O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
16.01.2014

TIJORAT SIRI FAQAT TADBIRKORGA DAXLDOR EMAS

Siyosiy partiyaning dasturiy maqsadlari, saylovchilari xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish birinchi navbatda parlamentda qonun ijodkorligi jarayoniga ta’sir korsatish yoli bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun hozirda barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari parlamentda muhokama etilayotgan qonunlar loyihalari yuzasidan oz elektorati manfaatlaridan kelib chiqib, prinsipial fikrlarni bildirmoqda, uni himoya qilishga intilmoqda.

Aytish kerakki, qonunlar loyihalari boyicha ishni tizimli tashkil etishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Reglamentiga kiritilgan ozgartish va qoshimchalar muhim ahamiyat kasb etayapti.

Parlament quyi palatasidagi qonun ijodkorligining barcha bosqichida siyosiy partiyalar fraksiyalari (deputatlar guruhi) oz fikr va takliflari bilan ishtirok etmoqda. Bu siyosiy partiyalar fraksiyalari ortasida tortishuvlarni, qizgin muhokamalarni keltirib chiqarmoqda. Ayni paytda takomillashtirish jarayonida bolgan «Tijorat siri togrisida»gi qonun loyihasi meyorlari boyicha ham siyosiy partiyalar fraksiyalari ortasida turli fikr va yondashuvlar yuzaga kelgan.

Malumot ornida aytish kerakki, tijorat sirini himoya qilish bilan bogliq huquqiy meyorlar umumiy korinishda Ozbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari togrisidagi qonunda axborot taqdim qilish bilan bogliq munosabatlar tartibga solingan bolsa-da, unda tijorat siri va uni himoya qilish tushunchalari aks etmagan. Qonunchilik palatasida har tomonlama muhokama qilinayotgan qonun loyihasi bu muammoni hal etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

Qonun loyihasida belgilangan tijorat siriga bolgan talablar boyicha OzXDP va OzLiDeP fraksiyalarining pozitsiyalari turlicha bolmoqda. OzLiDeP fraksiyasi tijorat sirining tarkibi va hajmi xojalik yurituvchi subektning mulkdori tomonidan belgilanishi bilan bogliq pozitsiyani himoya qilmoqda. Ushbu fraksiya azolarining fikriga kora, tijorat siri maxfiyligini taminlash, undan foydalanishning ichki qoidalarini ishlab chiqish, hujjatlarni joriy qilish, saqlash va qollashni tashkil qilishga oid himoya choralarini korishda mulkdorning huquqlari cheklanmasligi kerak.

Chunki tijorat siri tijorat faoliyati bilan shugullanuvchi har qanday korxonaning turli fan-texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, moliyaviy-iqtisodiy amaliyotlardagi axborotlar sir saqlanishiga bolgan huquqidir. Yani, xojalik yurituvchi subektlarning faoliyatida tijorat sirini tashkil qiluvchi axborotlar boshqa moddiy va intellektual aktivlar singari salmoqli orin egallaydi. Bir soz bilan aytganda, tijorat siri moddiy qiymatga ega. Shunday ekan, bunday axborot egasi uni oz xohishiga kora himoya qilishga, foydalanishga berish tartibini belgilashga haqli.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi esa bu orinda mulkdorga mutlaq huquq berilishi ayrim hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi. Fraksiyamiz azolarining fikricha, qonun loyihasida tijorat sirini muvofiqlashtiruvchi talablarni belgilashda mehnat jamoalari, istemolchilarning huquq va manfaatlari himoyasi, albatta, etiborga olinishi lozim.

OzXDP fraksiyasi tijorat sirini belgilash, uni himoya qilish yoki foydalanishga berish tartib-taomillari yagona qonuniy mezonlar doirasida bolishi lozim, degan pozitsiyani ilgari surayapti. Yani, bu orinda aynan qanday axborot tijorat siri ekaniga doir mezonlarni, tijorat sirini korxona faoliyatiga zarar yetkazmagan holda axborotdan foydalanuvchilar, davlatning vakolatli organlariga oshkor etish, ayni vaqtda himoya qilish tartib-taomillarini belgilash dolzarb masaladir.

Qator rivojlangan davlatlarning qonunchiligida ham tijorat siri, avvalo, davlat va jamiyat manfaatlariga qarshi bolmasligi kerakligi haqidagi meyorlar aks etgan.

Mamlakatimizda bozor munosabatlari chuqurlashib borgani sayin xojalik yurituvchi subektlarning soni kopayib, ishlab chiqarish va xizmat korsatish tarmoqlari ham rivojlanib borayotgani iqtisodiyotimizning barqaror, yuqori suratlar bilan osishida yuksak samaralar bermoqda. Yurtimizning ishlab chiqarish salohiyati, mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi band bolgan ish orinlarining barqaror saqlanishi va boshqa kopgina ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning oz vaqtida hal etib borilishi ularning faoliyatiga bevosita bogliq. Xojalik yurituvchi subektlar faoliyatida muhim orin tutadigan tijorat siriga aloqador masalalarning huquqiy jihatdan mustahkamlanmasligi oddiy ishchi-xodimlar, mehnat jamoalari, istemolchilar manfaatlariga salbiy tasir korsatishi mumkin. Qolaversa, tijorat siri bilan bogliq huquqiy masalalarning hal qilinmasligi korxonalardagi ish orinlarining beqarorligini ham keltirib chiqarishi mumkin. OzXDP fraksiyasi qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida masalaning aynan shu tomonlarini ham, albatta, hisobga olish kerak, degan pozitsiyada turibdi.

Fraksiyamiz qonun loyihasida aks etgan yana bir masalaga etibor qaratmoqda. Qonun loyihasida xojalik yurituvchi subektlar faoliyati haqidagi axborotdan foydalanish imkonini cheklovchi yoki qiyinlashtiruvchi meyorlar mavjud.

Ularga asosan xojalik yurituvchi subektlar rahbarlari tijorat siriga kirmaydigan axborotlarni ham taqdim etishni paysalga solishi mumkin. Shu bois bizning fraksiya OzLiDeP fraksiyasidan farqli ravishda qonun loyihasida tijorat siriga kirmaydigan malumotlarning turlari va xususiyatlarini yanada aniqlashtirish muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi.

Hozirda har bir fraksiya Tijorat siri togrisidagi qonun loyihasi yuzasidan oz fikr-mulohazalarini asoslab berishga harakat qilayapti. Sababi tijorat siri bilan bogliq huquqiy asos mustahkamligi nafaqat xojalik yurituvchi subektlar faoliyatida, balki ularda ishlayotgan mehnat jamoalarining huquq va manfaatlari himoya qilinishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Tijorat siri haqidagi meyorlarning nomuvofiq belgilanishi ham korxona faoliyatiga, ham uning ishlab chiqarish kolami va daromadlariga, ishchi-xodimlar manfaatlariga salbiy tasir etishi mumkin. Shu manoda tijorat siri faqat tadbirkorga daxldor masala emas. Demak, u bilan bogliq munosabatlarni tartibga soladigan qonunchilik har tomonlama pishiq va puxta bolishi lozim.

Dilbar XOLIQOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: