O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.01.2014

MOBIL TOLOVLAR VAQTNI TEJAYDI, QULAY VA ISHONCHLI

Kundalik hayotimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur eta olmaymiz. Ular hayotimizga tobora chuqurroq kirib kelib, odamlar manfaatiga xizmat qilmoqda.

Mobil telefonlarning qanday afzallik va qulayliklarga ega ekanligini bugun barchamiz yaxshi bilamiz. Undan nafaqat aloqa vositasi, foto kamera, ovoz yozib olish yoki MP-3 jihozi, qolaversa, bugun to‘lov vositasi sifatida ham foydalanilmoqda. Bundan kopchilik hozircha bexabar bolishi mumkin. Ammo «SMS TO’LOV» tizimi ishlab chiqilib, naqdsiz tolovlarni telefon vositasi yoki internet, shuningdek, SMS orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bu yangi va qulay bolgan tizim togrisida oquvchilarimizga tolaroq malumot berish maqsadida ushbu tizimni amaliyotga joriy etishga masul bolgan Ozbekiston Savdo-sanoat palatasining Call-center maslahat markazi yetakchi mutaxassisi Alisher Salyamovga murojaat qildik.

SMS TOLOV tizimi orqali turli xil tovar va xizmat turlari uchun elektron tolovni amalga oshira olasiz. Buning uchun siz SMS TOLOV tizimida royxatdan otishingiz yoki ozingizning telefoningizga mavjud mobil dasturni ornatishingiz lozim. Shundan keyin sizning mobil telefoningiz bankdan olgan plastik kartochkaning hisob-raqamiga ulanadi.

SMS TOLOV pullik xizmatidan foydalanuvchilar quyidagicha royxatdan otadi. Bankda SMS Informirovaniya (SMS Xabarnoma) xizmatiga shaxsiy UZKARD yoki onlayn plastik kartochkasi orqali ulanadi hamda kartalar yaqindagi bankomatlar orqali mijozning telefon raqamiga boglanadi. Shundan song foydalanuvchi bilan korsatiladigan xizmat yuzasidan uning roziligiga kora, keyingi ishlarni amalga oshirish uchun shartnoma tuziladi.

Jumladan, SMS TOLOV mobil dasturini ozingizning mobil telefoningizga www.smst.uz rasmiy caytidan yoki google play market (android uchun) va appstore (iphone uchun) kabi rasmiy manbalar orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud. Mobil dastur ornatgandan keyin, login va parol kiritilib, yani (olingan sms orqali) umumiy taklifning yakunlovchi qarorini olish uchun esa Ya prinimayu (Hammaga tushunarli bolishi uchun hozircha rus tilida yozilmoqda) komandasini tanlash lozim. Shu vaqtning ozida elektron raqamli imzoning kaliti sizning telefoningizda paydo boladi, u telefon ekranida korinishi uchun Dalee tugmasi bosiladi. Bundan keyin, serverda mijoz telefonidan royxatga olish haqida sms yoki foydalanish uchun tayyor dastur olinadi va bosh menyudan nastroykaga kirilib, profeldan kard deb atalgan joyga plastik kartochkangizning raqamini kiritasiz. Songra soxranit tugmasi bosiladi va shundan song undan bemalol foydalanish mumkin.

SMS TOLOV xizmatidan aholi savdo-sotiq ishlarida ham foydalanishi mumkinmi?

Hozirda bank tomonidan berilgan plastik kartochkani olib xaridni barchamiz amalga oshirmoqdamiz. Endilikda xarid uchun savdo shoxobchasi, Minimarket yoki Supermarketlarga plastik kartochkani olib borishimizning hojati qolmaydi. Chunki SMS TOLOV mobil dasturini ozingizning mobil telefoningizga ornatsangiz bas, bemalol xaridni amalga oshirish mumkin. Masalan, biron savdo shoxobchasiga bordingiz, olingan mahsulot summasi aytilgandan song, ushbu xizmat korsatuvchi savdo shoxobchasining xaridorlarga korinadigan joyga osib qoyilgan maxsus kassa raqamiga telefonimiz orqali aytilgan mablagni otkazamiz. Shunda mobil telefonimizga otkazilgan mablagni tasdiqlovchi malumot keladi. Xuddi shunday malumot savdo xodimining mobil telefonida ham paydo boladi. Ushbu tizim aholiga kop jihatdan qulaylik yaratadi. Chunki, hozirda yurtdoshlarimiz xarid chogida duch kelayotgan muammolar, yani elektr toki yoq edi, terminalimizdagi karta tolib qoldi kabi turli-tuman bahonalarga ham orin qolmaydi.

Bundan tashqari, ushbu tizim orqali jismoniy shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soliqlari hamda kommunal, bank, internet provayder xizmatlariga va uyali aloqa kompaniyalariga tolovlarni amalga oshirish mumkin. Yana shuni aytib otmoqchi edim. Ushbu SMS TOLOV tizimi boyicha aholida savollar tugiladigan bolsa, 150-60-06 telefoniga murojaat qilishlari mumkin.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Toshtemir XUDOYQULOV suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: