O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
03.12.2013

OITS TIRIKLIK VA TARAQQIYOT DUSHMANI

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika OITSga qarshi kurash markazi bilan hamkorlikda Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan «OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish, xalqimiz salomatligini muhofazalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar berayotgan samaralar» mavzuida matbuot anjumani otkazdi. Unda vazirlik va markazning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Sogliqni saqlash vazirining orinbosari Saydmurod Sayidaliev oz kirish sozida odam immunitet tanqisligi virusi (OIV) chaqiradigan OITS kasalligi bugungi kunda dunyo mamlakatlari uchun juda katta global muammoga aylanib ulgurgani xususida toxtaldi. Bu kasallik asosan aholining mehnatga layoqatli qismini zararlaydi va unga chalinganlarni ijtimoiy himoya qilish majburiyatini paydo qiladi. Unga ketadigan sarf-xarajatlarning kattaligi iqtisodiy taraqqiyotga, aholining soglom hamda bexavotir turmush kechirishiga xavf tugdiradi, milliy taraqqiyot va barqarorlikka salbiy tasir korsatadi. Respublikamizda aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlar, OIV infeksiyasini yuqtirib olishga moyil guruhlar orasida tegishli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Masalan, songgi ikki yil davomida OIV infeksiyali bemorlarni erta aniqlash, davolash samarasini monitoring qilish maqsadida davlat byudjetidan 5 million AQSh dollari miqdoridagi mablag ajratilib, 23 turdagi zamonaviy laboratoriya va davolash asbob-anjomlari xarid qilindi va ornatildi. 2012 yilda OIV infeksiyasiga tekshiruvlar soni 2,2 millionni tashkil etgan bolsa, joriy yilning otgan 10 oyida bu korsatkich 2,2 milliondan ortib ketdi. Korilgan chora-tadbirlar natijasida OIVning aniqlanishi 2010 yilga nisbatan 1,3 martaga kamaygani kuzatildi.

Joriy yilda ham OIV infeksiyali shaxslarni davolashga katta etibor qaratilmoqda. Hozirda 7800 dan ortiq OIV infeksiyali shaxslar retrovirusga qarshi maxsus davolanmoqda. Shu maqsadda Global Jamgarma loyihasi mablaglaridan 3,4 million AQSh dollari sarflandi. 2014 yilda davlat byudjetidan 2 million AQSh dollari miqdorida mablag ajratilishi rejalashtirilgan.

Respublikamizda OIV infeksiyasini onadan bolaga otishining oldini olish ishlariga alohida etibor qaratib kelinmoqda. Respublikada homilador ayollarni OIV infeksiyasiga qarshi tekshirish joriy qilingan bolib, bunday tadbirlar natijasida otgan yilda OIV infeksiyali homiladorlardan 98 foiz holatda soglom farzand dunyoga keltirilgan. Joriy yilning otgan davrida ushbu korsatkich 94 foizni tashkil etdi.

Yaqinda mazkur kasallikning oldini olishga qaratilgan yangi huquqiy hujjat — Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurash togrisidagi Ozbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Unga asosan amalga oshiriladigan tadbirlar nafaqat kasallikning oldini olish, balki diagnostika, davolash va ijtimoiy muhofaza kabi masalalarga oid munosabatlarni qamrab oladi. Shu bilan birga, yangi qonun bilan OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash sohasidagi davlat siyosati, ushbu sohada faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari vazifalari belgilab qoyildi.

Anjumanda Respublikamizdagi davolash-profilaktika muassasalari, ixtisoslashtirilgan markazlar, ilmiy-tekshirish institutlarining masul xodimlari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: