O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
25.01.2014

ODAMLAR HAYOTIGA TOGRIDAN-TOGRI TASIR ETUVCHI GOYALAR

faol qo‘llab-quvvatlanmoqda

Bugun dunyoda davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz nafaqat mamlakatlar taraqqiyotiga ta’sir etmoqda, balki siyosiy qarashlarni ham ozgartirib yubormoqda.

Xalqaro ekspertlar, tadqiqotchilarning xulosalariga tayanib aytish mumkinki, faqatgina iqtisodiyotni rivojlantirishga zor berish orqali mamlakatni taraqqiy ettirib bolmas ekan. Iqtisodiy jihatdan rivojlanish boshqa hamma muammolarni hal qiladi, degan qarashlar ozini oqlamaganiga kopchilik ishonch hosil qilmoqda.

Buni dunyo mamlakatlarida siyosiy goyalarga munosabat ozgarib borayotganida ham korish mumkin. Tahlillar keyingi yillarda kopgina mamlakatlarda odamlar ijtimoiy himoya goyalarini ilgari surayotgan siyosiy partiyalarni faol qollab-quvvatlayotganini korsatmoqda.

Misol uchun, Markaziy Yevropada joylashgan Slovakiya Respublikasini olib qaraylik. Bu davlatning parlamenti — Slovakiya Respublikasi Milliy Kengashi 150 nafar deputatdan iborat. 2012 yil 10 martda mamlakat parlamentiga saylovlar bolib otdi. Unda jami 26 ta siyosiy partiya ishtirok etdi. Shundan faqat 6 tasi parlamentda oz fraksiyasini tuzish uchun yetarli ovozga ega boldi. Qolganlari saylovchilarning 5 foizidan kam ovoz olgani uchun parlamentda oz vakillariga ega bola olmadi.

Sotsial-demokratiya kursi partiyasi Slovakiya yoshlarining ish bilan taminlanishini, doimiy ish orinlariga ega bolmagan kishilarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash, mehnat qonunchiligini yollanma ishchilar manfaatlaridan kelib chiqib rivojlantirish, oddiy odamlar uchun tibbiy sugurta narxini arzonlashtirish kabi ijtimoiy masalalarni ilgari surdi. Kam daromadli odamlarni ijtimoiy himoyalash masalalarini ortaga qoydi.

Bu partiya goyalarini saylovchilarning 44 foizidan ortigi yoqlab ovoz berdi. Buning natijasida partiya parlamentdagi 150 orindan 83 tasini qolga kiritdi. Bu avvalgi saylovda erishilgan natijadan 21 oringa kop demakdir.

Slovakiyadagi barcha siyosiy partiyalarning saylovdagi ishtiroki, natijalari haqida batafsil toxtalib otishning imkoniyati yoq, albatta. Ammo malumot uchun aytish kerakki, Oddiy odamlar va mustaqil shaxs partiyasi 16 ta, Xristian demokratik harakati partiyasi 16 ta, Most partiyasi 13 ta, Slovakiya demokratik va xristian ittifoqi partiyasi 11 ta, Erkinlik va birdamlik partiyasi 11 ta orinni qolga kiritdi.

Korinib turibdiki, ijtimoiy himoya goyalarini faol ilgari surayotgan, davlat byudjetini soglomlashtirish, davlat qarzlarini fuqarolar hisobidan qoplamaslik taklifini kotarayotgan partiya raqiblariga nisbatan keskin farq qiladigan darajada yuqori korsatkichga erishdi. Natijada hukumat faqat bitta partiyaning vakillaridan shakllantirildi.

Jahon mamlakatlarida bolayotgan saylovlar natijalarini kuzatadigan bolsak, yana bir holat, yani liberal goyalarni ilgari surayotgan siyosiy partiyalar oz mavqeini yoqotib borayotganiga guvoh bolish mumkin. Masalan, Slovakiya erkinlik va birdamlik partiyasi liberal goyalarni ilgari suradigan siyosiy partiya hisoblanadi. Uning asosiy goyalari iqtisodiyot sohasida klassik liberalizmga asoslangan. Shu sababli ham bu partiya mamlakat parlamentida bor-yogi 11 orinni egalladi. Undan avvalgi saylovda esa liberal partiya 22 ta mandatni qolga kiritgan edi. Korinib turganidek, oxirgi saylov natijasiga kora bu partiya ozining parlamentdagi yarim ornini yoqotdi.

Har qanday mamlakatda ham taraqqiyotdan barcha manfaatdor. Albatta, iqtisodiyot rivojlanishi kerak. Ammo iqtisodiyotning osib borishi bir vaqtning ozida ayrim guruhlar manfaatiga emas, ijtimoiy islohotlarni izchil olib borish, jamiyatning har bir azosiga munosib turmush kechirish boyicha sharoitlar yaratib berishga xizmat qilishi kerak. Aks holda, mamlakatda bir sohaning keskin ilgarilab ketishi, odamlar ortasida ijtimoiy tafovut keskinlashib, jamiyatda ijtimoiy beqarorlik va boshqa koplab salbiy oqibatlar paydo bolishiga olib keladi.

Shuning uchun ham bugungi kunda koplab mamlakatlarda aholi aynan ijtimoiy himoya, fuqarolarni barqaror ish orinlari bilan taminlash, ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan goyalarni ilgari surayotgan siyosiy partiyalarni qollab-quvvatlamoqda.

Behzod ShUKUROV

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: