O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.12.2013

FRAKSIYALARARO TORTISHUVLAR

qonunlar sifati oshishi, ularda elektorat manfaatlari ifodalanishining muhim omili

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligiga bagishlangan tantanali marosimda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotning aniq ustuvor yonalishlarini belgilab olishda siyosiy partiyalarning rolini keskin kuchaytirish, koppartiyaviylik tizimini mustahkamlash, partiyalararo raqobatni kuchaytirish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Bu hayotiy talablardan kelib chiqib fikrlaydigan bolsak, siyosiy partiyalarning asosiy kuchi bolgan fraksiyalar, deputatlar oldida juda katta masuliyatli vazifalar turganini anglash qiyin emas. Davlatimiz rahbari maruzasida ilgari surilgan vazifalar, demokratik islohotlarning hozirgi bosqichi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi har bir siyosiy partiya fraksiyasidan qonun ijodkorligi, parlament nazorati, saylovchilar bilan ishlash yonalishlarini, umuman, oz faoliyatini qayta korib chiqishni, ishga munosabatni tubdan ozgartirishni taqozo etmoqda. Chunki, siyosiy partiyaning jamiyatdagi orni va obrosi, saylovchilar va azolarning ishonchini oqlashi kop jihatdan siyosiy partiya parlamentdagi fraksiyasi faoliyatiga, tashabbuskorligiga bogliq.

Siyosiy partiyaning dasturiy maqsadlarini, saylovchilarning xohish-irodasini royobga chiqarishda parlament tomonidan qabul qilinadigan qonunlar va boshqa hujjatlarning orni katta. Shuning uchun siyosiy partiyalar fraksiyalarining parlamentda muhokama etilayotgan barcha hujjatlar yuzasidan oz prinsipial fikrlarini bildirishi va uni himoya qila olishi kundan-kunga katta ahamiyat kasb etib bormoqda.

«Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti togrisida»gi Qonunga kiritilgan ozgartirish va qoshimchalar parlament quyi palatasida qonun ijodkorligi jarayonining barcha bosqichlarida siyosiy partiyalar fraksiyalarining roli va masuliyatini kuchaytirdi. Shu bilan birga, qonun loyihalarini fraksiyalarda va masul qomitalarda korib chiqishning barcha bosqichlarini batafsilroq tartibga soldi. Ushbu yangilik quyi palata ishini bir muncha jonlantirdi, albatta. Qonun loyihalari yuzasidan fraksiyalar ortasida keskin tortishuvlar sezila boshladi. Misol uchun, Ozbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi hamda Aholini ish bilan taminlash togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga qoshimcha va ozgartishlar kiritish haqidagi qonunlar loyihalari muhokamasida OzXDP va boshqa partiyalar fraksiyalari, xususan, OzLiDeP fraksiyasi ortasida jiddiy bahs-munozaralar bolib otdi.

— OzXDP fraksiyasi mazkur qonun loyihalarida aholining ijtimoiy qollab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlami manfaatlarini toliq aks ettirish maqsadida joylarda ekspertlar, olim va mutaxassislar ishtirokida monitoring va davra suhbatlari otkazdi, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Ulugbek Hojibekov. Ushbu tadbirlarda olingan takliflar asosida fraksiyaning prinsipial nuqtai-nazari ishlab chiqildi. Yani, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan taminlash kafolatlarini yanada mustahkamlash va bu jarayonda barcha ish beruvchilar, shu jumladan, tadbirkorlarning masuliyatini yanada oshirishga qaratilgan qator talablarni ilgari surdi. OzLiDeP fraksiyasi esa bu masalada tadbirkorlar, ish beruvchilarning manfaatlarini etiborga olish lozimligini asoslashga harakat qildi. Aytish lozimki, mazkur masala yuzasidan tortishuvlar konstruktiv tus oldi va pirovardida maqbul yechimga kelindi.

Yaqinda hukumat tomonidan kiritilgan Xususiylashtirish togrisidagi qonun loyihasidagi ayrim meyorlar yuzasidan ham OzXDP va OzLiDeP fraksiyasi ozlarining prinsipial yondashuvlariga ega. OzLiDeP fraksiyasi xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish kerakligini takidlab, bu jarayonda mulkdorlar va tadbirkorlar huquqlari kafolatlarini mustahkamlash togrisidagi takliflar bilan chiqayapti. OzXDP fraksiyasi esa aksincha, mazkur masalada shoshma-shosharlik har doim ham kutilgan natijani bermasligini takidlamoqda. Ayni paytda, xususiylashtirilgan mulk bilan bogliq mehnat jamoasi oldidagi majburiyatlarni etibordan chetda qoldirmaslik pozitsiyasini himoya qilmoqda. Har bir taklif va pozitsiya ozining asoslariga ega, albatta. Masul qomita qonun loyihasini korib chiqishda fraksiyalarning taklif-mulohazalarini etiborga olishi zarur. Aks holda, fraksiyalar oz nuqtai-nazarini Qonunchilik palatasining yalpi majlisida himoya qilishiga togri keladi.

Fraksiyalar faoliyatini kuchaytirishning yana bir muhim omili parlament nazorati izchilligiga erishish masalasi, albatta. Gap shu haqda ketganda, bu yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasida otkazilgan parlament eshituvlariga toxtalib otish joiz.

Joriy yilda parlament quyi palatasida hukumat azolarining yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bilan bogliq ikkita masala yuzasidan hisoboti eshitildi, deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi Alisher Sodiqov. Xususan, 2013 yilda ish orinlari tashkil etish va aholi bandligini taminlash dasturi ijrosi doirasida kollej bitiruvchilarining mutaxassisligi boyicha ishga joylashtirilishi bilan bogliq masala OzXDP fraksiyasi tashabbusi bilan parlament eshituviga kiritilib, bu borada hukumatga elektoratimiz manfaati himoyasi bilan bogliq qator takliflar berildi.

Biroq partiyamiz dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, elektorat vakillarini oylantirayotgan masalalarga yechim topish uchun bu yetarli emas.

Umuman aytganda, bu masalada fraksiyamiz, deputatlar Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda parlament nazoratini samarali amalga oshirish uchun berilgan huquq va imkoniyatlardan toliq foydalana olmadi. Bundan jiddiy xulosa chiqarishimiz lozim.

Bu yil yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan bogliq muhim masalalar yuzasidan bir qator parlament eshituvlari otkazilishi kozda tutilgan edi. Bu masalalarni siyosiy partiyalar fraksiyalari ozlari tashabbus qilib, Qonunchilik palatasining ish rejalariga kiritgan edilar. Lekin bu tadbirlarning bazilari bajarilmay qolib ketdi. Fikrimizcha, fraksiyalar, ularning rahbarlari bundan jiddiy xulosa chiqarishlari lozim.

Xulosa qilib aytganda, davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirishda Oliy Majlisning rolini oshirish, siyosiy partiyalar faoliyatini, partiyalararo tortishuvlarni keskin kuchaytirish boyicha bildirilgan tanqidiy fikrlar deputatlik vazifasiga mutlaqo yangicha yondashishni, muammolarni chetdan turib kuzatmasdan, ichiga kirib hal qilishda fidoyilik korsatishni taqozo etayapti.

Tolqin TORAXONOV

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: