O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.01.2014

SOTSIAL DEMOKRATIYA GOYALARI AMALGA OSHAYAPTI,

liberal g‘oyalarning tarafdorlari esa kamayib bormoqda

2014 yildan Germaniya hukumati yangi tarkib bilan ish boshladi. Mazkur tarkib 2013 yil sentyabr oyida mamlakat parlamentiga otkazilgan saylovlarda kopchilikning ovoziga ega bolgan siyosiy partiyalar vakillaridan iborat boldi. Xalqaro tahlilchilarning fikricha, saylovchi siyosiy partiya ilgari surgan goya uchun yoki partiyadan korsatilgan nomzodning salohiyatiga ishongani uchun ovoz berar ekan. Xosh, Germaniyadagi qaysi yetakchi partiyalar qanday goyalarni olga surib, saylovchilar ishonchini qozondi?

Kansler Angela Merkel xonimning (u 2013 yil dekabr oyida parlament a’zolarining kopchilik ovozi bilan ketma-ket uchinchi marta bu lavozimga saylandi) Xristian-demokratik/Xristian-sotsialistik ittifoqi (XDI/XSI) Germaniyada olib borilayotgan siyosatga muvofiq keladigan goyalarni, yani ijtimoiy masalalardagi islohotlarni izchil davom ettirishni taklif qildi.

Ular, xususan, mamlakat iqtisodiyotidagi mavjud ish orinlarining barqarorligini saqlab qolish va yangi ish joylari ochilishiga xizmat qiladigan ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish bilan bogliq edi. Bunda hamma ish topishi va yaxshi daromad olishi uchun sharoit yaratib berishga etibor qaratildi. Har bir fuqaro munosib daromad topish imkoniga ega bolishi lozim, ammo buning evaziga narx-navo oshib ketishi kerak emas. Siyosiy ittifoq taklif etgan eng muhim va xarakterli goyalardan biri shu boldi, deyish mumkin.

Sotsial demokratik partiya (GSDP) oz goyalariga mos tarzda ijtimoiy yonaltirilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish yolini tanladi. Partiya asosiy daromadi ish haqi bolgan ishchi-xodimlarning manfaatlarini himoya qilish boyicha aniq taklif bilan chiqdi. Har bir ishchi-xodim bir soatlik ish vaqti uchun eng kamida 8,5 yevro olishi, qisqa muddatlarga tuziladigan mehnat shartnomalarini imkon qadar kamaytirish choralari korilishi kerak. Talim mutlaqo bepul bolishi, bilim olish uchun barcha sharoit yaratilishi, talim tizimi rivojiga investitsiya jalb qilinishi zarur. Eng kam pensiya miqdori 850 yevro miqdorida belgilanishi lozim. Banklar inqirozli vaziyatga tushib qolganda, davlat pullari ularni qollab-quvvatlashga sarflanmasligi uchun banklar faoliyati ustidan davlat nazorati bolishi kerak.

Erkin demokratik partiya liberal goyalar tarafdori sifatida ishbilarmonlikka keng imkoniyat berish, iqtisodiyot, xususan, nemis sanoati yanada erkin rivojlanishi uchun sharoit yaratish bilan bogliq goyalarni olga surdi. Barcha xohlovchilar ikkita davlat fuqaroligini qolga kiritishi mumkin. Soliq tizimi ish haqiga muvofiq ravishda qayta ishlab chiqilishi lozim. Shaharliklar yanada erkin bolishi kerak. Orta sinfning moliyaviy yuki kamaytirilishi, boylarga katta soliq solinmasligi muhim ahamiyatga ega.

Aytish kerakki, Germaniyada bu galgi parlament saylovlarida 30 dan ortiq siyosiy partiya va bloklar qatnashdi. Ularning har biriga alohida toxtalib otishning iloji yoq, albatta. Shuning uchun asosan songgi yillarda Germaniya hukumatini shakllantirishda bevosita ishtirok etib kelayotgan va parlamentda koproq orinni qolga kiritayotgan ittifoq hamda partiyalarning saylovoldi dasturlariga etibor qaratdik. Qolaversa, parlament saylovi natijalari shunga turtki boldi.

Parlament saylovida XDI/XSI 41,5 foiz ovoz oldi va bu parlament, yani Bundestagdagi 630 deputatlik ornidan 311 tasiga egalik qilish imkonini berdi. GSDPga 25,7 foiz saylovchi ishonch bildirdi. Bu parlamentdagi 192 ta deputatlik ornini sotsial demokratlar olishini anglatdi. «Sollar» partiyasi 8,6 foiz, Ittifoq 90 va Yashillar birgalikda 8,4 foiz ovoz oldi.

XDI/XSI qayd etgan natija 2009 yilgi saylovdagidan yaxshi bolishiga qaramay, parlamentda kopchilikni tashkil etish, yani hukumatni shakllantirish imkonini qolga olish uchun yetarli bolmadi. Ittifoq 2009 yilda ham parlamentda kopchilikni tashkil etish uchun boshqa biron partiya bilan kelishishga — koalitsiya tuzishga majbur bolgandi. Oshanda Ittifoq Erkin demokratik partiya bilan bir kelishuvga kelgandi. Ammo 2013 yilgi saylovda nemis liberallari 4,8 foiz ovoz oldi. Germaniya saylov qonunchiligiga kora, bu natija mamlakat parlamentiga kirish va fraksiya tuzish uchun yetarli emas (buning uchun partiyani kamida 5 foiz saylovchi qollab-quvvatlashi kerak). 2009 yilda Bundestagda 93 deputatlik orniga egalik qilgan liberal partiyadan 2014 yildan yangi tarkib bilan ish boshlagan parlament azolari ichida biron vakil yoq. Oxirgi saylov Germaniyada liberal goyalarni qollab-quvvatlovchilar safi tobora kamayib borayotganini korsatib qoydi.

Shuning uchun XDI/XSI avvalgi sherigini qoyib, saylovda ozidan keyingi eng yaxshi natijaga erishgan GSDP bilan murosaga keldi. Partiyalar vakillari keyingi tort yillikda Germaniya ichki va tashqi siyosatining asosiy yonalishlarini ozaro kelishib olish uchun uzoq muhokamalar otkazdi. Shundan song Germaniya tarixida uchinchi marta Katta koalitsiya tuzildi. Bu saylovda kopchilik ovozini olgan ikkita partiya hukumatni boshqarishini, Germaniyada ijtimoiy himoyani kuchaytirishga asoslangan goyalar amalga oshishini anglatadi.

Xalqaro tahlilchilar XDI/XSI va GSDPning murosaga kelishida ularning saylovoldi dasturlaridagi ayrim muvofiqliklar ham oziga xos orin tutganini aytishmoqda. Masalan, XDI/XSI saylov oldidan oilali ishchi-xodimlar farzandlari va umr yoldoshi uchun koproq vaqt ajratish imkoniga ega bolishi kerakligini, uy-joy qurish va sotib olish uchun kam daromadlilarga yengilliklar berishni taklif qilgan bolsa, GSDP yosh bolali ota-onalar uchun ish vaqtini qisqartirish, kam daromadli oilalar farzandlariga nafaqa pullarini kopaytirish tarafdori bolgandi.

Bu yildan Germaniya hukumatini shakllantirgan azolar XDI/XSI va GSDPning saylovoldi dasturlarini ozaro muvofiq shaklda amalga oshiradi.

Sayfulla ESHBOBOYEV

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: