan oqibatlarga olib kelishi va tuzatib bolmas darajada zarar yetkazishi mumkin.

Shu bois ekologiya tashkilotlari tashabbusi bilan qabul qilingan va AQShning barcha hokimiyat tarmoqlari tomonidan qollab-quvvatlangan mazkur normalar keng kolamli ekologik, texnogen va ijtimoiy-iqtisodiy falokatlarga sabab boladigan yirik gidroenergetika obektlarini qurish loyihalarini amalga oshirishga yol qoyib bolmasligiga aniq va togri ishoradir.

Markaziy Osiyo mintaqasida yirik togon va gidroenergetika obektlarini barpo etishga yol qoymaslik goyat dolzarb masaladir. Chunki songgi yillarda mintaqaning asosiy transchegaraviy daryolari — Amudaryo, Sirdaryo va ularning irmoqlarida hali sobiq tuzum davrida qurilishi rejalashtirilgan yirik gidroelektr stansiyalar, jumladan, Rogun GESi va 1-Qambarota GESini qurish loyihalarini qayta tiklashga qatiy urinishlar bolmoqda.

Bunday loyihalarning asosiy xavfli tomoni shundaki, elektr energiyasi taqchilligi va yangi quvvatlarni tashkil etish muammosini ushbu loyihalar amalga oshirilishi oqibatida butun mintaqa uchun uzoq muddatli halokatli oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligini etiborga olmay hal qilishga urinishlar bolmoqda.

Mintaqa ekologiyasining onglab bolmas darajada ozgarib ketishi va tabiatdan foydalanish boyicha yuzaga kelgan tizimlar ana shunday asosiy xavflar sirasiga kiradi. Bu Markaziy Osiyoda jiddiy ekologik halokatning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin. Yirik togonlar qurilishi mintaqaning shundoq ham nozik ekologik muvozanatini izdan chiqarib, asosiy suv oqimlarini mavsumiy taqsimlash va kop yillik boshqarish tizimini toliq ozgartirib yuboradi, mintaqadagi suv resurslari taqchilligini halokat yoqasiga keltirib qoyadi.

Togonlar qurilishi Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan mamlakatlarda yoz mavsumida suv nihoyatda kamayib, uzoq vaqt kuchli qurgoqchilik yuzaga kelishi, qishda esa falokatli toshqinlar roy berishi, ekin maydonlarining shorlanishi va hosildorlik keskin kamayib, millionlab odamlarning och-nahor va ishsiz qolishiga, aholining bu yerdan ommaviy kochishiga sabab bolishi mumkin. Global ekologik halokat zonasiga aylanib borayotgan Orol dengiziga tutash hududlarda esa ahvol bundan-da murakkablashadi.

Bugungi kunda batamom eskirgan, bundan 40 yil muqaddam-sovet davrida ishlab chiqilgan, xavfsizlik va barqarorlik boyicha zamonaviy talablarga mutlaqo javob bermaydigan loyihalar va normalardan foydalanishga urinishlar oqibatida paydo boladigan texnogen falokatlar ham juda xavflidir.

10 balli kuchli zilzilalar va murakkab tektonik opirilishlar muntazam sodir bolib turadigan hududda dunyodagi eng baland togonlarni barpo etish kozda tutilmoqda. Rogun togoni qurilishi moljallanayotgan joy kuchli tuz qatlamidan iborat bolib, suvning sizib kirishi natijasida tuzlar asta-sekin erib ketishi hech gap emas.

Bunday togonlarning opirilish ehtimoli oz yolidagi barcha gidrotexnik inshootlarni butkul yuvib ketadigan ulkan va kuchli suv tolqinlari hosil qilishi mumkin. Bu, oz navbatida, ushbu daryolar quyi oqimida joylashgan yuzlab aholi punktlarining toliq yoki qisman suv ostida qolishiga, yuz minglab odamlarning qurbon bolishi va boshqa son-sanoqsiz fojiali oqibatlarga olib keladi.

Transchegaraviy daryolarda baland togonlar qurilishi oqibatida yuzaga keladigan xavf-xatarlar haqida gapirganda, xalqaro huquq normalari, xususan, BMTning majburiy xalqaro mustaqil ekspertiza otkazish, zarar yetkazmaslik va bunday loyihalar boyicha barcha manfaatdor mamlakatlar bilan kelishish zarurligi haqida aniq talablar belgilangan tegishli konvensiyalari (1997 yilgi Atrof-muhitga tasirni baholash togrisidagi konvensiya, Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro kollarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish boyicha konvensiya, Xalqaro suv oqimlaridan foydalanish huquqi haqidagi konvensiya) talablari hisobga olinishi shart.

Shubhasiz, AQShda ushbu mamlakat parlamenti va hukumatining mazkur masala yuzasidan qatiy pozitsiyasini aniq ifoda etgan ushbu qonunning qabul qilinishi jahon hamjamiyati yirik togonlar va gidroelektrstansiyalar qurilishi yetkazadigan mislsiz xavflar oqibatini anglab yetayotganidan yana bir karra dalolat beradi.

Bu qaror Markaziy Osiyoda yirik togon va gidroelektrstansiyalar qurish loyihasini amalga oshirishga ojarlik bilan intilayotganlarni hushyor torttirishi darkor.

Yuqorida qayd etilgan xalqaro moliya institutlari Markaziy Osiyo mintaqasida asosiy investorlar ekani inobatga olinadigan bolsa, qabul qilingan ushbu qonun bunday ulkan loyihalarning amalga oshirilishi yetkazadigan barcha xavf-xatar va oqibatlarga yana bir bor teran koz bilan qarashga undaydi, shuningdek, mavjud energiya taqchilligi muammosini hal etishning muqobil yollariga etibor qaratish boyicha yangi imkoniyatlar yaratadi. Zero, muammoni hal etishning muqobil yollari ekologik normalarni buzmaydi, texnogen halokatlarni keltirib chiqarmaydi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan xalqaro huquq normalariga zid kelmaydi.

S.JIGARYOV,

«Gidroloyiha» instituti direktori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: