O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
28.11.2013

HINDISTONDAGI YETAKCHI SIYOSIY PARTIYALAR

ijtimoiy himoya tamoyilini mustahkamlash tarafdori

Har qanday mamlakatda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalar muhim o‘rin tutadi. Siyosiy maydondagi kurashlar ham bevosita siyosiy partiyalar ortasida kechadi. Soglom raqobat, teng sharoit va imkoniyat asosiga qurilgan bu jarayonlar demokratiyaning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.

Bu borada dunyo tajribasini organish, siyosiy partiyalar haqida kengroq ma’lumotga ega bolish partiyamiz azolari va faollarining siyosiy bilimini oshirish, ibratli tajribalardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Hindistonda koppartiyaviylik tizimi qaror topgan. Siyosiy partiyalar shakllanish tarixi XIX asr oxirlariga borib taqaladi. Ayni paytda umumhind partiyalari 10 tadan oshmasa-da, mamlakatda yuzlab siyosiy partiyalar mavjud. Xususan, shtat organlariga saylovlarda bazan 300 ga yaqin partiya ishtirok etadi. Ularning kopchiligi shtatlar miqyosida faoliyat yuritadi. Hindistonda milliy partiya tushunchasi mavjud. Parlament quyi palatasiga saylovlarda kamida 4 shtatda 4 foizdan kop ovoz olgan partiya milliy partiya deb etirof etiladi. Odatda, bunday partiyalarning soni 5-7 tadan oshmaydi.

Mamlakatdagi yetakchi partiyalardan biri Hindiston milliy kongressi (sotsial-demokratik partiyasi) hisoblanadi. HMK 1885 yil 28 dekabrda tashkil etilgan bolib, 1978 yil yanvarda qayta tuziladi. Ushbu partiya Hindiston davlatchiligi tarixida muhim oringa ega. Chunki, aynan shu partiya mamlakatni mustaqillikka yetaklagan.

Partiyaning asosiy goyasi dastlab umuminsoniy qadriyatlar, davlat sektorini rivojlantirish, aholining turli qatlami manfaatlarini himoya qilish, orta sinf vakillarini qollab-quvvatlashdan iborat boladi. Aholi turli qatlamining hamkorligini taminlayotgan sotsial goya partiyaning dasturiy konsepsiyasi hisoblanadi. HMK diniy va jamoaga oid nizolarga qarshi chiqadi, qashshoqlik, savodsizlik, kasta (tabaqa) qoldiqlari bilan kurashadi.

XX asrning 70 yillariga kelib, partiya goyasi xalqqa yanada yaqinlashadi. Shu davrdagi saylovlarda partiya yetakchilari asosiy etiborni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj vakillarini qollab-quvvatlash, ularga teng sharoitlar yaratish uchun kurashga qaratadi. Bu esa oz navbatida partiyaning butun mamlakat miqyosidagi obrosini yanada oshirib yuboradi. Natijada saylovlarda goliblikni qolga kiritadi.

Bundan korinib turibdiki, partiyaning ijtimoiy komakka ehtiyojmand, bozor iqtisodiyoti sharoitida teng imkoniyatlarga ega bolmagan kishilarni qollab-quvvatlash goyasi kopchilik tomonidan maqullanadi. Chunki, mazkur goya Hindistonda kop ming sonli fuqarolar ortasida ijtimoiy birdamlik mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Bugungi kunda ham HMK shu goyani ilgari surmoqda. Bu partiya hozir ham Hindistondagi yetakchi partiyalardan hisoblanadi. 2009 yil aprel-may oylarida mamlakat parlamentining quyi palatasi – Lok Sabhaga saylovlar bolib otdi. 714 million nafardan ortiq saylovchi ishtirok etgan mazkur saylovlarda quyi palatadagi 573 orindan 206 tasini HMK qolga kiritdi va ozining yetakchiligini saqlab qoldi.

Bu natija aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamini qollab-quvvatlash va ijtimoiy sohani rivojlantirishga xizmat qiladigan goya tarafdorlari Hindistonda aksariyat kopchilikni tashkil etayotganini korsatib turibdi.

Hindistonda faoliyat korsatayotgan Bxaratiya janata, Janata dal kabi yirik siyosiy partiyalar ham ijtimoiy yonaltirilgan siyosat tarafdori bolib kelayotir. Ularning asosiy yonalishlari qishloq xojaligi va kichik sanoatni qollab-quvvatlashga yonaltirilgan strategiya ishlab chiqish, shuningdek, chet el investitsiyasi oqimi kirib kelishiga yordam beruvchi siyosat yuritishga qaratilgan.

Shuni aytish lozimki, iqtisodiy rivojlanishda ijtimoiy adolatning qaror topishi, ijtimoiy sohaga yonaltirilgan xarajatlarni oshirish, yangi ish orinlari tashkil etish, aholi turmush darajasini yuksaltirish uchun kurash olib borish Hindistondagi yetakchi siyosiy partiyalarning umumiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi.

Nurali ORIPOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: