O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.02.2014

CHEXIYA: KOPPARTIYALI TIZIM YANADA MUSTAHKAMLANDI

parlamentga kirish oson kechmadi

Ko‘ppartiyali tizim, uning oziga xos xususiyatlari haqida xalqaro ekspertlar, olimlar, qolaversa, jamoatchilik ortasida bir-biriga oxshamaydigan fikrlar yuradi.

Biroq kopchilik davlat boshqaruvini har tomonlama oqilona va samarali olib borish, fuqarolarning xohish irodasini royobga chiqarish uchun koppartiyali tizim zarur, deb hisoblaydi.

2013 yil Chexiya parlamentiga bolib otgan muddatidan oldingi saylov, sodda qilib aytganda, kopdan-kop fikr chiqishi, hech kim vaziyatni faqat oz foydasiga ogdirib ololmasligini isbotladi, desak, xato bolmaydi.

Chexiya parlamenti quyi palatasi, ya’ni Deputatlar palatasiga otkazilgan mazkur saylovda jami 23 ta siyosiy partiya ishtirok etdi. Tabiiyki, ularning goyalari, saylovoldi dasturlari turlicha boldi. Oquvchida yetarli tasavvur hosil bolishi uchun saylovda Chexiya fuqarolari eng kop ovoz bergan siyosiy partiyalarning goyalariga qisqacha toxtalib otish joiz.

Chexiya sotsial — demokratik partiyasi oz takliflarini ondan ortiq yonalishda taqdim etdi. Partiya, avvalo, yangi ish orinlari yaratish masalasini qoydi. Transport tizimi, turar-joylar yaxshilanishi, ijtimoiy va tibbiy xizmatlar rivojiga davlat hamda xususiy investitsiyalar koproq yonaltirilishi, odamlar ish topishiga yordam berilishi kerak. Yoshlar va imkoniyati cheklangan kishilar mehnat qilishi qollab-quvvatlanishi, ishsizlik darajasi yuqori bolgan hududlar rivojlantirilishi, xususan, qishloq xojaligi isloh qilinishi muhim.

Juda yuqori daromadlarga yarasha foyda soligi kopayishi, soliq tolashdan qochish qattiq jazolanishi, kassa apparatlari ornatilishi boyicha nazorat kuchaytirilishi lozim. Davlat kommunal tolovlar tariflarining oshib ketmasligini taminlash orqali fuqarolarni himoya qilishi, eng kam ish haqi miqdori 12000 kron (amalda 8500 kron) bolishi, yosh oilalar har tomonlama qollab-quvvatlanishi, oilaviy hayot himoya qilinishi kerak.

ANO 2011 partiyasi (2011 yil tashkil etilgan, ANO sozi ozbek tilida HA, degan manoni bildiradi) asosan, korruptsiyaga qarshi kurashish tarafdori bolib chiqdi. Qiziq tomoni, bu partiya odatdagi siyosiy partiyalar kabi muayyan yonalishdagi dasturiga ega emas. Mutaxassislar qayd etishicha, mazkur partiya Chexiya fuqarolarining ijtimoiy kayfiyati, xohishini organgan holda, saylovoldi dasturini shakllantirgan.

Partiya pensiya yoshiga yaqinlashgan fuqarolar, nogironlarning tolaqonli mehnat qilishiga sharoit yaratish, davlat xizmatlarida munosib kadrlar ishlashini taminlash, elektr energiya narxini arzonlashtirish masalalariga etibor qaratadi. Saylov oldidan davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, xususan, tenderlar otkazish tartib-taomillarini yaxshilash, bu borada oshkoralikni yetarli darajada taminlash tarafdori boldi. Elektron hukumatni yaratish ishlari izchil davom ettirilishi, fuqarolar mansabdor shaxslarga murojaat qiladigan turli masalalar elektron avtomatlashgan tarzda hal boladigan tizimga otilishi kerak. Chunki yuzma-yuz uchrashuv paytida mansabdor shaxslar va fuqarolar ortasida murojaat yechimiga aloqasi bolmagan anglashilmovchiliklar kelib chiqishi mumkin.

Umuman, ANO 2011 rivojlangan demokratiyaga ega davlatlardagi siyosiy partiyalar maqul korayotgan, siyosiy ongi, dunyoqarashi yuqori saylovchilar qollab-quvvatlayotgan goyalarni ilgari surdi.

Saylov natijalari Chexiyada, asosan, sotsial-demokratik partiyasi va ANO partiyasi takliflari amalga oshishiga koproq zarurat borligini korsatdi. Chexiya sotsial-demokratik partiyasi 22,03 foiz, saylovda birinchi marta ishtirok etishiga qaramay, ANO 2011 partiyasi 18,62 foiz saylovchi ovoziga ega boldi. Bu partiyalar Deputatlar palatasidagi 200 deputatlik ornidan tegishlicha 50 va 47 ta, yani jami 97 orinni band etdi. Parlamentda kopchilikni tashkil qilish uchun bu yetarli emasdi.

Shuning uchun ular yana bitta partiya bilan murosa yolini tanlashiga togri keldi. Bu – saylovda 6,78 foiz ovoz yiqqan Xristian demokratlar partiyasi boldi. Quyi palatada 14 ta orinni egallagan mazkur partiya Chexiya sotsial-demokratik partiyasi va ANO 2011 partiyasi bilan murosaga kelgach, ular ortasida yangi hukumatni shakllantirish boyicha koalitsiya shartnomasi tuzildi.

Chexiya Deputatlar palatasiga 2010 yilgi saylovdan song 50 deputatlik ornini egallagan, boshqa partiyalar bilan koalitsiya tuzib, hukumatni shakllantirishda yetakchilik qilgan hamda neoliberalizm goyalarini yoqlaydigan Fuqarolik demokratik partiyasi bu galgi saylovda 7,72 foiz ovoz oldi. Unga ittifoqdosh bolgan partiyalarga ham omad unchalik kulib boqmadi.

Siyosiy partiyalar davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha turli goya va takliflarni ilgari suradi, saylovchilar ulardan istaganiga ovoz beradi, shu asosda parlament, hukumat shakllanadi, davlatning uzoq muddatga moljallangan strategik dasturlari belgilab olinadi. 2010 yilda Chexiya parlamentida kopchilikni tashkil qilgan va hukumatni shakllantirishda ishtirok etgan partiyalar ayni paytda bu imkoniyatga ega emas. Chexiya xalqi saylovda faol qatnashish, siyosiy irodasini namoyish etish orqali bu safar boshqa partiyalarga koproq ishonch bildirdi.

Dunyo tajribasidan yana bir bor korinib turibdiki, qaysi partiya odamlarni tashvishga solayotgan, qiziqtirayotgan masalalarni hal etish uchun kurashsa osha partiya koproq qollab-quvvatlanadi.

Sayfulla ESHBOBOYEV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: