O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
14.12.2013

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma bir yilligi munosabati bilan amnistiya togrisida

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma bir yilligi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:

1. Quyidagi mahkumlar jazodan ozod qilinsin (ushbu Qarorning 8-bandida korsatilgan cheklashlarni hisobga olgan holda):

a) ayollar;

b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga tolmagan shaxslar;

v) 60 yoshdan oshgan erkaklar;

g) chet davlat fuqarolari.

2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta bolmagan yoki uncha ogir bolmagan jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

3. I va II guruh nogironlari, shuningdek ushbu Qaror kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni otashga tosqinlik qiladigan ogir kasalliklarga chalingan deb topilgan shaxslar (javobgarlikni ogirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.

4. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, otalmay qolgan jazo muddati ikki yil-u olti oydan kop bolmagan, hukmi ushbu Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar (javobgarlikni ogirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin.

5. Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yoliga qatiy otgan shaxslar jazodan ozod qilinsin.

6. Ushbu Qarorning 1 va 2-bandlarida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar togrisidagi barcha ishlar tugatilsin.

7. Ushbu Qaror asosida ozod qilinmaydigan shaxslarning:

a) qasddan sodir etgan jinoyati uchun on yildan kop bolmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarning otalmay qolgan jazo muddati – uchdan bir qismiga;

b) qasddan sodir etgan jinoyati uchun on yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinganlarning otalmay qolgan jazo muddati tortdan bir qismiga qisqartirilsin.

8. Tatbiq etilmasin:

a) ushbu Qarorning amal qilishi uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan; ota xavfli retsidivist deb topilgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni otash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslarga; shuningdek olim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarga;

b) ushbu Qaror 1-bandining amal qilishi ota ogir jinoyat sodir etgan shaxslarga;

v) ushbu Qaror 1-4, 6, 7-bandlarining amal qilishi taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlangan shaxslarga;

g) ushbu Qaror 4, 5, 7-bandlarining amal qilishi muqaddam amnistiya akti boyicha jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod bolgan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga.

9. Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qomita va komissiyalari ushbu Qarorning qollanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini hamda qarorni qollanish tartib-taomillarining ochiq-oshkoraligi amalga oshirilishida senatorlar va deputatlar korpusining bevosita ishtirokini taminlasin.

10. Ushbu Qaror amalga oshirilishi uchun masuliyat Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.

11. Ushbu Qaror elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozim.

Ozbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Raisi I.Sobirov

Toshkent shahri,
2013-yil 12-dekabr.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: